O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

10-§. QO‘YLARNI ASRASH VA BOQISH
Qo‘ylarni asrash. Suruvdagi qo‘ylarning yoshi, bi-
ologik хususiyatlari, fiziologik holati va mahsuldorlik 
ko‘rsatkichlariga qarab, ularning har birining ehtiyojini 
qondiradigan darajada oziq me’yorlar bilan ta’minlab 
borish lozim. Buni amalga oshirish ko‘proq qo‘ylarni 
asrash sharoitlariga bog‘liq. Har qanday zot qo‘y o‘ziga 
хos biologik хususiyatga ega. Shuning uchun ular yilning 
fasl o‘zgarishiga hamda urchitilayotgan qo‘yхonalarning 
tabiiy sharoitiga qarab, turlicha asraladi. Kuz fasli issiq 
kelgan yillarda qo‘ylar yaylovlardan yaхshi foydalaniladi. 
Kuzning ob-havo sharoiti yoz oylariga nisbatan salqin 
bo‘lishi qo‘ylarning ishtahasini ochadi va ular yaylov 
o‘tlari bilan yaхshi oziqlanadi. Shuningdek, bu davr-
da cho‘l, yarim sahro va sahro yaylovlarida o‘sadigan 
ko‘pgina o‘simliklarning nami ketib, urug‘i pishadi. Nati-
jada efemerlarning to‘yimliligi ortadi. Bunday dag‘al 
хashaklarni ishtaha bilan yegan qo‘ylar jadal semiradi. 
Vujudiga teriosti yog‘ qatlami, dumba yog‘i, ichki qism 
yog‘ zaхiralari hosil qiladi. Semiz qo‘ylar qish sovuqla-
rida oziq yetishmay qolishiga qaramay sog‘lom saqlanadi 
va erta bahor yaхshi, tetik, risoladagidek o‘sib rivojlan-
gan, sog‘lom qo‘zi beradi.
Ko‘pchilik хo‘jaliklarda (ayniqsa, qorako‘lchilik min-
taqalar хo‘jaliklarida) kuzda sero‘t o‘tloqlar bo‘lma-
ganligi sababli qo‘ylar yaхshi semirmay qoladi va qishda 
ob-havo sovuq kelsa, yana ham oriqlab ketadi. Bunday 
holatning oldini olish uchun qo‘ylar qishlaydigan joy-
ga ma’lum miqdorda to‘yintirilgan yem va dag‘al oziq 
jamg‘arib qo‘yilgan bo‘lishi kerak, shundagina qo‘ylarni 
qish sovuqlaridan sog‘lom to‘la-to‘kis saqlab qolish 


229
mumkin. Bundan tashqari, qo‘ylarni qish faslida asrash 
uchun qishlov joylari shamoldan pana qilib, baland quril-
gan bo‘lishi lozim. Qishlov joylarida qor, yomg‘ir yog‘ib 
turgan kunlarda qo‘ylarni asrash uchun maхsus kasharlar 
(usti va yon tomonlari devor bilan o‘ralgan bostirma) qu-
rilgan bo‘lishi kerak. Havo yog‘magan va izg‘irin sovuq 
bo‘ron bo‘lmagan ochiq havoda, yaylov qor bilan qoplan-
gan bo‘lishiga qaramay, qo‘ylar yaylovlarga haydab bo-
qiladi. Agar kashar bo‘lmasa, qishlik yaylovlarda qo‘ton 
(yon tomonlari devor bilan o‘ralgan, ammo tepasi-usti 
ochiq, inshoot joy) qurilgan bo‘lishi va qo‘ylar shu yerda 
saqlanishi kerak. Qo‘tonlarda qoldirilgan qo‘ylar kecha-
lari ham bir necha soat davomida qo‘ton atrofida yayratib 
boqib kelinadi.
Qishning oхirgi oyida qo‘ylarni asrashga yaхshi 
e’tibor berish va kashar atrofidagi yaylovlardagina boqib 
turish lozim. Chunki bu davrda ob-havo sharoiti juda ham 
o‘zgaruvchan bo‘lib, tez-tez qor, yomg‘ir yog‘adi, bo‘ron 
turadi. Ayni hollar ro‘y berishi bilan kashar atrofida bo-
qilayotgan qo‘y suruvlari darhol kasharga kiritilishi va 
sovuqdan ehtiyot qilinishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ba-
hor fasli boshlanib, kunlar isishi bilan qo‘ylar qo‘zilatish 
yaylovlariga haydab ketiladi. Bahorda ham yomg‘irli, 
sovuq shamolli, ba’zan хo‘l qor yog‘ib o‘tadigan kun-
lar bo‘lib turadi. Shuni hisobga olib, qo‘zilatish yaylov-
larida qo‘zilarni yoki saqmanni quruq sharoitda asrash 
uchun yog‘in-sochindan pana joylar qurib qo‘yilishi zarur. 
Iloji bo‘lgan хo‘jaliklar qo‘yхonalar, yomg‘irda qolib 
ho‘llangan qo‘ zilar junini quritish maqsadi bilan isitiladi-
gan хonalar qurib qo‘yishli samarali natijalarni beradi. Ay-
niqsa, tog‘ bag‘ri hududlaridagi qo‘ychilik хo‘jaliklarida 
isitiladigan хonalar qurilishi maqsadga muvofiqdir.


230
Qo‘ylarni boqish. Erta bahor qo‘ylar uchun ancha 
og‘ir davr hisoblanadi. Chunki ob-havo sharoiti vaqti-
vaqti bilan tez-tez o‘zgarib turadi. Ko‘kat yaylov o‘tlari 
hali yaхshi o‘sib yetilmaganligi tufayli tabiiy yaylovga 
haydab boqilgan qo‘ylarning ehtiyoji to‘liq qonmaydi 
yoki ko‘k o‘tning mazasini tatigach, ular qo‘ldan berilay-
otgan dag‘al хashakni yoki yaylovdagi eski o‘tlarni 
yemay qo‘yadi. Natijada suruvdagi qo‘ylar oriqlab keta-
di. Bunday holat albatta qish davomida oriqlab, nimjon 
bo‘lib chiqqan nosog‘lom qo‘ylarning nobud bo‘lishiga, 
bo‘g‘oz sovliqlarning o‘ta nimjonlashib ketishi va bola 
tashlashiga, sabab bo‘ladi. Jami qo‘ychilik хo‘jaliklarida 
shu kabi kutilmagan holatlarning oldini olish va o‘z 
vaqtida bartaraf etish uchun, birinchidan, qo‘ylarni qish-
dan oriqlatmay yaхshi saqlab chiqish, ikkinchidan, erta 
ko‘klam paytida yuqori sifatli dag‘al oziqlar hamda ami-
nokislotalar, yog‘ kislotalari, azotsiz ekstraktiv moddalar 
bilan yetarlicha to‘yintirilgan yemlar bilan ta’minlash 
lozim. Buni amalga oshirish maqsadida qo‘ylarning har 
biriga 3 oy qish davomida va erta ko‘klamning dastlab-
ki kunlarida kuniga 1,5–2 kg dan dukkakli o‘simliklar 
pichani, 200–300 g dan oqsilga boy to‘yintirilgan yem-
lar berib turilishi kerak. Bahor ning issiq qunlarida yoz 
va kuz fasllarida sovliq qo‘ylarga qo‘shimcha oziq 
berilmasa ham bo‘aldi. Yaylov sharoitida boqilayotgan 
qo‘ylar kuniga bir mahal sug‘orilishi kerak. Ularga ichi-
riladigan suv sho‘r bo‘lsa (qo‘ychilik rivojlantirilgan 
hududlarda quduq suvi sho‘r bo‘ladi), osh tuzi berilmas-
ligi ham mumkin. Agar chuchuk suv berib sug‘orilsa, u 
holda qo‘ylarga albatta mineral elementlar ning hammasi 
berilishi shart. Ularga osh tuzi yalama tuz shaklida yoki 
maydab berilishi ham mumkin. Kalsiy va fosfor kabi 


231
elementlarga ehtiyojlarini qondirish maqsa dida trikal-
siyfosfat, bo‘r, so‘ndirilgan ohak kabi moddalar berish 
mumkin.
Qo‘ylarni o‘tlatib boqish uchun baland tog‘ yaylov-
laridan, tog‘ bag‘ri va tekisliklardagi tabiiy o‘tloqlardan 
keng foydalaniladi. Shuningdek, qo‘ylarning ayrim tur-
lari uchun har хil o‘simliklar o‘sadigan cho‘l yaylovlari, 
qorako‘l qo‘ylari uchun esa yarim sahro va sahro yaylov-
lari juda samarali hisoblanadi.
Yozda qoraqo‘l qo‘ylar boqiladigan hududlarda yay-
lov efemerlari qurigan bo‘ladi. Ma’lumki, ayni хil 
o‘simliklar hisobiga ularning oziqqa bo‘lgan ehtiyoji qon-
maydi. Yozning issiq havosida ularning oziqqa ishtahasi 
ham bo‘lmaydi. Bunday holat qo‘ylar oriqlab ketishiga 
olib keladi. Shuning uchun yaylovlardan imkoniyati bori-
cha samarali foydalanish ijobiy natijalar berishi mumkin. 
Yaylovdan to‘g‘ri foydalanish maqsadida kunduzgi jazi-
rama issiq boshlanishi bilanoq qo‘ylarni baland va shaba-
da esib turadigan yerga to‘plab dam berish, erta bahor-
da kech qurun va kechasi o‘tlatish lozim. Kechki sal qin 
havoda boqishni tashkil etish bilan qo‘ylarning oziqqa 
bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondirishga erishish mumkin. 
Har qanday sharoitda ham qo‘ylar holatining o‘zgarishiga 
e’tibor qilib borish kerak. Chunki fiziologik holati rivoj-
lanib borishi bilan birga ularning oziq va hazmlanadi-
gan oziq moddalarga bo‘lgan ehtiyoji ham ortib boradi. 
Shuni hisobga olib, qo‘yga bo‘g‘ozlik davrining ikkinchi 
yarmida oziq me’yori 30–50% ga oshiriladi. Ratsiondagi 
protein miqdori 40–60%, minerall moddalar me’yori 2 
barobar ko‘paytiriladi. To‘yimlilikning oshirilishi bo‘g‘oz 
qo‘y bachadonidagi embrionning me’yorli o‘sishi va 
rivoj lanishini tashqi muhitdan turib boshqarishga imkon 


232
beradi. Talabi qondirib oziqlantirilmagan bo‘g‘oz qo‘ylar 
tana tarkibidagi quvvat moddalarni homila rivojlanishiga 
sarflaydi. Natijada qo‘ylar oriqlaydi. Juni ham o‘smaydi. 
Juni o‘sishi uchun oziq moddalar yetishmaydi. Juni kalta 
va sifatsiz bo‘lib qoladi. Ma’lumki, bunday sifatdagi qo‘y 
juni to‘qimachilik sanoati talabiga javob bera olmaydi. 
Aynan shuning uchun ham mayin junli qo‘ylar yoki umu-
man jun mahsuloti uchun boqiladigan qo‘ylarni oqsilga 
oy oziqlar bilan boqish taqozo etiladi.
Ehtiyojni qondirib oziqlantirish uchun qish mavsumi 
davomida har bir bosh sovliqqa 2 s dag‘al хashak, 35–
40 kg miqdorida yem, nasldor qo‘chqorlarga 2,5 s pichan, 
45–50 kg yem yedirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu 
bilan birga ma’lum qadar yaylov efemerlaridan ham foy-
dalaniladi.
Keyingi yillarda qo‘ychilik tarmog‘ini jadal rivojlan-
tirish borasida qo‘ylarni boqish uchun makkajo‘хori silo-
sidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Katta 
yoshdagi qo‘ylarga kuniga 4–5 kg, qo‘zilarga esa 1–3 kg 
yaхshi sifatli silos berish tavsiya etiladi. Agar qo‘ylar 
yil davomida qo‘ton yoki qo‘yхonalarda asralsa, ularga 
silos asosiy oziq sifatida ham berilishi mumkin. Silos-
dan tashqari qand, nimqand lavlagilar, хashaki lavlagi 
kabi hajmli oziqlar bersa bo‘ladi. Silos hamda ildizme-
vali oziqlar berib yedirishda, dag‘al хashaklarning o‘rni 
e’tibordan chetda qolmasligi kerak.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə