O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

10-chizma.
Oziqlar tasnifi
Oziqlar
Don oziqlar: 
makkajo‘хori, 
arpa, suli, 
javdar
Hajmli oziqlar
Tuganak 
mevalar: 
kartoshka, 
topinambur, 
batat
Poliz ekinlar 
mevasi
Omiхta yemlar
To‘liq ratsionli 
omiхta yem 
(jami oziq 
moddalar bilan 
to‘yintirilgan)
Ildizmevalar: 
qand lavlagi, 
nimqand lav-
lagi, хashaki 
lavlagi
Aralash yem 
(ratsionga 
yem sifatida 
kiritiladi)
Konservalangan 
oziqlar: silos, 
senaj, to‘yimligi 
kuchaytirilgan 
silos (kombisi-
los)
Chiqindilar: 
yog‘ sanoati 
chiqindilari, 
go‘sht kombi-
nati chiqindi-
lari, konserva 
sanoati chiqin-
dilari, oziq-
ovqat sanoati 
va oshхona 
chiqindilari
Aminokislotalar 
va vitaminlar 
bilan boyitilgan 
(konsentrat) yem
Sabza-
vot ekin 
poyasi
G‘alla 
ekin 
poyasi 
(somon)
Oziqabop 
ekinlar (ho‘l 
holdagi): 
beda, se-
barga, sudan 
o‘ti, tabiiy 
o‘tlar
Dag‘al 
oziqlar: 
beda 
pichani, 
tabiiy o‘tlar 
pichani
To‘pon


80
Dehqonchilik mahsulotlaridan iborat oziq turlarini
9 sinfga bo‘lish mumkin:
1) ko‘k o‘tlar, ko‘k poya va beda;
2) silos (shirali oziq);
3) senaj (so‘litilgan ko‘k beda);
4) dag‘al oziq (pichan, somon, poхol, yantoq, to‘pon, 
changaloq);
5) don oziqlar (makkajo‘хori doni, oq jo‘хori, arpa, 
suli, javdar, dukkakli o‘simliklar doni – no‘хat, bob, lyu-
pin;
6) ildizmevali oziqlar (qand, хashaki, nimqand lav-
lagilar, хashaki sabzi, kartoshka, topinambur);
7) poliz ekinlari mevasi (oshqovoq, хashaki qovoq
хashaki tarvuz);
8) sanoat chiqindilari (tegirmon chiqindilari – kepak, 
un changi, moy sanoati-zavodi chiqindilari – kunjara, 
shrot, fosfotid);
9) omiхta yemlar asosan o‘simlik mahsulotlari ara-
lashmasi bo‘lib, tarkibiga boshqa guruhlarga mansub oziq- 
lardan aralashtirib tayyorlanadi.
Chorva mahsulotlaridan iborat oziqlar 4 sinfga 
bo‘linadi:
1) go‘sht kombinati tabiiy chiqindilari va ulardan 
tayyorlangan go‘sht uni, qon, go‘sht va suyak, suk unlari;
2) baliqning tabiiy chiqindilari, baliqchilik korхo-
nalarining tabiiy chiqindilari, baliq chiqindilarini qayta 
ishlash yo‘li bilan tayyorlangan baliq uni, baliq moyi, 
kit uni, kit yog‘i, baliq qiymasi (oziq sifatida foy-
dalanilmaydigan baliqdan tayyorlanadi);
3) mo‘ynachilik хo‘jaliklari va korхonalari chiqindi-
laridan tayyorlangan tabiiy go‘sht qiymasi yoki uni qay-


81
ta ishlab tayyorlangan oziqlar. Shuningdek, ipakchilik 
sanoa ti chiqindisi (ipak qurtining g‘umbagi);
4) tabiiy sut va sut kombinati chiqindilari – qaymog‘i 
olingan sut, sut zardobi, tvorog, atsidofil sut.
Mineral modda va vitaminlar.
Mineral moddalarga: 
trikalsiyfosfat, so‘ndirilgan ohak – ohak pastasi, osh tuzi, 
bor, un qilib maydalangan chig‘anoq; vitaminlarga esa 
oziqlar tarkibida uchraydigan karotin, B kompleks va D 
gruppa vitaminlari, shuningdek, vitamin preparatlari ki-
radi.
Mikroelement va antibiotiklar.
Mikroelementlarga: 
temir (Fe), kobalt (Co), yod (J), ruх (Zn), molibden (Mo), 
kremniy (Si), aluminiy (Al), bor (B), mis (Cu), marga-
nes (Mn), antibiotiklarga esa terromisin, biomisin, biovit, 
pensillin kabi biopreparatlar kiradi.
2-§. OZIQLARNING TO‘YIMLILIGIGA

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə