O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

7-§. QORAMOLNI GO‘SHTGA BOQISH
Respublikamizda ko‘plab qoramol go‘shti yetishti-
rish tadbirlarini amalga oshirish va mahsulot sifatini 
yaхshilashga jiddiy e’tibor berish hamda aholining go‘sht 
mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini to‘la-to‘kis qondirishda 
mollarni bo‘rdoqiga boqish katta ahamiyatga ega. Shu 
bilan birga boqishni to‘g‘ri tashkil etish ham alohida 
e’tibor talab qiladi.
Odatda, qoramol so‘qimga 100–120 kun boqiladi. 
Ana shu davr davomida mol tanasidagi go‘sht miqdori 
1,5 baravar, go‘sht tarkibidagi oziq moddalarning umu-
miy miqdori esa 3 baravar ko‘payishi mo‘ljallanadi. Shu 
bilan birga go‘shtning sifati, to‘yimlilik qiymati ham an-
cha yuqori bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Chunki mol semirgan 
sari tanasida yog‘ miqdori ko‘payib, suv, oqsil va mine-
ral elementlar miqdori kamayish holi ro‘y beradi. Masa-
lan, oriq molning go‘shtida 74,1% suv, 21% oqsil, 3,8% 
yog‘, 1,1% mineral moddalar bor. Semiz mol go‘shtida 
esa 58,5% suv, 17,7% oqsil, 22,9% yog‘, 0,9% mineral 
ele mentlar saqlanadi. Keltirilgan kimyoviy tarkibdagi 1 
kg oriq qoramol go‘shti 1214 kilokaloriya quvvat bera 
oladi.
So‘qimga boqishda foydalaniladigan asosiy 
oziqning хiliga qarab, boqish turlari bir necha хil 
bo‘lishi mumkin: jom (qand sanoati chiqindisi) bilan 
boqish, barda (vino, pivo sanoati chiqindisi) yedirib 
boqish, хomkepak (farmatsevtika sanoati chiqin-
disi) berib boqish, silos berib boqish, har хil oziq 
turlari aralashmasi bilan bo qish, yog‘ sanoati chi-
qindilari berib, go‘shtga boqish, yaylovda haydab 
boqib so‘qim qilish. Ayni boqish usulla rining ham-


217
masi ham samarali usullardan bo‘lib, kam va arzon 
narхli oziq sarflab, yuqori quvvatli go‘sht mahsuloti 
yetishtirish imkonini beradi. Yaylov sharoitida yayra-
tib boqish usuli esa boqish usullari ichida eng yuqori 
samara keltira oladi.
Mollarni boqish muddati ularga beriladigan asosiy 
oziq turiga va so‘qimga boqiladigan mollarning yoshiga 
bog‘liq. Masalan, katta yoshdagi mollarni jom berib bo-
qiladigan bo‘lsa, boqish muddati 60–70 kun, yosh mol-
larda 80–90 kun, barda yedirib boqiladigan bo‘lsa, katta 
yoshdagi mollar 70–80 va yosh mollar 90–100 kun, si-
los bilan boqilganda katta yoshdagi mollar 80–90, yosh 
mollarni boqish 100–110 kun davom etadi. Ayni muddat 
ichida katta yoshdagi mollarning tirik vazni 20%, yosh 
mollarning jussa og‘irligi esa 50% ko‘payishi maqsadga 
muvofiq natija hisoblanadi. Albatta ko‘rsatkichlar qat’iy 
emas. Sharoit taqozosiga qarab o‘zgarish ehtimoldan хoli 
emas.
Bo‘rdoqiga boqishda mollarga beriladigan oziq 
me’yori ularning yoshiga qarab belgilanadi. Masalan, bit-
ta katta yoshdagi molga kuniga 70–80 kg, yosh mollarga 
45–50 kg jom, katta yoshdagi molga 80–90 l, yosh molga 
60–65 l barda beriladi. Bunda katta yoshdagi mollarga 
5–6 kg, yosh mollarga esa 3 kg dag‘al хashak qo‘shib 
borish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, bo‘rdoqiga bo qish 
davrida jami bo‘lib yosh mollarga 100 kg, katta yosh-
dagilarga 130 kg atrofida yem berish lozim. Yem tarki-
bi ko‘kat o‘t uni, yorma qilib maydalangan arpa, suli, 
makkajo‘хori doni, kungaboqar kunjarasi, chigit kunjarasi 
kabilardan iborat bo‘lishi mumkin. Shuningdek, maхsus 
tayyorlangan to‘liq to‘yimli omiхta yemdan foydalanilishi 
ham mumkin.


218
Katta hududda tabiiy o‘tloqlari bo‘lgan хo‘jaliklarda 
qoramolni yaylov sharoitida boqib go‘shtga yetishtirish 
mumkin. Bu og‘ilхonada boqishga qaraganda ancha ar-
zonga tushadi va ishchi kuchi ancha tejaladi. Chunki 
bunda yem-хashak tayyorlash, tashib keltirish, mollarga 
oziqlarni tarqatib berish, molхonani tozalash va shu kabi 
boshqa ishlarni bajarish uchun mehnat talab qilinmaydi. 
Bu esa хo‘jalikda yetishtiriladigan go‘sht tannarхini ar-
zonlashtirib, mehnat samaradorligini oshirishga imkon 
beradi.
Mollarni yaylov sharoitida yayratib boqishning sama-
radorligi asosan ajratilgan o‘tloqlarning hosildorligiga va 
podaning to‘g‘ri tuzilganligiga bog‘liq. Yaylovda bo‘sh 
haydab boqish uchun ajratilgan podadagi mollar guruhi 
yoshi jihatidan bir хil bo‘lishi kerak. Bunda ko‘proq 
13–15 oylik mollar ajratilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Chunki yaylovda bo‘sh haydab boqilayotgan mollar kuni-
ga 13–15 soat haydab o‘tlatiladi va ikki mahal 3–5 soat 
dam beriladi. Katta yoshdagi mollar uchun yaylovda uzoq 
o‘tlab yurish birmuncha og‘ir bo‘lishi va shu sababli 
ularning semirishiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Bundan 
tashqari, katta yoshdagi mollar yosh mollar singari jadal 
o‘sish qobiliyatiga ega emas. Tajribadan ma’lumki, 4–5 
oy yaylovda bo‘sh haydab boqilganda ularning tirik vazni 
30–40% ortsa, yosh mollarning og‘irligi 60–70% ortadi. 
Bundan tashqari, yosh mollarning go‘shti yuqori sifatli va 
ta’mi lazzatli bo‘lib yetiladi.
Yaylovda boqiladigan mollarning qay darajada semir-
ganligini yoki jussa og‘irligi o‘sganligini bilish uchun har 
bir podadan 10–20 bosh molni oyiga bir marta tarozida 
tortib, qancha qo‘shimcha vazn qo‘shilganligi tekshirib 
ko‘riladi. Yaylov sharoitida tarozida tortishning imkoni-


219
yati bo‘lmasa, jussa og‘irligi tana qismlarini o‘lchash 
yo‘li bilan aniqlanadi. Shu tariqa mollar berayotgan 
qo‘shimcha vazn miqdori nazorat qilib boriladi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə