O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/33
tarix15.05.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#87051
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


51 

 

Хulosa 



 

Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan tabiiy gaz tarkibidan 

suyuq  uglevodorodlarni  ajratib  oluvchi  yangi  texnologiyalarga  asoslangan  yirik 

korxonalar  barpo  etish  ilgari  surilmoqda  va  gazkimyo  majmualari  va  GTL 

texnologiyalari  hamda  slanets  gazni  qayta  ishlash  texnologiyalarini  barpo  etish 

ishlari  olib  borishni  jadallashtirish  masalasini  kо‘ndalang  qilib  qо‘ygan.  Neftni 

tayyorlash  qurilmasida  neftli  yо‘ldosh  gazlarini  ajratib  olish,  utilizatsiya  qilish, 

yig‘ish,  uni  siquv  kompressor  yordamida  bosimini  oshirish    va  qayta  tayyorlash 

borish bо‘yicha ilmiy-amaliy ma’lumotlar о‘rganilgan va tahlil qilingan.   

PHAQsini  mо‘ljallanishi–ingibitorni  gidratlanishidan  foydalanib  gaz  past 

haroratli  ajratish  usulida  aniq  kondensatsiyagacha  quritilish  texnologiyasi, 

GKTQsida  talab  qilingan  kо‘rsatgichgacha  kondensatsiyalangan  gazkondensatni 

neftni  qayta  ishlash  zavodining  xom  –  ashyosi  darajasida  tayyorlash  hamda 

kondensatni  tayyorlash  qurilmasida  (KTQ)  tovar  xom-ashyoga  aylantirish  ishlari 

kо‘rib chiqilgan. 

“Shо‘rtanneftgaz”  MChJ  dagi  past  bosimli  konlarda  neft  gazlaridan  

suyultirilgan    uglevodorodlarni  ishlab  chiqarish  texnologiyasi  asoslangan,    gazni 

konda  tayyorlash  –  ajratish,  filtratsiya,  absorbsiya,  adsorbsiya,  rektifikatsiya  va 

ekstraksiya  usullaridan  foydalanish,  kо‘p  komponentli  gazsimon  yoki  suyuqlik 

aralashmalariga bо‘linish texnologiyalari, neft qatlamdan quduq tubiga, quduqning 

stvoli  bо‘ylab  quduq  ustiga  va  quduq  ustidan  tovar  neftni  olguncha 

harakatlanganda  termobarik  sharoitning  о‘zgarish  jarayonlari  bayon  qilingan. 

Neftning  tarkibidan  gazni  va  suvni  ajratib  olishda  ajratgichlarning  qо‘llanilishi, 

gazga  tо‘yingan  neftning  tarkibidan  suyuq  uglevodorodlarni  kо‘proq  chiqishini 

saqlab  qolish  uchun  kо‘p  bosqichli  ajratish  usuli  qо‘llanilishi  (3-4  bosqichli)  va 

neftdagi bosimni bir meyorda pasaytirish hisobiga og‘ir uglevodorodlarning S 

5  + 

yuqori 


 

katta  miqdori  ushlab  qolish  texnologik  jarayonlarini  olib  borish 

“Shо‘rtanneftgaz”  MChJ  misolida  kо‘rib  chiqilgan.  Neftni  kо‘p  bosqichli 

ajratishda germetik bо‘lmagan tizimlar yig‘ish va tashishda qо‘llanilganda neftning 




52 

 

tarkibida qolgan hamma og‘ir uglevodorodlar sekinlik bilan atmosferaga bug‘lanib 



ketadi  va  uning  samarasi  nolga  teng  bо‘ladi.  Shuning  uchun    neftni  yig‘ish  va 

tashishda  NQIZlarida  va  kon  sharoitida  yig‘ish  va  tashish  tizimlarida  kо‘p 

pog‘onali  ajratishning    yopiq  germetik  tizimdan  foydalanish    ishlari  kо‘rib 

chiqilgan.  Konlarda  neftni  ajratish  bosqichlarini  soni  tanlashda  va  SKSning 

loyihasida ularni utilizatsiya qilish bir qator shartlar bilan bog‘langan. 

Tabiiy  gazning  oltingugurtli  komponentlari  birinchi  navbatda  H

2



oltingugurt  ishlab  chiqarish  uchun  asosiy  xom  ashyo  hisoblanadi.  Tabiiy  gazning 



vodorod  sulfidi  birikmasidan  eng  toza  va  arzon  olitingugurt  olinishi 

(“Shо‘rtanneftgaz”  MChJ  va  “Muborakneftgaz”    MChJ  konlaridagi  H

2

S  ning 


miqdori keltiriladi) tahlil qilingan.  

Gazni oltingugurtdan tozalik darajasi 99,9 %ni tashkil qiladi, bu juda yuqori 

kо‘rsatgich  hisoblanadi.  Hozirgi  vaqtda  qо‘llaniladigan  “Shо‘rtanneftgaz”  MChJ 

va  Muborak  gazni  qayta  ishlash  zavodlaridagi  yangi  texnologiyalar  asosida 

oltingugurtni  ishlab  chiqarish  va  atmosfera  bosimini  tozaligini  ta’minlash  ishlari 

yuqori kо‘rsatgichda olib borilmoqda.  

Quduqlardan  xom  gaz  gazni  kompleks  tayyorlash  qurilmasiga  (GKTQ) 

kiradi, u yerda drossellangandan keyin birinchi pog‘onali ajratishga  yо‘naltiriladi 

va  u  yerda  suyuqlik  tomchilardan  ajratiladi.  Past  haroratli  ajratgichning  oraliq 

fazasiga tо‘plangan gaz va undan keyin esa sovutish uchun issiqlik almashtirgichga 

yо‘naltiriladi.  PHAQning  samaradorlik  kо‘rsatkichi  har  qanday  turda  quduqlarni 

ishlatishning  texnologik  rejimlariga  bog‘liqligi  va  bir  fazali  gazni  gaz  uzatmalar 

orqali  harakatlanishida  ajralish  harorati  gaz  uzatma  ishining  issiqlik  rejimini 

hisobga olib borilish texnologiyalari asoslangan. 




Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə