O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/33
tarix15.05.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#87051
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
2.10-rasm



Suyuq sorbent 



yordamida gazni quritish 

qurilmasining sxemasi:

 

1-ajratgich;  2-absorberning  pastki 



qismi; 3-pastki buralma seksiya; 4-

likopcha;  5-buralma  seksiya;  6-

sovutgich;  7-issiqlik  almashtirgich; 

8-shamollatgich;  9,10-nasos;  11-

qizdirgich-bug‘latgich; 

12,15-


desorber;  13-nasos;  14-vakuum 

nasos; 16-kondensator. 



2.11-rasm



Qattiq 



yutuvchi 

yordamida 

gazni 

quritish 

qurilmasining sxemasi: 

1,  5-ajratgichlar;  2,  3-adsorberlar;  4-

sovutgich;  6-nasos;  7-qizdirgich;  K-

kondensat; NG-nam gaz; GQ-gaz qurumi; 

GQ-gaz qizdirishga; GQT-gaz qizdirilgan, 

tо‘yintirilgan; BR-bosimni rostlagich 

 

2.8. Separatorlar va ajratgichlarning maqbul konstruksiyalarini tanlash 

Gazni  qazib  chiqarish,  tayyorlash,  tashish  va  saqlashda  turli  xil  toifaga 

mansub  ajratgichlardan  (gazli,  suyuq  va  qattiq  fazalarni  ajratish  uchun) 

foydalaniladi. 

Ba’zi hollarda ajratgichlar suyuqlik va gazni ajratishda qо‘llaniladi, masalan, 

neftni  yо‘ldosh  gazdan  yoki  siqilgan  havoni  kompressor  moyidan  ajratishda 

foydalaniladi.  Bu  guruh  ajratgichlarni  trap  yoki  gravitatsion  ajratgichlar  deb 



38 

 

ataladi. Traplarda  suyuqlik  va gazni  ajratish  asosan  gravitatsiya  kuchlari  hisobiga 



bо‘ladi.    Ba’zan  trap  konstruksiyasiga  о‘rilmaga  va  koagulyasiya  qurilmasi 

qо‘shiladi.  Bunda  traplarning  samaradorligi  bir  qancha  ortadi,  ajratilanayotgan 

zarralarga ta’sir qiluvchi gravitatsiya kuchlariga inersiya kuchlari qо‘shiladi. Biroq 

traplardagi ajratish samaradorligi kam hollarda 80-85% dan oshadi. 

Gazni  suyuqlikdan  ajratishda  (90-99%  gacha)  yuqori  samaradorlikni 

ta’minlash  zaruriyati  tug‘ilganda,  texnologik  qurilmada  reagentlar,  absorbent, 

yuvuvchi  suyuqlikni  isrof  bо‘lishining  oldini  olish  maqsadida  gazsimon  suyuq 

ajratgichlardan  foydalaniladi.  Gaz  oqimidagi  suyuqlik  tomchilarini  chо‘ktirish 

jarayonida gazsimon suyuq ajratgichlardagi ajrati-layotgan tomchilarga markazdan 

qochma  va  inersiya  kuchlari  bilan  bir  qatorda  gravitatsiya  kuchlari  ham  ta’sir 

kо‘rsatadi. 

Gazsimon  suyuq  ajratgichlarning  traplardan  farqi  quyidagicha:  gazsimon 

suyuq  ajratgichlarda  gaz  miqdori  yuqori  yoki  gaz  omili  gazsimon  suyuq  tizim 

qayta  ishlansa, traplarda  esa –  gaz  miqdori  yoki gaz omili past  bо‘lgan  gazsimon 

suyuq tizimi qayta ishlanadi. 

Tashishga  mо‘ljallangan  gazni  tozalashda  qо‘llaniladigan  keyingi  guruh 

ajratgichlarini  «quruq»  va  «hо‘l»  chang  yutgichlar  yoki  skrubberlarga  sinflash 

mumkin. 


Gaz-suyuqlik-suyuqlik tizimini ajratish uchun alohida guruh ajratgichlaridan 

foydalaniladi.  Ular  uch  fazali  ajratgichlar  yoki  suyuqlik  ajratgichlar  deb  ataladi. 

Gazni  tayyorlash  qurilmalaridagi  turli  suyuqlik  va  reagentlarni  saqlash,  tо‘kish, 

tо‘ldirish  va  aralashtirish  uchun  qо‘llaniluvchi  texnologik  hajmlar  ajratgich 

guruhiga kiradi. 

Ajratgichlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: 

–  gazli  oqimdan  suyuqlikning  asosiy  oqimini  yо‘qotish  uchun  yetarlicha 

birlamchi ajratish seksiyasiga ega bо‘lishi; 

–  gazli  oqimdan  suyuqlikni  samarali  yо‘qotilishini  ta’minlash  uchun 

suyuqlik bо‘yicha yetarlicha samaradorlikka ega bо‘lish; 




39 

 

–  og‘irlik  kuchi  ta’sirida  suyuqlikning  asosiy  massasini  chо‘kishini 



ta’minlash  uchun  yetarlicha  uzunlik,  balandlik  yoki  hajmga,  ayniqsa,  suyuqlikni 

tiqinli kirish rejimiga ega bо‘lish; 

–  gazsimon  suyuq  oqimning  turbulentligini  pasaytirish  uchun  muhit  va 

qurilma;  

–  ajratilayotgan  gazli  oqimdan  suyuqlik  tomchilarini  oqizishni  pasaytirish 

uchun samarali skrubber nasadkalariga ega bо‘lishi;  

–  yetarli  miqdorda  qulf  va  boshqarish  armaturalari,  KIP,  avtomatika  va 

telemexanika asboblariga ega bо‘lishi kerak. 

Ajratgichlarni  loyihalashtirish  va  ishlatishda  quyidagi  hisoblashlar  amalga 

oshiriladi: 

–  konstruksion  (devor  qalinligi,  ishchi  bosim,  tugun  va  detallar  gabaritlari 

hisobi); 

– texnologik (samaradorlik hisobi); 

– gidravlik (bosim yо‘qotish hisobi). 



Markazdan  qochma  boshqariladigan  gaz  ajratgichlar 

gazni  tayyorlash 

qurilmalarida  gazni  suyuqlikdan  birlamchi  tozalash  uchun  mо‘ljallangan. 

Ajratgichlar  6,4-16  MPa    ishchi  bosimga  bardoshli  qilib  ishlab  chiqariladi. 

Ajratgichlar  apparatga  kelib  tushuvchi  suyuqlik  200  sm

3

/nm



3

  gacha  bо‘lgan 

gazlarni  tozalash  darajasi  98%  dan  kam  bо‘lmasligini  ta’minlaydi.  Gaz 

ajratgichlari  issiq,  mо‘tadil  va  sovuq  iqlimli  (GOST  16350—80),  ishchi  muhit 

harorati  -30  -  +100

C

о

  rayonlarda  ishlatilishi  mumkin.  Bosim  yо‘qotilishi  0,03 

MPa  gacha. 

Ajratgichlar  konstruksiyasida  isitgichlar  suyuqlikni  yig‘uvchi  bо‘shliqning 

ichki  qismiga  joylashtirilgan.  Gazni  suyuqlikdan  tozalashning  pasportdagi 

darajasini  ta’minlash  uchun  ishchi  bosimga  bog‘liq  holda  gaz  bо‘yicha 

ajratgichlarning  samaradorligi  qо‘zg‘aluvchan  va  qо‘zg‘almas  uyurma  konusidan 

tashkil  topgan  maxsus  qurilma  yordamida  boshqariladi.    Qо‘zg‘aluvchan  uyurma 

konusi  shturval  aylanishi  bilan  qо‘zg‘aladi.  О‘rtacha  ishlash  davri  10  yil,  11000 



40 

 

soatdan  sо‘ng  ishdan  chiqadi,  kapital  ta’mirgacha  resursi  60000  soat,  texnik 



qо‘llash koeffitsiyenti 0,97. 

Ishchi  muhitga  bog‘liq  holda  markazdan  qochma  boshqariluvchi 

gazoajratgichlarining  samaradorligi  grafik  bо‘yicha  aniqlanishi  mumkin  (2.12-

rasm).  Bunda  gaz-suvli  aralashma  maxsus  uyurma  yordamida  ta’minlanadigan 

vertikal  silindr  patrubkada  oqimni  aylantirish  hisobiga  ajratiladi.  Gaz-suvli  oqim 

inersiya  va  markazdan  qochma  kuchlar  ta’sirida  uyurmadan  о‘tganda  suyuqlik 

vertikal  silindrik  patrubka  devorlariga  kelib  uriladi  va  uning  devorlari  bо‘ylab 

oqib,  uzluksiz  yoki  davriy  drenajlashdan  о‘tadi.  Ajratishlangan  gaz  vertikal 

silindrik patrubkadan markaziy patrubka orqali chiqadi.  

Ajratgichda  isitgichlar  suyuqlikni  yig‘uvchi  bо‘shliqning  pastki  qismiga 

joylashtiriladi. О‘rtacha ishlash davri 10 yil, 20000 soatdan sо‘ng ishdan chiqadi, 

kapital ta’mirgacha resursi 60000 soat, texnik qо‘llash koeffitsiyenti 0,98. 

Tо‘rli  gazoajratgichlardagi  gaz-suvli  oqim  inersiya  va  gravitatsiya  kuchlari 

ta’sirida  ikki  oqimga  –  gaz  va  suyuqlikka  ajraladi.  Suyuqlikning  asosiy  massasi 

ajratgich  korpusining  о‘rta  qismida  ajratiladi  va  suyuqlik  yig‘uvchining  tubiga 

chо‘kadi.  Suyuqlikning  tumansimon  massasi  (yupqa  dispers  tomchilar)  ajratgich 

korpusining  yuqori  qismida  joylashgan  vertikal  tо‘rli  skrubber  nasadkalari 

paketlaridagi gazli oqim ajratiladi va ajratilgan suyuqlik drenajlanadi. Yig‘gichdan 

chiqqan  suyuqlik  uzluksiz  yoki  davriy  ravishda  drenaj  yoki  texnologik  chiziqqa 

uzatiladi. 



Tо‘rsimon  gaz ajratgichlar 

(OST  26-02-2058—79)  kondagi  gaz  tayyorlash 

qurilmalarida  gazni  suyuqlikdan  tozalashda,    gaz  va  neftni  qayta  ishlash 

zavodlaridagi texnologik jarayonlarda gazni oraliq va yakuniy tozalash uskunalari 

sifatida qо‘llaniladi. Ajratgichlar apparatga kelib tushuvchi suyuqlik 200 sm

3

/nm



3

 

gacha bо‘lgan gazlarni tozalash darajasi 99% dan kam bо‘lmasligini ta’minlaydi.  



 


41 

 

 




Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə