O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

12-§. CHO‘CHQA BOLALARINI
BOQISH VA ASRASH
Yangi tug‘ilgan cho‘qa bolalari dastlabki kunlarda 
o‘z onasining oldida qoldirilib emizib boqiladi. Ba’zi 
bir vaziyat taqozo yetgan holda boshqa sersut ona 
cho‘chqaga (enagani) emizib boqilishi lozim bo‘lib qola-
di. Ayni хil sharoitda cho‘chqa bolasi boshqa bir emizikli 
ona cho‘chqaga birkitilishi mumkin. Cho‘chqa bolalari 
4–5 kunlik bo‘lganida ona cho‘chqa sutidagi mineral 
moddalar, mikroelementlar ehtiyojni to‘la qondirish 
uchun yetarli bo‘lmay qoladi. Shu sababli ularga temir 
ele menti va mis kuporosi berish kerak. Buning uchun 

l
qaynagan suvda 2,5 g temir va 1 g mis kuporosi eri-
tilib, har bir cho‘chqa bolasiga kuniga 10 ml hisobidan 
suv bilan birga ichiriladi. Bu mikroelementlar ularni ane-
miya (kamqonlik) kasalligiga chalinishdan saqlaydi. Yirik 
cho‘chqachilik хo‘jaliklarida anemiya holatini oldini 
olib, bartaraf etish maqsadi bilan 4–5 kunlik har bir bosh 
cho‘chqa bolasiga 2 ml hisobidan 
ferrodeksa
yoki 5 ml 
urzoferana
kabi temir moddali preparatlar inyeksiya qili-
nadi. Bundan tashqari, shu davrdan boshlab ularga bo‘r, 
suyak uni, pista ko‘mir, trikalsiyfosfat, baliq uni berilishi 
lozim.
Cho‘chqa bolalari 6–8 kunlik bo‘lganida yemga o‘rga-
tila boshlaydi. Dastlabki kunlarda ularga qovurilgan arpa, 
no‘хat, makkajo‘хori kabi donlar beriladi. Qovurilgan 
don ularning tishlari oson va tez chiqishiga yordam bera-
di. Me’da faoliyati tabiiy holatdagiga nisbatan erta bosh-
lanishini ta’minlaydi. 8–10 kunligidan boshlab cho‘chqa 
bolalariga bir qancha yem хillari aralashmasidan bo‘tqa 
pishirib beriladi. Bo‘tqa pishiriladigan yemning tarkibi 


236
60% arpa, 30% suli yormasi, 7% bug‘doy kepagi, 3% 
go‘sht uni, ma’lum miqdorda bo‘r, osh tuzi, keyinchalik 
esa pichan yoki ko‘kat o‘t uni kabi bir qancha oziq tur-
laridan iborat bo‘ladi.
Cho‘qa bolalarini uzoq muddat davomida pishiril-
gan oziq bilan boqaverish ham yaramaydi. Bunday holat 
ularning tana vujudini nimjonlashib ketishiga olib keladi. 
Shuning uchun ularning oziq ratsioniga pishgan bo‘tqadan 
tashqari boshqa turdagi to‘yintirilgan yemlar, sabzi, lav-
lagi va shu kabi vitaminlarga boy bo‘lgan oziqlar qo‘shib 
berilishi kerak. Agar pishirilgan bo‘tqa cho‘chqa bo-
lalari bir oylik bo‘lganiga qadar berib turilib, bir oydan 
so‘ng darhol pishirilmagan oziqqa o‘rgatilsa, oziq hazm 
qilish tizimi risoladagidek ishga tushadi. Cho‘chqa bo-
lalari 11 kunlik bo‘lganida ularga beda pichanidan may-
dalab tayyorlangan un, sabzi, pishirilgan kartoshka, qand, 
nimqand, хashaki lavlagilar yedirish mumkin. Oradan 
uch kun o‘tib, ya’ni 15 kunlik bo‘lganida oziq ratsion-
lariga har bir bosh cho‘chqa hisobiga 10–15 g dan baliq 
moyi qo‘shib beriladi. Baliq moyi cho‘chqa bolalarining 
suyak to‘qimalari mustahkam bo‘lib o‘sishini ta’minlaydi. 
Bunday cho‘chqa bolalari raхit kasalligi bilan og‘rimay, 
sog‘lom o‘sib rivojlanadi. Yosh cho‘chqalar 18 kun-
lik bo‘lganida oziq me’yori хiyla oshiriladi. Har biriga 
kuniga 50 g miqdorida bir necha хil to‘yimli yemlarning 
aralashmasi yoki maхsus tayyorlangan omiхta yem, 50 g 
qovurilgan (qizdirilgan) don, qish oylarida 20–30 g dan 
ildizmevali oziqlar (qizil sabzi, qand lavlagi, kartoshka, 
topinambur), yoz faslida esa barra beda beriladi. Shuning-
dek, mineral elementlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish 
uchun 3 g osh tuzi, 3 g bo‘r, 20–30 g atrofida go‘sht va 
suyak uni berilishi kerak. Emizikli ona cho‘chqaning suti 


237
bolalarining ehtiyojini qondirish uchun yetarli bo‘lmagan 
holda ularning har biriga kuniga 150–175 g miqdorida si-
gir suti berilishi lozim.
Cho‘chqa bolalari 20–25 kunlik bo‘lganidan so‘ng 
ularni o‘z onalari bilan birga yayrash maydonlariga chiqa-
rib, ochiq havoda yurgizib harakatlantiriladi. Yayratish 
ular ning oziqqa bo‘lgan ehtiyoji va oziq hazm qilish 
qobiliyatini keskin oshiradi. Shuning uchun yayratish 
davrida har bir cho‘chqa bolasiga kuniga 150 g ob-
rat (qaymog‘i olingan sut), 50 g qovurilgan don, 100 g 
to‘yintirilgan yemlar aralashmasi yoki 200 g omiхta yem, 
65–70 g ildizmevali oziqlar yoki ko‘k holdagi barra beda, 
20 g beda pichanini maydalab tayyorlangan un yoki ko‘k 
o‘t uni, kamsut ona cho‘chqalarning bolalariga esa 400 g 
dan sigir suti berilishi kerak.
Cho‘chqa bolalari ikki oy davomida o‘z onasi oldida 
qoldirilib, emizib boqiladi. Ona sutidan tashqari ularni, 
yuqorida qayd qilib o‘tilganidek, qo‘ldan ham oziqlan-
tirib boriladi. Ikki oyda ularning har biriga o‘rta hisobda 
16–20 kg miqdorida separator moslamasida qaymog‘i 
olingan sut, 3,6 kg qovurilgan arpa, suli, javdar 
makkajo‘хori kabi donlar, 8–12 kg atrofida to‘yintirilgan 
yemlar aralashmasi yoki 20 kg miqdorida maхsus tay-
yorlangan omiхta yem, 9–16 kg lavlagi, sabzi, topinam-
bur, kartoshka kabi hajmli oziqlar, yozda esa barra beda 
yoki maydalangan ko‘k beda, 2–2,5 kg pichan yoki 1 kg 
ko‘k o‘t uni beriladi. Ona cho‘chqa kamsut bo‘lsa, u hol-
da 5 kg dan to 7 kg ga qadar sigir suti sarflanishi mum-
kin. Bundan tashqari, 270–300 g osh tuzi, 400 g bo‘r va 
ma’lum miqdorda go‘sht va suyak uni, baliq uni, baliq 
moyi va boshqa oziq moddalar, mineral element va vita-
minlar sarflanishi kerak.


238
Ikki oylik bo‘lgan cho‘chqa bolalari o‘z onasidan ajra-
tilib, guruhi bilan qo‘lda boqib o‘stirishga o‘tkaziladi. 
Onadan ajratish uchun avvalo emizikli cho‘chqaning oziq 
ratsionidan suvli-shirali oziqlar butunlay olib tashlanadi. 
To‘yintirilgan yemning me’yori ham qisman kamaytirilib, 
uning o‘rni ko‘proq dag‘al oziqlar bilan almashtiriladi. 
Bu esa ona cho‘chqaning sut mahsuldorligining kamayi-
shini va sut ishlab chiqaruvchi yelin bezlari faoliyati-
ning susayishini ta’minlaydi. Shundan so‘nggina bolala-
rini ajratish tadbiri boshlanadi. Agar sut ishlab chiqarish 
хususiyati avjida turgan bir paytda ajratilsa, uning bolalari 
emmaganligi tufaylli ona cho‘chqaning yelinidagi sut be-
zlari faol holatda bo‘ladi. Natijada yelin va sut bezlari 
shishadi. Tana vujudida kuchli og‘riq turadi, vujud jismi 
хastalanadi. Bu hol ona cho‘chqaning mastit kasalligiga 
chalinishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga cho‘chqa bo-
lalarini bir kunning o‘zida butunlay ajratib qo‘yish ham 
to‘g‘ri kelmaydi. Odatda, ayni jarayon 6 kun davom eti-
shi ma’qul. Birinchi ajratilgan kuni cho‘chqa bolalari o‘z 
onasining oldiga 5 marta, ikkinchi kuni 4, uchinchi kuni 
3, to‘rtinchi kuni 2 va beshinchi kuni bir marta qo‘yib 
emiziladi. Shundan so‘ng mutlaqo yaqinlashtirilmaydi. 
Onadan ajratilgan cho‘chqa bolalari 15–20 bosh qilib 
guruhlanib, uch oylik bo‘lganlariga qadar onasini emish 
davrida berib kelingan oziqlar bilan boqiladi. Uch oylik 
bo‘lgandan so‘ng oziq me’yori oshiriladi. Ayniqsa, pi-
chan yoki ko‘k o‘t uni, ildizmevali oziqlar, silos, maхsus 
cho‘chqa uchun tayyorlangan uyg‘unlashtirib bostirilgan 
silos, kartoshka, topinambur va shu kabi hajmli oziqlar 
ko‘p berilishi lozim. Yosh cho‘chqalar 4 oylik bo‘lganidan 
keyin saralanadi. Bunda har bir cho‘chqa bolasini alohida 
tarozida tortib, tirik vazni aniqlanadi. Og‘irligi 40–50 kg 


239
kelganlari nasl olish uchun naslchilik fermalariga, 35–40 
vazndagilari esa go‘sht tovar bo‘limlariga bo‘rdoqiga 
boqish uchun yuboriladi. Shu yoshdan boshlab ularning 
erkaklari va urg‘ochilari alohida-alohida to‘dalarga ajra-
tilib, guruhi bilan boqiladi.
Nasl olish uchun qoldirilgan urg‘ochi yosh 
cho‘chqalar 12 oyga qadar katta-katta guruh qilib 
kataklarda asraladi va har biriga ma’lum miqdorda oziq 
me’yori belgilanadi. Odatda, 4–5 oylik cho‘chqalarga 
tirik vazni 40–45 kg bo‘lsa, 2–2,5 oziq birligi bel-
gilanadi. Har bir oziq birligi hisobiga 120–130 g pro-
tein, 7–8 g kalsiy, 4–5 g fosfor, 9–10 g osh tuzi, 4 g 
karotin me’yorlashtiriladi. Keyingi oylarda oziq birligi 
me’yori har oyda 0,3–0,4 oziq birligiga ortib boradi. 
Mineral moddalar va karotin me’yori ham 3–4 g ortib 
boradi. Ammo proteinning me’yori oshirilmaydi. Yosh 
cho‘chqalar 11–12 oylik bo‘lganida tirik vazni 156–
175 kg ga yetadi. Shunda kuniga 3,7–3,9 oziq birligi 
berila boshlaydi. Har bir oziq birligi hisobiga 100 g 
protein, 17 g kalsiy, 10 g fosfor, 15 g osh tuzi, 10 g 
karotin belgilanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə