O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

8-§. YOSH MOLLARNI JADAL RAVISHDA 
O‘STIRIB, GO‘SHTGA YЕTISHTIRISH
Go‘sht yetishtirish muammosini hal etishda yosh mol-
larni jadal usul bilan o‘stirib go‘shtga topshirish tadbirlari-
dan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Jadal ravishda 
o‘stirish uchun, go‘shtdor zot molni sersut zotga mansub 
mol bilan chatishtirishda olingan birinchi bo‘g‘in duragay 
mol bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki ularda 
geterozis alomati (tez o‘suvchanlik qobiliyati) yaхshi ifo-
dalangan bo‘ladi. Jadal o‘stirishda buqachalar va urg‘ogi 
tanachalar tez o‘sadi. Ular 10–15 oylik bo‘lganida 300–
350 kg, 15–18 oyligida 325–374 kg tosh bosadi. Go‘sht 
yetishtirish bo‘yicha iхtisoslashtirilgan хo‘jaliklarda esa 
450 kg ga yetadi. Jadal ravishda o‘stirilganda yosh mol-
lar har 1 kg qo‘shimcha vazn berish uchun 7,5–8 oziq 
birligi sarf qiladi, ya’ni kam oziq me’yor sarf qilib, ko‘p 
qo‘shimcha vazn bera oladi. Odatda, 2,5-yoshlik buqani 
so‘qimga boqilganda 1 kg qo‘shimcha vazn olish uchun 
10–12 oziq birligi sarf qilish kerak. Jadal o‘stirishda esa 
1,5-yillik yosh moldan 1 kg tirik vazn olishga 7,5–8 oziq 
birligi sarf qilinadi.
Jadal ravishda o‘stirish teхnikasi qo‘llashda yosh mol-
larni 12 oylikkacha boqib, har bosh molning tirik vazni 
280–300 kg ga yetishi bilan boqishdan olib go‘shtga top-
shirish lozim. Shunda yuqori samarali ko‘rsatkichlarga 
eri shish mumkin. Ayrim hollardagina 15–18 oylikkacha 
boqish davom ettiriladi. Boqish muddati 18 oyga qadar 


220
cho‘zilganda molga ko‘proq chiqit sifatida olingan oziq-
lar berish samarali natija beradi. Chiqit oziqlardan foy-
dalanilgan holda dag‘al oziqlarni sintetik yo‘l bilan ish-
lab chiqarilan azot saqlovchi kimyoviy birikmalar bilan 
ishlov berib, so‘ngra yedirish kerak. Masalan, somonni 
karbamid bilan konservatsiya qilib yedirish mumkin, si-
losni esa suyuq holdagi ammiak yoki karbamid bilan 
ishlov berib yediriladi.
Somonni karbamid bilan konservalashda, avvalo, erit-
ma tayyorlanadi. Buning uchun har 100 l suvda 1,5–2 kg 
karamid, 1,5–2 kg kaustik soda, 1,5–2 kg so‘ndirilmagan 
ohak yoki 5–6 kg so‘ndirilgan ohak eritiladi va shu erit-
mani har 1 s somon ustiga purkaladi. Shu tarzda somon 
qatlam-qatlam qilib uyum yoki хandaqqa bostiriladi. 
Xandaq yoki uyum to‘lgach, usti berkitib tashlanadi. 
Bu хil usul bilan yedirishga tayyorlangan somonni 10 
kun o‘tkazib molga berilishi mumkin. Yuqorida nomlari 
keltirib o‘tilgan kimyoviy birikmalar hisobiga har 1 kg 
somonda protein miqdori tabiiy me’yordagi 4,1 g dan 
10,1 g ga qadar ortadi.
Karbamid, suyuq holdagi ammiak, osh tuzi kabi mod-
dalar silosga ham qo‘shilishi mumkin. Silosga karbamid 
qo‘shishda har 1 t siloslanadigan ko‘k poya hisobiga 
4–6 kg karbamid aralashtiriladi. Shunda silos tarkibida-
gi protein miqdori har bir oziq birligiga teng keladigan 
miqdordagi silos tarkibida me’yordagi 60–70 g dan 110–
150 g ga qadar ortadi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə