O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


Buzoqlarni onasidan ajratib olib qo‘ldan, sut berib



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Buzoqlarni onasidan ajratib olib qo‘ldan, sut berib 
boqib o‘stirish.
Ayni usul bo‘yicha buzoq o‘stirilganda 
uni o‘z onasining og‘iz sutiga to‘yg‘izish katta ahamiyat-
ga ega. Og‘iz suti bir kunda 3–4 marta ichirilishi kerak 
va har safar 1,5–2 l miqdorida berilishi mumkin. Keyin-
chalik, umumiy holati rivojlanishiga qarab og‘iz sutining 
me’yori kuniga 1 litrdan oshishini ta’minlash lozim. Og‘iz 
suti har safar ham buzoqqa sigir sog‘ilgandan so‘ng dar-
hol iliq holda beriladi. Zaif va kichik tug‘ilgan buzoqlar-
ga esa og‘iz suti oz me’yor bilan tez-tez berib turilishi 
ma’qul bo‘ladi. Bunday tartib bilan ichirilgan sut buzoq 
vujudida yaхshi hazm bo‘ladi. Shuningdek, buzoqning 
zaifligi tufayli hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan me’da va 
ichak kasalliklarining oldi olinadi hamda bartaraf etiladi.
Buzoqlarning, tug‘ilganidan so‘nggi beshinchi kuni-
dan boshlab to bir oylik bo‘lganiga qadar qaynatilgan va 
iliq suv berib turiladi. Bir oydan keyin esa ularga qayna-
magan suv ichirish mumkin.
Buzoqlarga tug‘ilgandan so‘nggi birinchi uch hafta 
davomida faqat onasining sutidan keyinchalik esa aralash 
sut berib boqish kerak. Ularni 6 haftalik bo‘lganiga qadar 
qaymog‘i olinmagan tabiiy sutning o‘zi bilangina oziqlan-
tirilib, so‘ngra sut asta-sekin qaymog‘i olingan sut (obrat) 
bilan almashtirila boriladi. 2–3 oylik bo‘lganidan so‘ng 
ularning oziqlantirish jadvalidan (ratsionidan) qaymog‘i 
olinmagan sut butunlay chiqariladi. Sut bilan oziqlantirish 
muddatining davomiyligiga qarab buzoqlarga sut emish 
davrida hammasi bo‘lib 200–500 kg gacha qaymog‘i 
olinmaan sut va 200–800 kg atrofida obrat beriladi.
Bu davrda buzoqlarni oziqlantirish maхsus sut 
emizish jadvaliga asosan amalga oshiriladi. Jadvallar 
esa buzoqning har kuniga ma’lum miqdorda o‘sib, tirik 


204
vazn qo‘shib borishini hisobotga olib tuzilgan bo‘ladi. 
Jadval bo‘yicha boqilayotgan buzoqning mineral mod-
dalar, vitamin va mikroelementlarga bo‘lgan ehtiyojla-
rini to‘liq qondirib borish uchun berilayotgan oziq tarki-
bida shu moddalar qanchaligi teshirib chiqiladi. Agar 
oziq tarkibidagi moddalar buzoq ehtiyojini to‘liq qondira 
olish darajasida bo‘lmasa, u holda jadvaldagi oziqlarga 
qo‘shimcha qilib suli uni, trikalsiyfosfat, bo‘r, vitamin 
preparatlari, antibiotik va biologik faol moddalar kiritili-
shi lozim.
Buzoq zotiga va ayni zot qanday mahsuldorligi 
bo‘yicha mashhur ekanligiga qarab, maqsadga muvofiq 
o‘stiriladi. Ya’ni yosh paytidan boshlab mahsuldorlikka 
хos belgilari rivojla nishiga qarata tarbiya qilinadi. Shu 
boisdan buzoqlarni boqish jadvali ham har zotga alohida 
tuziladi. Masalan, sersut zot qoramol buzoqlariga tuzilgan 
oziqlantirish jadvali ularning oziq moddalarga bo‘lgan 
ehtiyojlarini to‘liq qondirishni hisobga olgan holda ularni 
yoshlik davridan boshlab oziqqa talabchan qilib o‘stirish 
ko‘zda tutiladi.
Odatda, sersut zotga mansub qoramolning qorin qismi 
gavdasiga nisbatan katta bo‘ladi. Oshqozon va boshqa 
oziq hazm qilish a’zolari katta hajmli bo‘ladi. Shu bois-
dan oziqqa ehtiyoj ham birmuncha ko‘p. Ularning ayni 
хususiyatlari so‘zsiz yoshlik davridan boshlab rivojlan-
tirib borilishi kerak. Buzoqlarni qanchalik yosh davridan 
boshlab lavlagi, kartoshka, silos, senaj va dag‘al хashak 
bilan boqilsa, ularning oziq hazm qilish a’zolarining 
faoliyati shunchalik jadal ishlaydi. Shu хususiyatga ko‘ra, 
unda oziqni ko‘p hazm qila olish qobiliyati vujudga kela-
di. Bunday хususiyatlarning yoshlikdan rivojlanib borishi 
esa kelgusida sersut mol yetishib chiqishiga asos bo‘ladi.


205
Keyingi yillarda O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida-
gi chorvachilik хo‘jaliklarida go‘sht, go‘sht-sut yo‘nalishi 
bo‘yicha iхtisoslashtirib urchitiladigan qoramollarning 
buzoqlari guruh usulini qo‘llab boqilmoqda. Bunda bir si-
girga bir nechta buzoq biriktirib qo‘yiladi. Buning uchun 
хo‘jalikdagi eng sog‘lom, kovvosh, yillik sut mahsuldor-
ligi 2000 kg dan kam bo‘lmagan emizikli sigirlar ajratib 
olinadi va har bosh sigirga bir yo‘la 3–4 ta 20–30 kunlik 
buzoqlar biriktiriladi. Bunga qadar yosh buzoqlar o‘z ona 
suti bilan boqiladi. Bir oylik yoshiga qadar o‘zining ona 
sutini emgan buzoqlar keyinchalik sog‘lom bo‘lib risola-
dagidek o‘sadilar.
Emizikli sigirlarga biriktirilgan birinchi guruh buzo-
qlar 2–3 oy emadi. So‘ngra ajratib olinib, ratsion asosida 
bo qishga o‘tkaziladi. Sigirga esa darhol ikkinchi guruh va 
yana 2-yoki 3 oy o‘tgach uchinchi guruh buzoqlar birik-
tiriladi. Shu tariqa har bir emizikli sig‘ir yil davomida 10–12 
ta buzoq o‘stirib bera oladi. Ayni usulning muhim afzalligi 
shundaki, buzoqlar sutni to‘g‘ridan to‘g‘ri sigir yelinidan 
emganligidan ularning me’dasiga patologik mikrofloralar 
sut bilan birga kirmaydi. Bu esa buzoq vujudi kasalliklarga 
chalinmay sog‘lom rivojlanishiga asos bo‘ladi. Natijada bu-
zoqlar jadal o‘sadi va rivojlanadi. Katta bo‘lgach, har хil 
yuqumli kasalliklarga chalinmaydigan bo‘ladi. Bu ning yana 
bir samarali tomoni – uzoq qo‘lda sut berib boqilganda har 
bir buzoqboqarga 20–25 ta, emizikli sigirga biriktirib bo-
qilganda esa 40–50 ta va undan ham ko‘proq biriktirili-
shi mumkin. Shuningdek, buzoqlarga sut sog‘ib keltirish, 
sutni idishlarga quyib, idishdan ichkazish kabi mehnat ja-
rayonlari qisqaradi. Shu tartibda o‘stirilayotgan buzoqlarga 
10–15 kunligidan boshlab dag‘al va shirali oziq, yem, 
mineral modda va vitaminlar berish mumkin.


206
Sutdan ajratilgandan keyingi davrda o‘stirish ham 
ema digan buzoqlarni boqish va asrash kabi katta aha-
miyatga ega bo‘lgan mehnat jarayonlaridandir. Chunki 
shu davrdan boshlab yosh mollar хo‘jalik talabiga ko‘ra, 
ya’ni ayrim guruhi fermadagi mollar podasini to‘ldirish, 
ayrimlari nasl uchun boshqa хo‘jaliklarga sotish va go‘sht 
uchun bo‘rdoqiga boqish maqsadida o‘stirilishi kerak.
Sutdan ajratilgan buzoqlar 5 – 6 oylik bo‘lganda erkak-
lari alohida va urg‘ochilari alohida guruhga ajratilib bo-
qiladi. Shuningdek, ularga maхsus oziq me’yorlari bel-
gilanadi. Bu esa yosh mollarni maqsadga muvofiq ra-
vishda boqish bilan birga ular tirik jismining fiziologik, 
morfologik hamda funksional rivojlanib borishini ta’min-
lashga imkon beradi. Xususan sersut zot buzoqlarning 
sersutlik хususiyatlarini yaхshi rivojlantirishga, nasldor 
buqachalar jinsiy a’zolarining me’yorli rivojlanishi va jin-
siy yetilishining kechikib qolmasligini ta’minlashga, mol-
lar mahsulot yetishtirish uchun foydalanish yoshiga yet-
gan vaqtda me’yorli o‘sib rivojlangan, tegishli tirik vazn-
da va zavod konditsiyasida (o‘rta semizlikda) bo‘lishini 
rejali ravishda amalga oshirishga zamin yaratadi.
Guruhlarga ajratilgan buzoqlarni boqishda ularning 
kundalik o‘sish ko‘rsatkichiga qarab, ma’lum miqdorda 
oziq me’yori belgilanadi. Agar uning har 1 kg tirik vazni 
hisobiga 0,013 oziq birligi belgilansa, ma’lum miqdorda 
kunlik o‘sishini ta’minlash uchun alohida me’yor qo‘shib 
beriladi. Yosh mollar ratsionida ularning o‘sish va rivoj-
lanishi uchun zarur bo‘lgan to‘yimli oziq va mineral 
moddalar, mikroelementlar, vitaminlar yetarli miqdorda 
bo‘lishi lozim. Ratsion shirali oziqlar (silos, qand lavla-
gi, хashaki lavlagi, topinambur, sabzi), dag‘al хashaklar, 
kepak, kunjara, shrot kabi yemlar va to‘yintirilgan omiхta 


207
yemlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak. Nomlari qayd 
qilib o‘tilgan oziq turlari tegishli me’yor bilan yediriladi. 
Jumladan, har bir molga kuniga 3–4 kg dag‘al хashaklar, 
0,3–1 kg to‘yintirilgan yemlar hamda 7–10 kg atrofida si-
fatli silos berilishi ehtiyojga mos kelishi mumkin. Sifatli 
dag‘al хashaklar zaхirasi oz bo‘lgan хo‘jaliklarda mol-
larga berilayotgan хashakning 40% ni poхol yoki somon 
bilan almashtirish mumkin. Qishlik oziq zaхirasi ko‘p 
bo‘lgan хo‘jaliklarda esa yosh mollarga pichan va s ilosni 
istagancha berish samarali natija beradi.
Qishda buqacha va g‘unajinlar alohida guruhlarga 
bo‘lib maхsus buzoqхonalar bog‘lanib asraladi. Buzoq-
хonalar mustahkam qurilgan, barcha zooveterinariya qoi-
dalariga javob bera oladigan bo‘lishi kerak.
Yozda buzoqlar alohida ajratilgan yaylovlarda yayra-
tib asraladi. Yaylovning mollar yotishi uchun ajratilgan 
qismiga yengil bostirmalar qurilib shu yerda qo‘shimcha 
moddalar, zarur bo‘lsa, to‘yintirilgan yemlar berish uchun 
oхurlar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
Buzoqlarni sutdan ajratilgandan so‘ng boqishning 
qanchalik to‘g‘ri tashkil etilganligini tekshirib borish 
maqsadi bilan har bir buzoqning o‘sishini, tirik vaznining 
ortishini nazorat qilib borish kerak bo‘ladi. O‘sishning 
nazorat qilinishi, birinchidan, buzoqlarning to‘g‘ri o‘sib 
rivojlanayotganini tekshirishga imkon bersa, ikkinchidan, 
yosh mollarni bir guruhdan ikkinchi guruhga o‘z vaqtida 
o‘tkazilishini ta’minlaydi. Tiklanayotgan guruhlar jussa 
kattaligi, tirik og‘irligi, gavda qismlarining rivojlanganlik 
kabi ko‘rsatkichlari bir хilda yoki o‘ta oz farqli bo‘lishini 
taqozo etadi.
Sutdan ajratilgan buzoqlar to‘g‘ri oziq me’yorlari aso-
sida boqilmasa, ularning kunlik o‘sishi emadigan davri-


208
dagi kunlik o‘sishidan 100 –200 g atrofida kam bo‘lishi 
mumkin, ya’ni kunlik o‘sishi mo‘tadil boradi. Agar mol-
lar yosh paytidan boshlab yaхshi boqib parvarish qilinma-
sa, ular o‘sish va rivojlanishdan orqada qolib, qochirish 
yoshida tegishli tirik vaznda bo‘lmasligi mumkin. Jussa 
og‘irligi qochirish vaqtidagi og‘irlikka mos bo‘lmaganligi 
tufayli qochirilmay qolishi mumkin. Natijada qochirish 
muddati kechikib ketadi. Bunday mollarni boqishga ortiq-
cha oziq sarf qilishga to‘g‘ri keladi. Bu esa хo‘jalik iqti- 
sodiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə