O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti


Flanetsli tо‘rsimon gaz  ajratgich (I toifa)



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/33
tarix15.05.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#87051
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Flanetsli tо‘rsimon gaz  ajratgich (I toifa): 

 

1-korpus; 2-tub; 3-tayanch; 4-isitgich; 5-nasadka; 6-koagulyator. 



Tо‘rsimon 

gaz 


ajratgichlardagi 

gazsimon 

suyuqlik 

tomchiga 

kо‘rsatilayotgan  gravitatsiya  va  inersiya  kuchlari  hisobiga  gaz  va  suyuqlikka 

ajraladi.  Suyuqlikning  asosiy  massasi  gaz  oqimidan  ajratilgan  korpusning  о‘rta 

qismiga tо‘planadi va suyuqlik yig‘gichga chо‘kadi. 

Yupqa dispers tomchilar korpusning о‘rta qismiga joylashtirilgan tо‘psimon 

tomchi  urilmasida    koagu-lyasiyalanadi  va  qisman  pastga  qarab  suyuqlik 

yig‘gichga  oqadi.  Gazni  suyuqlikdan  yakuniy  tozalash  ajratgich  korpusining 




43 

 

yuqori  qismida  joylashgan  tо‘rsimon  skrubber  seksiyasida  amalga  oshiriladi,  u 



yerdan  ajratilgan  suyuqlik  yig‘gich  suyuqlik  darajasigacha  drenajlanadi. 

Yig‘gichdan suyuqlik uzluksiz yoki vaqti-vaqti bilan chiqarib turiladi.  



Siklonli  gaz    ajratgichlar 

gaz  omili  yuqori  bо‘lgan  gaz  va  gazkondensat 

konlarida qо‘llaniladi. Ajratilgan suyuqlikni oqib ketishini oldini olish maqsadida 

Siklonli  gaz  ajratgichlari  konstruksiyasida  chiqarish  quvuri  yorilishi  e’tiborga 

olingan.  Loyihaviy  termodinamik  sharoitlarda  Siklonni  ishlashida  samaradorlik 

95%  yetadi.  Siklonli  gaz  ajratgichlar  gazni  tayyorlash  qurilmalarida  ajratishning 

birinchi bosqichida gazni xomaki tozalash uchun qо‘llaniladi. 

Siklonli gaz ajratgichlarning uch turi qо‘llaniladi: 

–  diametri  80;  100;  150;  200  mm.li  ishchi  bosimi  6,4;  10;  16;  20  MPa  

bо‘lgan isitgich va isitilmaydigan kojuxli; 

–  diametri  80;  100;  150  mm.li  ishchi  bosimi  1,6;  4;  6,4;  10;  16;  20  MPa  

bо‘lgan,  shuningdek,  diametri  200;  250;  300;  350;  400;  450  mm.i  ishchi  bosimi 

1,6; 4; 6,4; 10 bо‘lgan   isitgich va isitilmaydigan ochiq turdagi; 

–  diametri  100;  150;  200  mm.li  ishchi  bosimi  6,4;  10;  16;  20;  25  MPa  

bо‘lgan tо‘g‘ri oquvchan turi qо‘llaniladi. 

Traplar  (gravitatsiya  ajratgichlar) 

neft  va  alohida  holatlarda  gaz  konlarida 

qо‘llaniladi.  Asosan  vertikal  turdagi  traplar  qо‘llaniladi.  Bu  ushbu  turdagi 

ajratgichlarda  gaz  omili  past  bо‘lgan  gazsimon  suyuq  mahsulotni  ajratish  bilan 

tushuntiriladi. Bunda suyuqlik gazdan ajratildi. 

Trapda  gazsimon  suyuq  mahsulotni  ikki  usul  bо‘yicha  qizdiriladi:  neftni 

gazdan  ajratish  va  yо‘ldosh  gazni  neft  changidan  tozalash.  Neftni  gazdan  uning 

oqimini  mayda  oqimchalarga  ajratish  yoki  neftni  sachratish  yо‘li  orqali  ajratib 

olinadi. 

 Bu  jarayon  birlamchi  ajratish  kamerasida  rо‘y  beradi  va  u  kirish 

patrubkasiga  bog‘liq.  Odatda,  patrubkalarning  tangensial  yoki  radial-sirg‘aluvchi 

turlari qо‘llaniladi. Neftdan ajratilgan kirish patrubkasidagi yо‘ldosh gaz trapning 

gravitatsion  kamerasida  neft  tomchilaridan  ajratiladi, bunda  yaxshi  ajratish  uchun 

urilma  tо‘siq  va  soyabonlarning  joylashtirilganligi  hisobiga  bо‘ladi.  Odatda, 




44 

 

traplarda gaz ajratishning samaradorligi urilma tо‘siq va soyabonli turlarida 70-85 



% dan oshmaydi. 

 


Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə