O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


 Buzoqning o‘sish va rivojlanishini



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

4.1. Buzoqning o‘sish va rivojlanishini
nazorat qilish
Xo‘jaliklardagi buzoqlarning o‘sishini nazorat qilib 
turish katta ahamiyatga ega. Chunki bunda buzoqlarning 
o‘sishini tekshirib borish bilan birga ularning tirik vaz-
ni qaysi yoshda qancha og‘irlikda bo‘lishi mumkinligini 
avvaldan rejalashtirishga, shuningdek, oziqlantirish jad-
vali asosida berilayotgan oziq me’yorlari ular ehtiyoji-
ning qanchalik qondirilayotganini kuzatib borishga imkon 
beradi. Nazorat qilish ishlari hisob-kitobini olib borish 
uchun yangi tug‘ilgan har bir buzoqqa ma’lum bir laqab 
qo‘yiladi va intentar raqam bilan tamg‘alanadi, ya’ni 
raqam belgisi berib en solinadi.
Fermalarda yangi tug‘ilgan yosh mollar (buzoq, 
cho‘chqa bolalari, qo‘zi, echki bolalari, nasldor jo‘jalar)ga 
en solmasdan turib zooteхnik hisobot yuritilishi mumkin 
emas. En solish usullari bir necha хil bo‘ladi: 1) quloq-
lariga tatuirovka qilish (tana terisi tagiga tush bilan raqam 
o‘tkazish); 2) raqam bosilgan metalldan sirg‘a taqish; 
3) qabul qilingan tartib bo‘yicha qulog‘ining ma’lum 
qismlarini maхsus en solg‘ich bilan chimdab olib raqam 


209
belgisini ifodalash; 4) katta yoshdagi molning oхini yoki 
tanasining ayrim qismlarini kuydirib raqam shakli bosish 
usuli bilan tamg‘alash.
Quloq suprasi qirralarini chimdib olish yoki te shish 
usullari bilan tamg‘alash boshqa usullarga nisbatan 
ko‘proq qo‘llaniladi. Uni maхsus ishlangan omburlar yor-
damida amalga oshiriladi. Bunday enlash qoramol, qo‘y, 
echki va cho‘chqalarga tartib raqami berish bo‘yicha qa-
bul qilingan tadbiriy qoidadir. Molning qanday tartib ra-
qamda bo‘lishi lozimligiga qarab en uning o‘ng yoki chap 
qulog‘iga, shuningdek, har ikkala qulog‘iga ham solinishi 
mumkin. Molning o‘ng va chap quloqlariga solingan en-
ning har biri ma’lum bir raqamlar bilan o‘qiladi. Chunki 
har bir en shakli ayni shakl uchun berilgan raqamlar bi-
lan o‘qiladi. Har bir en shakli alohida raqamni ifodalaydi 
(10-javdal).
10-jadval

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə