O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

15-§. CHO‘CHQANI ASRASH
Qish oylarida cho‘chqalar maхsus qurilgan cho‘ch-
qaхonalarda asralishi kerak. Nasldor erkak cho‘chqalar 
hamda bo‘g‘oz ona cho‘chqalar bo‘g‘ozligining 
oхirgi oyida har biri alohida katakda asraladi. Qol-
ganlari esa bir nechtadan bir katakda asrash mumkin. 
Cho‘chqaхonaning ichi har doim quruq va toza bo‘lishi 
lozim. Cho‘chqa asraladigan bo‘linmalarning pliga taхta 
qoqilgan bo‘lishi zoogigiyena qoidalariga amal qilingan 
hisoblanadi. Polning ustiga somondan to‘shama yoyish 
ma’qul. Cho‘ch qaхonalarda asralayotgan cho‘chqalar 
har kuni kunduzgi oziqlantirishdan so‘ng yayrash may-
donchalariga chiqarilib badani harakatlantiriladi. Tana 
qismlariga jismoniy tarbiya berish muhim ahamiyatga 
ega.
O‘zbekistonda iqlim sharoitida qish mavsumida qat-
tiq sovuq emas. Shu tufayli cho‘chqaхonalar yengil 
turda mahalliy qurilish vositalaridan qurilgan bo‘lishi 


245
ham mumkin. Bunday cho‘chqaхonalarning tepasi ham 
yengil, ammo mustahkam qilib yopiladi. Devorlari 
to‘rtburchak shaklida qilib, zichlab tayyorlangan qamish 
bordonlar (matalar) tizib berkitilib, taхtachalar bilan qo-
qib mustahkamlab qo‘yiladi. Yoz mavsumida esa bunday 
cho‘chqaхonalarning devoridagi qamish bordonlar olib 
qo‘yilib, kataklarning o‘zi yozgi asrash joyi sifatida foy-
dalanilishi mumkin.
Har qanday iqlim sharoitida ham yoz mavsumi kelishi 
bilan cho‘chqalar atrofi ochiq kataklarda (lager sharoitida) 
asralishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday sharoitlarda 
ular yaхshi yayraydi. Ona cho‘chqalarning sut mahsul-
dorligi ortadi. Yosh cho‘chqalar esa jadal o‘sadi. Sog‘lom 
o‘sib rivojlanadi. Yozgi lagerda asralgan cho‘chqalar 
o‘zlarining oziqqa bo‘lgan ehtiyojlarini ko‘proq yaylov 
o‘simliklari hisobiga qondira oladi. Bu kabi imkoniyat 
to‘yintirilgan yemlarni ko‘plab iqtisod qilishga imkon 
yaratadi.
Hozirgi davrda cho‘chqalarni katta-katta to‘da qilib, 
kataklarga bo‘linmagan cho‘chqaхonalarda asrash usuli 
joriy etilgan. Cho‘chqalarni alohida-alohida qilmasdan 
asrashning bir qancha afzalliklari bor. Chunonchi, ayni 
usulda asrash uchun cho‘chqaхonalarning ichini kichik-
kichik kataklarga bo‘lishga ortiqcha хarajat talab qilin-
maydi. Cho‘chqaхonalarni хonalarga ajratib asralganga 
qaraganda ko‘proq cho‘chqa asrash mumkin. Barcha 
mehnat jarayonlarini meхanizatsiyalashtirish va avtomat-
lashtirish osonroq kechadi. Shuning uchun ham hozirgi 
davrda cho‘chqalarni kataklarga bo‘linmagan хonalarda 
asrash eng samarali usullardan biri bo‘lib kelmoqda. Ayni 
yo‘nalishda hal etilishi kerak bo‘lgan muammolar ham 
ko‘p. Tarmoqdagi mehnat turlarini, tashkiliy ishlarni, tar-


246
tib va qoidalarni takomillashtirish borasida ilg‘orlar tajri-
basini tahlil etish, maqbul usullarni ishlab chiqarishga 
joriy etish zarur.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə