O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand Iqtisodiyot va servis instituti “Bank-moliya xizmatlari” fakulteti


O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  bosh  maqsadi



Yüklə 447,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix27.01.2022
ölçüsü447,29 Kb.
#83184
1   2   3   4   5   6   7   8   9
tijorat banki kredit portfelini optimallashtirish muammolari (1)

O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  bosh  maqsadi 

va asosiy vazifalari

 

O'zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasining Markaziy 



banki to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq Markaziy bankning bosh maqsadi milliy 

valyutaning barqarorligini ta'minlashdan iborat. 

Asosiy vazifalari: 

monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni 

shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish; 

O'zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil 

etish va ta'minlash; 

banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar  

faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, kredit uyushmalari, 

mikrokredit tashkilotlari va garovxonalarni nazorat qilish, qimmatli qog'ozlar 

blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;  

O'zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta rezervlarini, shu 

jumladan  kelishuv bo'yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish; 

davlat byudjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil 

etishdan iboratdir. 

Markaziy bank milliy valyutaning barqarorligini ta'minlash maqsadida 

quyidagi o'zining asosiy vazifalarini amalga oshiradi. 

Markaziy bank kelishilgan monetar va valyuta siyosatini amalga oshirish 

jarayonida muomaladagi umumiy pul massasi, milliy pul birligining chet 

valyutasiga nisbatan ayirboshlash kursini barqarorligi ustidan ma'lum darajada 

nazorat olib boradi, aholining bank tizimiga bo'lgan ishonchini saqlashga yordam 

beradi. 



Markaziy bank o'zining valyuta va kredit operatsiyalari orqali pul 

massasini oshirish yo'li bilan tovarlar va xizmatlar, yalpi ishlab chiqarish hajmi, 

eksport va import hajmi hamda aholining bandlik darajasiga ta'sir etadi.  

Markaziy bank valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish 

bo'yicha davlat organidir. 

Markaziy bank: 

O'zbekiston Respublikasi xududida barcha shaxslar uchun ijro etish 

majburiy bo'lgan valyutani nazorat qilishga doir normativ hujjatlar chiqaradi; 

banklar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga chet el valyutasida 

operatsiyalar o'tkazish  uchun litsenziyalar  beradi va  litsenziyalarni qaytarib oladi, 

ularning faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi

banklar uchun ochiq valyuta  mavqei limitlarini va boshqa  iqtisodiy 

normativlarni belgilaydi; 

milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlash tartibini 

belgilaydi; 

O'zbekiston Respublikasining  xalqaro rezervlarini tasarruf  etadi va 

boshqaradi. 

Mamlakatda samarali to'lov tizimini ta'minlashda hisob-kitoblar tizimini 

tashkil etish va ta'minlash vazifasi Markaziy bankning muhim vazifalaridan biridir. 

To'lovlar O'zbekiston Respublikasi hududida naqd pul bilan va naqd pulsiz hisob-

kitoblar ko'rinishida amalga oshiriladi. 

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki  hisob-kitob  qoidalarini 

belgilovchi umummajburiy normativ hujjatlar qabul qiladi, mazkur qoidalarning 

bir xilda qo'llanilishi respublika hududida hisob-kitoblarning uzluksiz va o'z 

vaqtida amalga oshirilishini ta'minlaydi. 

Hisob-kitoblar tizimini samaradorligini ta'minlashda Markaziy bank 

doimiy ravishda zamonaviy texnika va texnologiyalar negizida hisob-kitoblarning 

yangi vositalarini amalga kiritish bo'yicha ishlarni amalga oshiradi, iste'molchilar - 

aktsionerlar, investorlar, omonatchilar, auditor-lar, kreditorlar, chet el korxonalari, 

tashkilotlar va banklarni moliyaviy va iqtisodiy axborotlar bilan ta'minlash uchun 




xalqaro standartlarga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini ishlab 

chiqadi. 

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalaridan biri 

bank faoliyatini tartibga solish, banklar va boshqa kredit tashkilotlarini nazorat 

qilish hisoblanadi. Bu bank tizimining barqarorligini saqlash, aktsionerlar, 

omonatchilar va kreditorlar manfaatini himoya qilish uchun zarurdir. 

Ushbu maqsadni amalga oshirishda eng asosiy vositalardan biri banklar 

va  boshqa kredit  tashkilotlari  faoliyatini  litsenziyalashdir.  Litsenziyalashdan 

maqsad - bank va kredit xizmatlari bozorida benuqson obro'-e'tiborga ega bo'lgan 

shaxslar tomonidan boshqariladigan, bank-moliya tizimiga bo'lgan aholining 

ishonchini oshirishga xizmat qiladigan moliyaviy barqaror tashkilotlar faoliyat 

yuritishini ta'minlashdan iborat. 

Markaziy bank O'zbekiston Respublikasining monetar hamda valyuta 

siyosatini  amalga oshirish uchun, shuningdek xalqaro operatsiyalar bo'yicha 

hisob-kitoblarni  ta'minlash   uchun  etarli   bo'lgan  darajada    xalqaro re-zervlarni 

saqlab turilishiga yordam beradi.   

“O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonunning 

4-moddasida Markaziy bank uchun taqiqlangan faoliyat turlari belgilangan. 

Bunda Markaziy bank: 

moliyaviy yordam ko'rsatish bilan shug'ullanishga; 

tijorat faoliyati bilan shug'ullanishga; 

O'zbekiston  Respublikasi  Xalq  bankining,  «Mikrokreditbank» 

aktsiyadorlik tijorat bankining, shuningdek Markaziy bank faoliyat yuritishini 

ta'minlovchi korxonalar va tashkilotlarning kapitallarida ishtirok etishini istisno  

etganda,  banklar  va  boshqa  yuridik  shaxslarning  kapitallarida  qatnashishga 

haqli emas. 

Markaziy bank  O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis  Senatiga 

hisobdordir va bu uning ish faoliyatining alohida xususiyatidir. Xalqaro amaliyotda 

ham markaziy banklar milliy pul birligining ichki va tashqi barqarorligi uchun 



javobgar, o'zining parlamenti oldida hisob beradi, lekin o'z faoliyatida parlamentga 

bo'ysunmaydi. 

Oliy Majlis Senati Markaziy bankning yillik hisobotini, shuningdek 

mustaqil auditorning xulosasini ko'rib chiqadi. 

Shu bilan birga, Markaziy bank har yili pul-kredit sohasida va monetar 

siyosatning asosiy yo'nalishlaridagi joriy vaziyat to'g'risida hisobot chop etadi. 

 “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonunning 

6-moddasiga  asosan Markaziy  bank  o'z  vakolatlari  doirasida  qarorlar qabul 

qilish borasida mustaqildir. 

Davlat Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan,  Markaziy  bank esa 

davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo'lmaydi, basharti, ular o'z 

zimmalariga bunday  majburiyatlarni olmagan bo'lsalar yoki qonunlarda boshqa 

qoida nazarda tutilmagan bo'lsa. 

Yuqorida ta'kidlangan Qonunning 7-moddasi Markaziy bank o'z vakolati 

doirasida O'zbekiston Respublikasi hududida barcha shaxslar ijro etishi majburiy 

bo'lgan normativ  hujjatlar chiqarishini belgilaydi. 




Yüklə 447,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə