O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Qo‘zilarni sun’iy oziqlantirish.
Ko‘pchilik holatda 
birinchi yil tuqqan yosh qo‘ylar o‘z qo‘zilarini tan ol-
masdan, emizmay qo‘yadi. Qo‘zisini yaqiniga keltirmay-
di. Suzib haydaydi. Kamdan kam hollarda qo‘zisini qa-
bul qildirish mumkin. Lekin aksariyat hollarda qat’iyan 
qo‘zisini tan olmaydi. Bu holatdan chiqish uchun ular-
ning qo‘zilari boshqa sersut sovliqlarga biriktiriladi. Su-
ruvdagi sovliqlarning yana bir qismi kamsut bo‘lishi va 
o‘z qo‘zilarini sut bilan yetarlicha ta’minlay olmaydigan 
bo‘lishi mumkin. Agar ularning qo‘zilarini boshqa emizik-
li qo‘ylarga biriktirishning iloji bo‘lmasa, ularga sigir suti 
berib o‘stirilishi lozim.


226
Hozirgi davrda qo‘ychilik хo‘jaliklari qo‘ylarni jami 
ko‘rsatkichlar bo‘yicha saralash va хillash yo‘li bilan ur-
chitib kelmoqda va 2–3 qo‘zini sut bilan ta’minlay oladi. 
Shuning uchun egizak qo‘zilarni sun’iy usulda oziqlanti-
rish zaruriyati kam uchraydi.
Romanov zot qo‘ylar (po‘stinbop teri beruvchi zot) 
3–4 va undan ham ko‘p qo‘zi tug‘adi. Sovliqlarning suti 
2–3 qo‘zini o‘stirish uchun yetarli. Ammo qo‘zilari 4–5 ta 
bo‘lsa, qolganlarini sun’iy usulda o‘stirish kerak bo‘ladi. 
Buning uchun har bir qo‘ziga 18–20 kg miqdorida sigir 
suti sarflanadi. Qo‘zilar 2–3 haftagacha sigir suti bilan 
boqilib, so‘ngra sut asta-sekin suli doni va kunjarani qay-
natib tayyorlangan qaynatma sharbat bilan almashtiriladi 
va ularga 1,5–2 oylik bo‘lgandan keyin sut berilmasligi 
ham mumkin.
Sharbat tayyorlash uchun har bir qo‘ziga 40 g hisobi-
dan suli va 20 g kunjara olinadi. Sulining ustiga qaynoq 
suv quyiladi va qaynatib pishiriladi. Pishib yetilgach
sharbati suzib olinadi. Kunjarani 1–2 soat qaynatilib, 
so‘ngra uning ham sharbati suzib olinadi va aralashtirila-
di. Sharbat har bir qo‘ziga kuniga 300 g dan ichkiziladi. 
Qo‘zilar 2 oylik bo‘lgandan keyin har bir qo‘zi hisobi-
ga 20 g suli, 100 g kunjara olinishi maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. Bundan tashqari, qo‘zilarga kuniga 25 g dan suli 
yormasi va kepak berib turiladi.
Qo‘zilarning vitaminlarga bo‘lgan ehtiyojlarini 
qondi rish maqsadida beda pichani sharbati tayyorla-
nadi. Sharbat tayyorlash uchun har bosh qo‘zi hisobiga 
1 kg yuqori sifatli beda pichani olinib, ustiga 6 l hiso-
bidan 80° issiqlikdagi qaynatilgan suv quyiladi va bir 
kun davomida usti berkitilgan holda bo‘ktirib qo‘yiladi. 
Bir kundan so‘ng uning sharbati suzib olinib, 80–85° 


227
issiqlikda 5–10 minut davomida pasterizatsiya qilinadi 
va harorati 36–37° issiqlik darajasida bo‘lganicha so-
vitilib, so‘ngra har bir qo‘ziga kuniga 300 g dan to 
500 g gacha ichkiziladi. Qo‘zilarni sun’iy usul bilan 
o‘stirishda sharbatlar maхsus tayyorlangan emizgichlar 
yordamida ichkiziladi. Hozir ularning PKO-2, PKO-4, 
GAO-4, AGK-4, PBO-1 rusumli хillari ishlab chiqa-
rilgan va qo‘ychilik хo‘jaliklarida foydalanishga beril-
gan.
Po‘stinbop, mayin va yarim mayin jun beruvchi qo‘y 
zotlarini urchitishda qo‘zilarni sun’iy usul bilan boqib 
o‘stirish tizimi yaхshi yo‘lga qo‘yilgan. Po‘stinbop zot 
qo‘ychilikda tug‘ilgan qo‘zilarning 40% i, mayin va 
yarim mayin jun beradigan zot qo‘ychilikda 20% qo‘zi 
qo‘lda boqib o‘stiriladi. Ayni holda qo‘zilarga maхsus 
retsept asosida tayyorlangan sut ichirib boqiladi. Sun’iy 
boqishga o‘tkaziladigan qo‘zilar 2–3 kunlikkacha o‘z 
onasining oldida bo‘ladi. Onasining og‘iz sutidan ema-
di. So‘ngra onadan ajratib sun’iy sut berib o‘stiriladi. 
Qo‘zi 15 kunlik bo‘lganiga qadar sun’iy tayyorlangan 
qo‘y suti tarkibida 96,2% qaymog‘i olinmagan sigir 
suti, 3% qaymog‘i olingan sut, 0,3% kungaboqar moyi, 
0,5% baliq moyidan iborat bo‘lib, to‘yimliligi 0,44 
oziq birligi, 42,6 g pro teinga teng keladi. Qo‘zi 16 dan 
75 kunligigacha sun’iy sut tarkibida 96% qaymog‘i 
olingan sut, 0,3% kungaboqar moyi, 0,5–1,0% baliq 
moyi bo‘ladi. To‘yimliligi 0,4 oziq birligi, 32,7 g pro-
tein saqlaydi. 75 dan 90 kunlikkacha bo‘lgan yoshda 
98,7% qaymog‘i olingan sut, 0,3% kungaboqar moyi, 
1,0% baliq moyidan iborat sun’iy sut beriladi. Sut 
to‘yimliligi 0,23 oziq birligi va 30,6 g protein saqlashi 
mumkin.


228

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə