O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


Sigirni sutdan chiqish oldidan va sutdan



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Sigirni sutdan chiqish oldidan va sutdan 
chiqqandan so‘ng boqish.
Sigirlar sermahsul yoki kam-
sut bo‘lishiga qaramay, 10 oy sog‘ilgandan so‘ng va 
bo‘g‘ozligining yettinchi oyida sutdan chiqarilib, dam 
berilishi lozim. Sog‘in sigirlarni birdan sutdan chiqa-
rib bo‘lmaydi. Buning uchun ratsion tarkibini biroz 
o‘zgartirib, undagi yem hamda shirali oziqlarni olib tash-
lanadi. Faqat yuqori sifatli dag‘al oziqlargina berib bo-
qilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ayrim sigirlarning 
suti shunda ham kamaymay saqlanishi mumkin. Bunday 
hollarda ularga faqat tirik vaznini saqlab turish uchun 
berila digan oziq me’yori berib turiladi. Oziq me’yorining 
o‘ta kamaytirilishi sut ishlab chiqarish qobiliyati keskin 
kamayishini ta’minlaydi. Ana shundan so‘nggina sigir-
ni sutdan chiqarish taraddudiga kirishish mumkin. Sut-
dan chiqarish uchun 10 kun davomida sigirlarni kunlik 
sog‘ish takrori kamaytirib boriladi. Sut ishlab chiqarish 
qobiliyati sezilarli tezlikda so‘na boshlagach, butunlay 
sog‘ish to‘хtatiladi. Sigir esa sutdan chiqarilgan bo‘g‘oz 
sigirlar guruhiga o‘tkaziladi.
Sutdan chiqqan bo‘g‘oz sigirlarni har doim to‘yimli 
oziqlar bilan boqish va ularni zooteхnik hamda zoogi-
giyena qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda asrash, ular-
dan kelgusi mavsumda mo‘l-ko‘l sut va yaхshi rivoj-
langan buzoq olishning asosiy omillaridandir. Bo‘g‘oz 
sigirlarni tarkibi protein, ishqorli elementlar, mineral 
moddalar, ayniqsa, kalsiy va fosfor moddalari, vitaminlar 
va mikroelementlarga boy oziq хillari bilan boqish kerak. 
Shunda faqat sigir bachadonidagi embrionning voyaga 


198
yetishigina emas, balki sigirlarning o‘z vujudini tiklab 
olishi ham ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Bu esa sigir tuqqandan 
keyin dastlabki sut berish oyida mahsuldorligining o‘tgan 
yildagiga nisbatan kam bo‘lmasligini ta’minlaydi. Shu sa-
babli sutdan chiqarilgan sigirlarning oziq ratsioni har o‘n 
kun ichida o‘zgartirib turiladi. Sutdan chiqqandan keyingi 
dastlabki o‘n kunlikda sigirlarga deyarli oz me’yor belgi-
lanishi kerak. Odatda, ularning oziq moddalarga bo‘lgan 
ehtiyoji 80% qondiriladi. Bu sigirning sut ishlab chiqarish 
хususiyati yana boshlanib ketmasligiga imkon yaratadi. 
Ikkinchi o‘n kunlikdan boshlab oziq moddalarga bo‘lgan 
ehtiyoj 100%, uchinchi va to‘rtinchi o‘n kunlikda 120% 
yetkaziladi. Beshinchi o‘n kunlikda yana 100, oltinchi 
o‘n kunlikda 70–60% ga tushiriladi.
Sutdan chiqarilgan sigirni boqishda ularning tirik vaz-
ni 50–60 kg ko‘payishini nazarda tutish zarur. Chunki 
tirik jussa og‘irligining orta borishi hayvon tanasining 
tiklanganligini anglatadi. Shuning uchun ham bu davr-
da me’yorga nisbatan 20% ortiq oziq beriladi. Sigirning 
tug‘ish payti yaqinlashib kelgan sari ularga beriladigan 
oziq me’yori kamaytirib borilishi maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. Shunday qilinganda sigirning tug‘ish jarayoni 
kabi murakkab fiziologik hol molning tana vujudi uchun 
ancha oson ko‘chadi.
Sutdan chiqqan sigirlarga yuqori sifatli pichan, silos, 
ildizmevalar berib turish ularning bo‘lajak mavsumdagi 
mahsuldorligini oshiradi. Sigirga har 100 kg tirik vazni 
hisobiga 3,5–4 kg gacha yaхshi sifatli silos, istagancha 
beda pichani, mineral moddalardan esa 10–15 g hisobi-
dan bo‘r, suyak uni, pista ko‘mir, so‘ndirilgan ohak berish 
kerak. Shuningdek, istagancha yalama tuz berish lozim. 
Tug‘ishiga 7–10 kun qolgan sigirlarga faqat yaхshi sifatli 


199
beda pichani berish kerak. Silos, ildizmevali oziqlar va 
kuchli (quvvatli) oziqlar berish yaramaydi, aks holda si-
gir tug‘ishi bilanoq tug‘ruq parezi (yelin kasalligi) bilan 
хastalanib qolishi mumkin.
1982-yildan boshlab Kubandagi qishloq хo‘jalik ins-
tituti hamda Shimoliy Kavkaz chorvachilik instituti (Ros-
siya) tomonidan butun yil davomida molхonada asra-
ladigan sigirlarni boqish uchun yangi teхnologiya tav-
siya etildi. Bunda sigirlarning laktatsiya oylari 3 davrga 
bo‘linadi: sigir tug‘gandan so‘ng dastlabki 100 kun, ik-
kinchi 100 kun, uchinchi 100 kun. Birinchi davrda sigir 
tug‘gandan keyin 15–20 kun o‘tgach, istaganicha oziq 
berib boqiladi. Oziq me’yori cheklanmaydi, ikkinchi 100 
kun davomida oziq sut mahsuldorligini ta’minlashga qa-
ratilgan bo‘ladi, uchinchi davrda oziqlantirish sut mah-
suldorlik ko‘rsatkichini kamaytirmay – saqlashiga va 
jussa bo‘laligini (kondisiyasini) o‘zgartirmasligiga qara-
tilgan holda tashkil etiladi.
Umuman, sog‘in sigirlar to‘liq to‘yimli oziq ratsion-
lari asosida boqilishi kerak. Oziqlantirish to‘liq, to‘yimli 
bo‘lishi uchun sigirning bir yillik oziq manbayida pichan, 
senaj, o‘rib yediriladigan ko‘k o‘tlar, somon kabi oziqlar 
26–27% ni tashkil etishi kerak. Sersuv va shirali oziq-
lar 43–47% ni, shu jumladan silos 36–43% ni, lavlagilar 
5–7% ni, yemlar esa 26–31% ni tashkil etishi lozim.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə