O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/33
tarix15.05.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#87051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
 

 


 

I bob. NEFT, GAZ VA  KONDENSATNI TAYYORLASHNI O’RGANISH 



1.1.Tabiiy gazlarni qayta ishlashga tayyorlash 

 

Tabiiy  yoqilg‘i  gazlar  metan  qatori  uglevodorotlari  aralashmasini  o‘zida 



namoyon  etadi.  Ayrim  konlardan  chiquvchi  gazlarida  nordon  komponentlar 

(vodorod  sulfid,  uglerod  ikki  oksidi,  azot,  kislorod,  kamchil  gazlar  –  geliy  va 

argon) bo‘ladi, shuningdek, barcha tabiiy gazlarni doimiy hamrohi suv bug‘laridir. 

Tabiiy  gaz  tarkibiga  kiruvchi  uglevodorodlarni  shartli  ravishda  uch 

guruxga bo‘lish mumkin: 

I guruhga metan va etan kiradi, ular quruq gazlar hisoblanib, gazlarda ularning 

miqdori normal sharoitda 60 dan 95 % gacha bo‘ladi. 

II  guruhga  propan,  izobutan  va  n–butan  kiradi.  Bu  uglevodorodlar  normal 

sharoitda gaz ko‘rinishida, oshirilgan bosimlarda ular suyuq holatga o‘tadi. 

III  guruhga  izopentan,  n–pentan,  geksan  va  biroz  yuqori  molekulali 

uglevodorodlar  kiradi.  Ular  normal  sharoitda  suyuq  holatda  bo‘lib,  benzin 

tarkibiga kiradi. 

Gazlarni  qayta  ishlashning  mohiyati  shundaki,  ularni  tarkibidan  nordon 

komponentlar  va  namlikni      yo‘qotish,  so‘ngra  bu  gazlardan    I  va  II  guruh 

uglevodorodlarini ajratishdan iboratdir. 

Ma’lumki  uglevodorod  gazlari  kelib  chiqishiga  ko‘ra  ularni  uch  guruhga 

bo‘lish mumkin: 

1.

 



Tabiiy  gazlar,  mustaqil  hosil  bo‘lgan  bo‘lib  tarkibida    juda  oz  miqdorda 

suyuq uglevodorod saqlagan gazlar; 

2.

 

Yo‘ldosh gazlar, neft bilan birgalikda chiquvchi gazlar



3.

 

Zavod  gazlari,  neftni  qayta  ishlashdagi  destruktiv  jarayonlarda  hosil 



bo‘ladigan gazlar. 

Tabiiy  gazlardan  sanoat korxonalari  va aholi turar  joylarida  yoqilg‘i  sifatida 

keng foydalaniladi, bundan tashqari kimyoviy maxsulotlar ishlab chiqarishda xom 

ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Bu maxsulotlar asosan vodorod, atsetilen, formaldegid, 

xloroform va boshqalar. 



 

Yo‘ldosh  gazlar  kommunal  extiyojlar  va  avtotransportlarda  yoqilg‘i  uchun 



qo‘llaniladi,  shuningdek,  piroliz  jarayonlari  uchun  xom  ashyo  sifatida  ham 

foydalaniladi. 

Neft  xom  ashyolarini  qayta  ishlashda  har  bir  destruktiv  jarayonlardan  zavod 

gazlari  hosil  bo‘ladi.  Zavod  gazlari  uglevodorod  tarkibiga  ko‘ra  bir–biridan 

farqlanadi.  Termik  kreking  gazlari  tarkibida  metan  va  boshqa  miqdorda 

to‘yinmagan uglevodorodlarga boy bo‘ladi. Katalitik kreking gazlarida butanlar va 

butilenlar miqdori ko‘pligi bilan xarakterlanadi. 

Tabiiy gazlarni qazib  chiqarish va qayta ishlashda doimo gaz gidratlari hosil 

bo‘ladi. 

Gidrat  hosil  qiluvchi  komponentlar  asosan  tabiiy  gaz  tarkibidagi  yengil 

uglevodorodlar  –  metan,  etan,  propan,  izobutan,  shuningdek,  azot,  uglerod  ikki 

oksidi  va  vodorod  sulfid  hisoblanadi.  Tabiiy  gaz  gidratlari  quyidagi  formulaga 

egadir: 

.

6



;

6

;



6

;

17



;

17

;



8

;

6



2

2

2



2

2

2



2

10

4



2

8

3



2

6

2



2

4

O



H

CO

О

Н

N

О

Н

S

Н

О

Н

Н

С

i

О

Н

Н

С

О

Н

Н

С

О

Н

СН







         Gidratlar  ko‘rishini  –  oq  kristal  moddalar  bo‘lib,  hosil  bo‘lish  sharoitiga 

ko‘ra  muz  yoki  zichlashtirilgan  qorga  o‘xshaydi.  Uglevodorodli  gaz  gidratlarida 

suvli  kristall  panjara  katta  qismi  suyuq  propan  va  izobutan  to‘la  bo‘ladi,  kichik 

qismida esa metan, etan, azot, vodorod sulfid va uglerod ikki oksidi bo‘ladi. 

Gaz gidratlari hosil bo‘lishi kuvurlar va jihozlarda tiqinlar tufayli ko‘ndalang 

kesim yuzasi kichrayishiga olib  keladi.  

Neft  va  gaz  sanoati  korxonalarida  gazlarni  quritish  va  ingibirlashni  turli 

sxema va usullaridan foydalaniladi. Gaz gidratlari hosil bo‘lishiga qarshi kurashda 

ingibirlash    usuli  (gaz  oqimiga  ingibitor  kiritish)  keng  qo‘llaniladi.  Bu  usulning 

mohiyati shundaki, bunda nam gaz oqimiga kiritilgan ingibitor suvda erkin eriydi 

va  natijada  suv  bug‘lari  bosimi  hamda  gidratlar  hosil  bo‘lish  temperaturasi 

pasaytiriladi.  Ingibirlash  hisobiga  gidratlar  hosil  bo‘lish  temperaturasi 

pasaytirilishini Gamershmidt tenglamasi yordamida aniqlash mumkin: 

               Δt = 0,556 K/M ∙ 



w

/100 - 


w

 



 

bu  yerda  Δt-  ma’lum  bosimdagi  gidratlar  hosil  bo‘lishni  pasayish 



temperaturasi, 

0

С;   



w- 

ingibitor  massa  ulushi,%;  К-o‘zgarmas  (metanol  uchun 

К=2335; glikollar uchun К=4000); М- ingibitor molekulyar massasi. 

 Gidratlar  hosil  bo‘lishiga  qarshi  ingibitorlar  sifatida    metanol    va  gazlarni 

quritishda glikollar keng qo‘llaniladi. Metanol  (СН

3

ОН) – metil spirti bo‘lib, gaz 



oqimiga kiritilganda suv bug‘larini yutadi va ularni past muzlash haroratidagi suvli 

spirt eritmasiga o‘tkazadi.  

Glikollar    ham  suv  bug‘iga  to‘yingandan  keyin  separatorlarda  ajratiladi  va 

so‘ngra qayta tiklanadi.  

Ingibitorlar  sifatida  kalsiy  xlor  (CaCl

2

)  eritmasi  va  litiy  xlor  ham  ko‘p 



qo‘llaniladi.  Gidratlar  hosil  bo‘lishini  oldini  olishni  yanada  samarali  usuli  bu 

gazlarni quritishdir, bunda namlik miqdori keskin kamayadi.  

Sanoatda gaz va siqilgan uglevodorlarning quritishni keng tarqalgan usullari 

mavjud:  

- suyuq yutuvchilar – glikollar (mono, di, tri etil glikollar)  

-  qattiq  yutuvchilar  –  (aktivlangan  alyuminiy  oksidi,  silikagel,  boksitlar) 

sintetik seolitlar va boshqalar. 

Gaz  sanoatida  suyuq  yutuvchilar  yordamida  gazlarni  kuritish  kenga 

qo‘llaniladi.  Gazlarni  quritish  qurilmada  glikollarni  qo‘llash  ikki  ko‘rinishda 

bo‘ladi: gaz oqimiga glikolni purkash va absorbsion . 

 


Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə