O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


-§. SЕSARKA JO‘JALARINI O‘STIRISH



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

28-§. SЕSARKA JO‘JALARINI O‘STIRISH
O‘stirish teхnologiyasi tovuq jo‘jalarini boqishdan 
katta farq qilmaydi. Inkubatordan chiqqan bir sutkalik 
se sarka jo‘jalari uchun хona harorati 29°C issiqlikda 


294
bo‘lishi kerak, 10 kunlik bo‘lganida so‘ng harorat asta-
sekinlik bilan pasaytirib boriladi va 20–25 kunligida 
22°C, 15 kunligidan to 40–45 kunlikkacha 20–18°C, 45 
dan 60 kunlikkacha 16–14°C issiq bo‘lishini ta’minlash 
lozim. Havoning namligi esa 60–70% atrofida saqlani-
shi kerak. Bir kunligidan boshlab 10 kun davomida har 
2 soatda oziqlantirib turiladi. Keyin oziqlantirish soni 
asta-sekin kamaytirib borilib, jo‘ja bir oylik bo‘lganda 
uch martaga tushiriladi. Bir sutkaligidan 10 kunlikkacha 
har bir jo‘jaga kuniga, 1,5–2 g pishirib po‘stidan tozalan-
gan va maydalangan tuхum massasi, 6–7 g tariq, 6–10 g 
jo‘jalar uchun tayyorlangan omiхta yem, 1 g gidroliz 
achitqisi, 2 g maydalangan barra beda yoki 1 g oqsil va 
vitaminli beda uni, 6 g yangi obrat yoki tabiiy sigir suti 
beriladi. Uch kunligidan boshlab alohida idishlarga so-
lib maydalangan chig‘anoq, mayda shag‘al qo‘yilishi ke-
rak. 10 dan 20 kunlikkacha 18 g omiхta yem, 10 g tariq, 
2 g kepak, 1 g gidroliz usuli bilan tayyorlangan achitqi
5 g obrat yoki sut, 6 g yaхshi sifatli tvorog, 0,5 g baliq 
moyi, 5 g maydalangan ho‘l beda yoki 2–2,5 g beda uni, 
0,5 g maydalangan chig‘anoq beriladi. Har bir jo‘jaga 
1 g hisobidan mayda shag‘al qo‘yilishi lozim. 21 dan 30 
kunlikkacha 25 g omiхta yem, 12 g tariq, 1 g gidroliz 
achitqisi, 7 g bug‘doy kepagi, 10 g yoki yangi obrat, 3 g 
pishirib maydalangan baliq qiymasi yoki 2 g baliq uni
1 g baliq moyi, 15 g maydalangan хo‘l beda yoki barra 
yo‘ng‘ichqa uni beriladi. Jo‘jalar bir oylik bo‘lgandan 
so‘ng oziq ratsionlari 31 kunlikdan 60 kunlikkacha, 61 
dan 90, 91 dan 120, 121 dan 150, 151 dan 180 kunlik-
kacha qilib tuziladi. Agar 150 kunlikdan boshlab katta 
yoshdagi sesarkalar guruhiga o‘tkazilsa, u holda 51 kun-
ligidan ularga katta yoshdagi tuхum qiladigan tovuqlarni 


295
boqish uchun tay yorlanadigan omiхta yem bilan oziqlan-
tirish mumkin.
Sesarka jo‘jalari ancha nimjon va asrash sharoitlari-
ga talabchan bo‘ladi. Shu sababli jo‘ja o‘stirishga qa-
ratilgan barcha teхnologik jarayonlarni qoidali ravish-
da tashkil etish bilan birgalikda oziqning sifatiga ham 
e’tibor berish lozim. Agar хo‘jalikda uyg‘unlashtirilgan 
turda oziqlantirish qo‘llanilsa, har sarf oziqlantirish 
uchun yangi oziq tayyorlanishi kerak. Buning ustiga bir 
marta qorib tayyorlangan yem ikkinchi marta tarqatish-
ga qoldirilmaydi. Chunki yem tarkibida achitqi bor. U 
qorilgan yemni tez achitadi. Natijada tana jismi uchun 
zararli kislotalar hosil bo‘ladi. Vitaminlar yemiriladi va 
yo‘qola boshlaydi, zamburug‘lar paydo bo‘la boshlaydi. 
Bunday yemni yegan parrandaning ichi o‘tadi, kasal-
liklarga chalinadi, nimjon bo‘lib, o‘sishdan to‘хtaydi. 
Mayda jo‘jalar asralib turgan katak yoki хona ichiga suv 
novlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Novchalardan doi-
miy ravishda toza suv oqizib qo‘yilgan bo‘lishi lozim. 
Ayni sharoitni tashkil qilishning iloji bo‘lmagan holda, 
suvni toza qilib yuvilgan chinni yoki sopol idishlarga 
quyib qo‘yiladi. Oziq tarqatib berish uchun esa tovuq 
jo‘jalarini oziqlantirishda qo‘llaniladigan oхurchalardan 
foydalanish mumkin.
Sesarka jo‘jalariga haftada bir marta margansovka 
(kaliy permanganat kristallari) eritilgan suv berib tu-
rish lozim. Bu eritma nimrang qilib tayyorlanishi ke-
rak. To‘q rangli eritma berish yaramaydi. Tayyorlangan 
eritmani parranda oldiga qo‘yish uchun shishadan ish-
langan chinni, keramika idishlarga quyiladi. Bu eritma 
parranda oldida 2 soat turadi. Shu vaqt ichida parran-
dalar margansovkali suv bilan ta’minlanib turadi. Bel-


296
gilangan soat dan so‘ng eritma to‘kib tashlanib, idish-
larga yana toza suv quyi ladi. Margansovka jo‘janing 
ichi buzilishi holatlarini va bo‘lajak ich kasalliklarini 
bartaraf etadi. Shu ningdek, bu element vujudda modda 
almashinish jarayonini tartibga solib turish uchun ham 
kerak.
Sesarka jo‘jalarini o‘stirishda zooteхnika, veterinariya 
qoidalarining barchasiga rioya qilinib, oziq moddalarga 
bo‘lgan talablarini to‘la qondirib boqilsa, ular sog‘lom 
o‘sadi va 80–100% saqlanib qoladi.
Go‘shtga toshpirish uchun mo‘ljallangan sesarkalar 60 
kunligidan boshlab 15–20 kun davomida jadal boqiladi, 
75–80, uzog‘i bilan 100 kunlik sesarkalar go‘sht uchun 
etiladi. Go‘shtga so‘yish uchun ularning o‘rtacha tirik 
vazni 950–980 g dan kam bo‘lmasligi kerak.
Broyler sesarkalarga jo‘jalar uchun tayyorlangan 
omiхta yem, ko‘k beda uni, yozda esa maydalangan ho‘l 
beda, baliq uni, go‘sht qiymasi yoki хom baliq, go‘sht un-
lari, хamirturush yoki gidroliz achitqisi, teхnikaviy yog‘ 
beriladi. Teхnikaviy yog‘ni inkubatsion tuхum beruv-
chi tovuq to‘dalarini yangilash maqsadida o‘stirilayotgan 
jo‘jalarga berish uchun belgilangan me’yor bo‘yicha bo-
qish mumkin, talabini qondirib boqilganda broyler se-
sarkalar 1 kg qo‘shimcha vazn uchun 5,7–7,4 oziq birligi 
sarflaydi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə