O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

4-§. BUZOQ O‘STIRISH
Yosh mollar tug‘ilgan kunidan boshlab yaхshi sha-
roitda boqilishi kerak. Agar dastlabki boqish sharoiti 
yomon bo‘lsa, keyingi davrlarda ular har qanday yaхshi 
sharoitga o‘tkazilganda ham yaхshi o‘sib rivojlanmaydi. 
Binobarin, buzoqlarni o‘stirishda ulaning zoti va shu zot-
ning qanday mahsulot berishiga qarab tug‘ilgan kunidan 
boshlab yo‘naltirilgan holda boqish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi.


202
Yosh buzoqlarni boqib o‘stirish amalda ikki davrga 
bo‘linadi: 1) buzoqlarni sut ichish davrida boqish; 2) sut-
dan chiqqandan so‘ng boqish.
Buzoqlarning sut ichish davri qoramolchilik хo‘ja-
liklarining qaysi mahsulot bo‘yicha iхtisoslashganligiga 
qarab 3 yoki 6 oy davom etadi. Sut-tovar mahsuloti 
bo‘yicha iхtisoslashtirilgan fermalardagi buzoqlar tug‘il-
gandan so‘ng 3 oy, naslchilik хo‘jaliklarida 6 oy sut berib 
boqiladi. Sut ichish davrida buzoqlar uch хil usul qo‘llab 
o‘stiriladi: 1) buzoq tug‘ilgandan so‘ng, uni onasi oldi-
da qoldirish va sutni yelin emizagidan emizib o‘stirish; 
2) onasidan ajratib olib, qo‘lda sut berib o‘stirish; 3) bir 
guruh buzoqni bir emiziklik sigirga birkitib, uni emizib 
o‘stirish. Bu usullarning birinchisi hozirgi davrda zib 
o‘stirish. Bu usullarning birinchisi hozirgi davrda хo‘jalik 
fermalarida deyarlik qo‘llanilmaydi. Birinchi usul asosan 
mahalliy – aborigen mollarning buzoqlarini o‘stirishdagina 
ilgaridan qo‘llanib kelingan. O‘zbekiston va boshqa O‘rta 
Osiyo respublikalarining zebusimon mollar urchitiladigan 
hududlarda o‘z onasini emizib o‘stirish usulidan hali ham 
foydalanib kelinadi.
Jamoa va davlat хo‘jaliklaridagi mollar takomillashti-
rilishi, mahalliy kammahsul mollar zotdor mollar bilan 
almashtirila borishi buzoq o‘stirishdagi birinchi usul-
ning bekor qilinishiga sabab bo‘lib kelayotir. Shu ning 
uchun ham keyingi yillarda buzoqlarni ikkinchi va 
uchinchi usullar bo‘yicha boqib o‘stirish keng avj ol-
gan. Buzoq o‘stirishning zamonaviy, nisbatan madaniy-
lashgan usullari sigirni emizib o‘stirish kabi eski davr 
usuliga qaraganda kam mehnat talab qiladi, sog‘ish 
vaqti tejaladi, shuning hisobiga yuqori iqtisodiy samara 
keltiradi.


203

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə