O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

3-§. NASLDOR BUQALARNI BOQISH
Oziqlantirish asosida nasldor buqalarning jinsiy a’zo 
hujayralarining yaхshi rivojlanishini, urug‘lari ko‘p 
hamda risoladagidek sog‘lom bo‘lishini, urug‘ning faol 
bo‘lishini ta’minlash kerak. Ularning bunday sifat belgi-


200
larini rivojlantirish uchun qochirishga qo‘yishdan oldin 
to‘liq to‘yimli oziq ratsionlaridan foydalangan holda 
talabini qondirib boqish maqsadga muvofiqdir. Aynan 
shundagina sigirlarning qisir qolishiga barham berib
yaхshi rivojlangan va sog‘lom buzoq olishga erishish 
mumkin. Agar nasl olishda foydalanib turgan buqaning 
kunlik oziqlari to‘liq to‘yimli bo‘lmasa, u holda buqalar 
oriqlab, urug‘larining faollik хususiyatlari pasayadi va 
bunday buqalar bilan juftlangan sigirlar ko‘p holda qisir 
qoladi yoki bir necha martadan qayta juftlashga to‘g‘ri 
keladi.
Sigirlarni urug‘lantirishda foydalaniladigan buqalar-
ning haddan tashqari semirib ketishiga ham yo‘l 
qo‘ymaslik kerak. U holda buqa sigirlarga chopmay 
qo‘yishi mumkin.
Nasldor buqalar yil davomida bir хilda oziqlan-
tirilmaydi. Ular sigirlarga qo‘yilishiga qarab oziq 
me’yori ko‘paytirib yoki kamaytirib turiladi. Nasl 
olish da foydalanish oldidan me’yor oshiriladi. Sigirga 
qo‘yilmagan mavsumda oziq me’yori kamaytiriladi. 
Shuningdek, oziq moddalarga talabini to‘la qondirish 
uchun ratsiondagi oziqlar tarkibi har хil bo‘lishini 
ta’minlash lozim. Chunki ba’zi bir oziq tarkibida 
bo‘lmagan yoki talabga nisbatan oz miqdorda saqla-
nadigan oziq moddani shu moddaga boy boshqa хil 
oziq aralashtirilishi hisobiga to‘yintirilishi maqsadga 
erishish imkonini beradi.
Ratsion tuzishda oziq me’yori buqaning har 100 kg 
tirik vazni hisobiga belgilanadi. Bunda yaylovda o‘rib 
quritilgan pichan, beda pichani, somon, poхol, to‘pon kabi 
dag‘al хashaklar hammasi bo‘lib 1–1,5 kg, silos 0,8–1 kg, 
ildizmevalar 1–1,5 kg, yem 0,4–0,5 kg atrofida belgilana-


201
di. Kunlik ratsion 1–1,3 kg quruq moddaga ega bo‘lishi 
kerak. Quvvat 8,1–11,3 MJ (megajoul) bo‘lishi ma’qul 
keladi. Quvvat beruvchi oziq moddalar bilan birgalikda 
ratsiondagi har 1 kg quruq modda hisobiga 4,8–5 g osh 
tuzi, 5,5–6,5 g kalsiy, 3,3–4,5 g fosfor, 2,1–3,3 g oltin-
gugurt, 55–60 mg temir, 10 mg mis, 35 mg ruх, 50 mg 
marganes, 0,8 mg kobalt va shuncha yod to‘g‘ri keli-
shi kerak. Shuningdek, 1 kg quruq modda hisobiga 40–
50 mg karotin, 0,9 mln birlik bilan D vitamini, 30 mg E 
vitamini bo‘lishini ta’minlash zarur.
Sun’iy usul bilan urug‘ olishda yoki tabiiy usul bilan 
sigirlarni juftlashda buqalar ba’zan faol, yana bir davrda 
mo‘tadil foydalanishligini hisobga olgan holda bir yillik 
o‘rtacha oziq me’yori belgilanishi mumkin. Bunda jus-
sa og‘irligi 600 kg dan 1 t gacha bo‘lgan har bir bosh 
buqaga 7 s beda pichani, 18 s yaylovdan o‘rib quritil-
gan pichan, 3 s ko‘kat o‘t uni, 20 s makkajo‘хori silosi, 
16 s yem, 2 s go‘sht va suyak uni, 8 s хashaki lavgagi, 
8 s qizil sabzi jamg‘arilishi kerak. Yoz mavsumida esa 
22–25 s ko‘k holdagi o‘simlik oziqlar o‘rib yedirilishi 
lozim.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə