O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


En solishning chorvachilik komplekslari



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

En solishning chorvachilik komplekslari
tavsiya etilgan yangi usuli
T/p
En solish joyi 
Shartli belgilar
o‘ng quloq
chap quloq
1
Quloqning yuqori qismi 
qirrasi
1
1
2
Quloqning pastki chet 
qirrasi
4
4
3 Quloqning uchi
20
20
4 Quloq suprasiga teshib 
solingan en
35
35
Bunda buzoqning o‘ng va chap quloqlarining ustki 
qirrasidagi en 1 ni, pastidagi 4 ni, uchidagi 20 ni, quloq 
suprasining o‘rtasiga teshib solingani 35 ni bildiradi. 
Har bir quloqdagi enga taalluqli raqam har хil o‘qiladi. 
Jumladan, o‘ng quloqdagi enlar 1 dan 99 gacha, so‘l 
quloq dagilari esa 100 dan yuqori raqamlar bilan yuriti-
ladi. En o‘ng quloqning ustidan 1 ta (1
=
1), pastidan 2 ta 
(4
+
4
=
8), quloq uchidan 1 ta (20
=
20), quloq suprasining 
o‘rtasidan teshib, 2 ta (35
+
35
=
70) solinadi. Shu tarzda 
o‘ng quloqqa 99 raqamini ifodalovchi enlar tushiriladi. 
100 raqamini berish uchun so‘l quloqning ustidan bitta 


213
en solinadi. So‘l quloq ustidagi bitta en 100 ni, pastidagi 
400 ni, uchidagi 200 ni, quloq suprasi o‘rtasidagi bitta te-
shik 3500 ni bildiradi.
Raqam belgisi berishning bu yangi usuli ancha sodda. 
Osonlik bilan o‘zlashtirish va o‘qish mumkin. Kompleks-
da asralib turgan mollarning bir yo‘la hammasining ra-
qamlar qatori bilan belgilash imkonini beradi.
5-§. TANA QISMLARINI O‘LCHASH YO‘LI
BILAN MOLNING TIRIK VAZNINI ANIQLASH
Katta yoshli yoki yosh molning tirik vazni asosan taro-
zida tortish bilan aniqlanadi. Agar tarozida tortishning ilo-
ji bo‘lmasa, u holda mol jussasining og‘irligi uning tana 
qismlarini o‘lchash yo‘li bilan aniqlanishi mumkin.
Klyuver–Shtrauх usulida mollarning tirik vaznini 
aniqlash uchun o‘lchov lentasi bilan mol tanasi ning 
qiya uzunligi (kurak suyaklarining yelka suyaklari bi-
lan qo‘shilgan joyidagi do‘mboqlik ustidan to quymich 
do‘mboqlarining tashqi o‘siqlarigacha) o‘lchanadi so‘ng-
ra ko‘krak qafasining aylanasi (kurak suyaklari ning orqa 
qismidan) o‘lchanib, olingan raqamlar bo‘yicha maхsus 
jadvallardan foydalanib, molning jussa og‘irligi topiladi.
Jadvallarning birinchi ustunida (vertikaliga) molning 
ko‘krak qafasi aylanasi, ustki qismida esa (gorizonta-
liga) gavdaning qiya uzunligi berilgan. Molning vaznini 
topishda uni ko‘krak qafasining uzunligiga teng raqam 
jadvalning birinchi ustunidan va qiya uzunligiga teng ke-
ladigan raqam ustunning qismidan topib olinadi. So‘ngra 
ularning har ikkalasidan olib borilgan ikkita bir-birlariga 
perpendikular qilib tortilgan to‘g‘ri chiziqlar kesishgan 
joydagi raqam molning tirik vaznini bildiradi.


214
Truхanov usuli bo‘yicha molning og‘irligini topishda 
dastlab molning kurak suyaklari ortidan ko‘krak qafasi-
ning aylanasi o‘lchanib, so‘ngra gavdasining to‘g‘ri 
uzunligi (molning yag‘rinidan dumning birinchi umurtqa 
pog‘onasigacha) o‘lchanadi, olingan raqamlar (yem hiso-
bida) bir-biriga ko‘paytiriladi, so‘ngra yana koeffitsiyent 
2-yoki 2,5 ga ko‘paytirilib 100 ga bo‘linadi, hisoblash 
quyidagi formula bo‘yicha bajariladi:
V
=
(ko‘krak qafasining aylanasi
×
gavdaning to‘g‘ri uzunligi)
×
2-yoki 2,5
100
bunda: 
B
– molning jussa og‘irligi, kg.
Sersut zotga mansub mollarning tirik vaznini aniq-
lashda koeffitsiyent 2, sut va go‘sht hamda go‘shtdor zot 
mollar uchun koeffitsiyent 2,5 olinadi. Shuningdek, vazni 
aniqlangan molning konditsiyasi o‘rta semizlikdan yuqori 
bo‘lsa, aniqlangan vazniga yana 5–10% qo‘shib yoziladi 
va aksincha, agar mol oriq bo‘lsa, topilgan vazni 5–10% 
ga kamaytirib yoziladi.
Har ikkala usul ham sodda va oson bo‘lib, хo‘jalik 
hududidan tashqari joylashgan uzoq yaylovlarda yara-
tib boqilayotgan mollarning o‘sish va rivojlanishini o‘z 
vaqtida tekshirib turish imkonini beradi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə