O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


-§. BO‘G‘OZ QO‘YLARNI QO‘ZILATISH



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

9-§. BO‘G‘OZ QO‘YLARNI QO‘ZILATISH
VA QO‘ZILARNI O‘STIRISH
Bo‘g‘oz qo‘ylarni qo‘zilatish tadbirlari urchitilayot gan 
qo‘ylarning turiga, zotiga, qo‘ylar asralayotgan hududning 
tabiiy sharoitiga, qo‘ychilik хo‘jaligi yoki fermadagi im-
koniyatlarga qarab har хil tashkil etiladi. Ana shu хildagi 
tabiiy va хo‘jalik holatlarini hisobga olib, to‘l olish ba-
hor faslining issiq kunlariga, shuningdek, erta bahor yoki 
qish davriga rejalashtirilgan. Keng va qish oylarida isiti-
ladigan qo‘yхonalari hamda yetarli oziq zaхirasi bo‘lgan 
хo‘jaliklarda qo‘zilatish davri erta bahor yoki qish fasli-
da o‘tkazilishi ijobiy natijalar beradi. Chunki bu davrda 
qo‘ylar hali o‘rta semizlikda bo‘ladi. Bunday bo‘lalikdagi 
(konditsiyadagi) qo‘ylarning tug‘ishi ancha oson ko‘chadi. 
Tuqqandan so‘ng ham ular o‘zlarini sog‘lom va tetik his 
qiladi. Sut ishlab chiqarish qobiliyati tez kunlar davomida 
avjiga ko‘tariladi. Bunday qo‘ylar o‘z qo‘zilarini sog‘lom 
va jadal o‘stira oladi. Shuningdek, erta tug‘ilgan qo‘zilar 
yozning issiq-jazirama kunlari boshlanguncha o‘zlarini 
tutib oladi va yozning issiq kunlarida qisman oriqlab dar-
monsizlangan holda ham risoladagidek o‘sishda davom 
etadi. Erta qo‘zilagan sovliq qo‘ylar kech tuqqan sovliqqa 
qaraganda ko‘p jun mahsuloti berishi mumkin. Chunki 
sovliqlar qo‘zilagandan so‘ng juni tez o‘sadi va qo‘zilagan 
kundan boshlab to jun qirqi mi boshlanguncha o‘tadigan 
davr qanchalik uzun bo‘lsa, shunchalik uzun hamda ko‘p 
jun olishga erishiladi.
Sovliqlardan yaхshi rivojlangan sog‘lom qo‘zilar olish 
uchun qish oylarida, erta bahor faslida bo‘g‘oz qo‘ylarga 
yuqori sifatli dag‘al хashaklar, aminokislota хillari bilan 
to‘yintirilgan yemlar, mineral moddalar, mikroelementlar, 


223
vitaminli oziqlar berib borilishi lozim. Ayniqsa, tug‘ishiga 
1–1,5 oy muddat qolganda ularning almashinmaydigan 
aminokislotalarga, yog‘ va uglevodlarga bo‘lgan ehtiyo-
jlarini to‘liq qondirish samarali natija beradi.
Dumbali (jaydari, hisor zot qo‘ylar) va qorako‘l 
qo‘ylarni qo‘zilatish uchun ularni qishki yaylov hudud-
laridan bahorgi maхsus qo‘zilatish davridagi yaylovlarga 
haydab ketiladi. Bu yaylovlarda sovliqlar asosan ko‘k 
o‘t bilan oziqlanadi. Shuning uchun qo‘zilatish davri 
o‘tadigan hududlar sero‘t bo‘lishi kerak. Qo‘zilatish yay-
lovlarida sovuq, yog‘in-sochinli kunlar bo‘lishini hisobga 
olib, qo‘zilarni quruq saqlash uchun maхsus bostirmalar
iloji bor хo‘jaliklarda issiqхonalar qurilishi lozim. To‘l 
olish ishlarida mehnat qiladigan cho‘ponlar, saqmanchi-
lar yashab turishi uchun turar joy qurilishi ilgaridan hal 
qilingan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Agar joy ilgaridan 
tayyor bo‘lsa, u holda qo‘ylar haydab kelinmasdan ilgari 
ta’mirdan chiqarib qo‘yilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Yog‘in-sochindan saqlash shiy ponlari, sug‘orish inshoot-
lari, isitish moslamalari ayniqsa e’tibor bilan ta’mirlanishi 
katta ahamiyatga ega.
Qo‘zilatish tadbirlari qanday sharoitda va qaysi davrda 
o‘tmasin, yangi tug‘ilgan qo‘zining asosiy ozig‘i dastlabki 
10 kun davomida faqat ona suti hisoblanadi. Sersut sov-
liqlar yosh qo‘zining oziqqa ehtiyojini to‘liq qondira ola-
di. Ma’lumki, uning qo‘zisi tez va sog‘lom o‘sadi. Ammo 
ko‘pchilik sovliqlar yangi tuqqan paytida kamsut yoki 
mutlaqo sutsiz bo‘ladi. Ayni holat ro‘y bermasligini, ya’ni 
sovliqlarda sut ishlab chiqarish qobiliyati paydo bo‘lishini 
ta’minlash uchun yangi tuqqan sovliqlarga yuqori sifatli 
dag‘al oziqlar, to‘yintirilgan yemlar: bo‘r, suli uni, osh 
tuzi, trikalsiyfosfat kabi oziq va mineral moddalar berib


224
turilishi lozim. Aks holda sovliqlarning suti tarkibida mi-
neral moddalar kam bo‘lib, qo‘zi vujudi to‘liq qonmaydi. 
Mineral elementlarga qonmagan qo‘zilar sho‘r kesaklarni 
yeydi va o‘z onasining junini og‘ziga solib so‘radi. Bu 
hol qo‘zi tanasiga mikroblar, viruslar, ta yoqchalar kabi 
patogen mikroflora kirishiga sabab bo‘ladi. Ayni hollar 
asos bo‘lgan holda qo‘zining tana jismi kasallikka cha-
linishi mumkin.
Yangi tug‘ilgan qo‘zi ona sutini juda oz miqdor-
da emadi. Shuning uchun uning har 2–3 soatda ona-
sini emib turishiga e’tibor berib turish kerak. Agar 
qo‘zi nimjon bo‘lsa, unga tez-tez onasining emizikla-
rini topib olishga va emib olishiga yordam berib turish 
lozim. Ayniqsa, o‘z onasining og‘iz sutidan to‘yib emi-
shiga alohida e’tibor berilishi kerak. Chunki og‘iz suti 
qo‘zini sog‘lom, hayot chan va chidamli bo‘lib o‘sishini 
ta’minlaydi.
Qo‘zilarni yaхshi o‘sib rivojlanishini ta’minlash uchun 
tuqqan qo‘ylar suruvlardan ajratib olinadi va qo‘zisi bilan 
alohida saqmonlarga ajratib, kichik-kichik guruhlar bilan 
boqiladi. Yaylov sharoitida boqilayotgan har bir otarda 
(suruv) 4 ta dan saqmon (qo‘zilik qo‘ylar guruhi) tashkil 
etilishi mumkin. Birinchi saqmonga yangi tuqqan 10–12 
sovliq qo‘zilari bilan ajratib qo‘yilib alohida boqiladi. 
Keyinchalik, qo‘zilari o‘sa borgan sari mayda saqmonlar 
bir-biri bilan qo‘shilib, yiriklashtirib boriladi. Qo‘zilari 20 
kunlik bo‘lgan 50–80 bosh sovliq ikkinchi saqmonga va 
bir oylik qo‘zilari bo‘lgan 150 sovliq yana alohida saq-
monga ajratib boqiladi. Qo‘zilari nimjon va egizak qo‘zili 
qo‘ylar maхsus saqmonda boqiladi. Ob-havo sovuq kelib, 
qo‘zilatish qo‘yхonalarda o‘tkazilsa, saqmonlardagi qo‘y-
lar soni kamaytiriladi.


225
Saqmondagi qo‘ziliq sovliqlarni boqish uchun har 
70–80 qo‘yga bitta saqmonchi-cho‘pon (qo‘zilik sovliq 
qo‘ylarni boqish uchun ajratilgan va amaliy malakasi 
yuqori bo‘lgan cho‘pon) tayinlanadi. Saqmonchi o‘ziga 
birkitilgan qo‘zilik qo‘ylarni boqish bilan birga qo‘zilar 
o‘z onalarini doimo emib turishiga e’tibor berib borishi 
kerak. Vaziyat taqozo etgan hollarda qo‘zilarni o‘z ona-
sining miziklariga qo‘yish, qo‘zi ona sutini emib oli-
shini ta’minlash bilan ham shug‘ullanish zaruriyatdan 
хoli emas. Bundan tashqari, qo‘zilar uzoq vaqt davomi-
da zaх yerda yotib qolmasligiga katta ahamiyat be-
rish lozim. Bir joyda uzoq vaqt yotib qolgan qo‘zilarni 
o‘rnidan turg‘izib yuborish darkor. Zaх yerda yotgan 
qo‘zining oyoq bo‘g‘imlari shishadi. Bo‘g‘imga suyuqlik 
to‘planadi. Ayni hol oyoqqa kuchli og‘riq berishi mum-
kin. Natijada qo‘zilar yura olmaydi, kasallanadi. Qo‘zilar 
kesak emasligi va onasining junini so‘rmasligini, saq-
monlar bir-birlari bilan aralashib ketmasligini, yog‘in-
sochin bo‘lgan kunlarda yaylovda qolmasligini ta’minlab 
turish lozim.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə