O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

6-§. SIGIR PODASINI TO‘LDIRISH
MAQSADIDA QOLDIRILGAN
G‘UNAJINLARNI BOQISH
Xo‘jalikda mavjud sigirlar podasini to‘ldirish uchun 
qoldirishga mo‘ljallangan urg‘ochi buzoqlar 6 oylik 
bo‘lgach, qat’iy ravishda saralanib, sigir qilib yetishtirish 
maqsadida 2-yoshlikkacha o‘stiriladi. Ana shu davr ichida 
ularga ma’lum miqdorda oziq me’yori belgilanadi. Oziq 


215
ratsioni har oyda yangilanib, qayta tuzilishi lozim. Shu bi-
lan birga ratsionning to‘yimliligi ham ortib borishi kerak. 
Ratsiondagi oziq moddalar miqdori va yem-хashak tarki-
bi yosh mollardan kuniga rejali ravishda ma’lum miqdor 
bilan qo‘shimcha vazn olishga qaratilgan bo‘ladi. Kunlik 
qo‘shimcha tirik vazn olish shunday tashkil qilinishi ke-
rakki, g‘unajin urug‘lantirish yoshiga yetganida tirik vazni 
350–400 kg, 24 oylik bo‘lganida esa 405–471 kg atrofida 
bo‘lsin. Boqish davomida agar sigir bo‘lib yetishganida 
400–450 kg tirik vaznda bo‘lishi mo‘ljallangan g‘unajin 
bo‘lsa, 7–9 oyligida kuniga 3,6 oziq birligi, 400 g oziq 
proteini, 30 g kalsiy, 20 g fosfor, 20 g osh tuzi, 100 mg 
karotin beriladi. Keyin har oyda oziq moddalar me’yori 
ortib boradi. Sigir holatida tirik og‘irligi 500–550 kg 
bo‘lishi mo‘ljallansa, 7–9 oyligida 3,9 oziq birligi, 430 g 
oziq proteini, 35 g kalsiy, 20 g fosfor, 25 g osh tuzi va 
120 mg karotin beriladi. Agar sigir jussasi 500–600 kg 
tirik vaznda bo‘lishi rejalashtirilgan bo‘lsa, g‘unajinga 
7–9 oylik yoshidan boshlab 4,5 oziq birligi, 505 g oziq 
proteini, 40 g kalsiy, 25 g fosfor, 30 g osh tuzi, 140 mg 
karotin berilishi lozim.
Ratsionda oziqlar tarkibining хilma-хil bo‘lishini 
ta’minlash kerak. Ularga proteinga boy to‘yintirilgan 
yemlar, ildizmevali va sersuv oziqlar, yuqori sifatli dag‘al 
хashaklar berilishi lozim. Mol 8–9 oylik bo‘lganidan 
so‘ng dag‘al oziqlar sifatida bahorgi bug‘doy somoni 
hamda yuqori sifatli to‘pon berilishi mumkin. Shu usul-
larni qo‘llab boqilgan mollar 18 oyligida qochirishga 
qo‘yiladi. Urug‘lantirilgandan so‘ng asrash, yayratish, 
boqish teхnologiyasi хuddi tug‘ish oldidan sutdan chiqa-
rilgan mollarga qo‘llaniladigan usul kabi tashkil etilishi 
maqsadga muvofiq bo‘ladi.


216

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə