O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi


 Shaxs tuzilmasining cheklanganlik darajasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   167
5.3. Shaxs tuzilmasining cheklanganlik darajasi 
Bu darajadagi shaxslar nevrotik bilan psixotiklar o‗rtasidagi holatni 
egallaydilar. Ular birinichi va ikkinchisi bilan solishtirilganda muvaqqat 
barqarorlikka ega bo‗ladilar. J. Berjer bo‗yicha cheklanganlik tuzilmasi
bolalarning lat yeyishlari orqali shakllanadi va cheklanganlik tuzilmasini 
hosil qiladi.
Cheklangan shaxslar oddiy himoya usullarini qo‗llaydilar. Bu bilan 
ayrim hollarda psixotiklardan farq qilmaydilar. Ularning o‗rtasidagi tafovut
suhbatni to‗g‗ri tashkil etilishi orqali aniqlanadi.
Cheklangan shaxsda Men ajralib qolgan, ziddiyatlar kuzatiladi.
O‗zini izohlashga to‗g‗ri kelganda qiyinchilikni boshdan kechiradi. 
Cheklangan patsientlar bilan to‗g‗ri suhbat uyushtirish psixotiklardan farq 
qilish imkonini beradi va o‗zining patologiyasini kuzatishga maqbul bo‗ladi.
Ular atrofdagilar bilan ambivalentlikni boshdan kechiradi.
Bir tomondan yaqinlik xohishi, ishonish munosabati aks etsa, boshqa 
tomondan esa boshqalar bilan munosabatga kirishishda qo‗rquv hosil bo‗ladi.
E.Erikson bo‗yicha shaxs taraqqiyotining ikkinchi bosqichidagi nizo 
kuzatiladi: avtonomiya/ uyat (separatsiya/individuatsiya). Cheklangan 
shaxsga xos xususiyat u bir vaqtni o‗zida yordamga chaqirishi va uni inkor 
etishi ham mumkin. Cheklangan bolalarda ob‘ektiv diadik munosabat
kuzatiladi
8
.
Cheklangan shaxslar bilan terapevtik maqsadda ishlash oqibatida 
ularda o‗ziga va atorofdagilarga nisbatan muhabbatni shakllantirishdan 
iborat.
 
5.4. Shaxs tuzilmasining psixotik darajasi 
Bu darajadagi shaxslar bo‗shab qolgan, buzilgan holatda bo‗ladilar. Bu 
xususiyatlar Menning ilk bosqichdagi cheklanishlari oqibatida shakllanadi.
Menning psixotik tuzilishi Menning nevrotik tuzilmasi oqibatida kelib 
chiqishi mumkin. U so‗ngra nevrotikka, keyinchalik esa psixotik va 
psixozga aylanishiga olib keladi.
Psixotiklar 
verbalgacha, 
ratsionallikkacha 
bo‗lgan 
himoya 
mexanizmlarga intiladilar. Psixotiklar ―Men kimman?‖ savoliga qiyinchilik 
bilan javob beradilar. O‗zini yuzaki izohlaydi va xatolarga yo‗l qo‗yadilar.
8
Myers, D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. - Р. 202. 


45
Voqelikni 
chalkash, 
noadekvat 
testlashtiradi. 
Psixotiklarning 
mulohazalarni talqin qilishi ekzistensial qo‗rquvni keltirib chiqarishi hamda 
patsientda yanada yomonroq holatga o‗zini ifodalashiga sabab bo‗lishi 
mumkin.
Ekzistensial nizoning asosiy tabiati hayot va o‗lim, xavfsizlik bilan 
qo‗rquv o‗rtasida kechadi. Bu muammo ishonch yoki ishonchsizlik ,
otaonalarning qat‘iy ustanovkalari yoki noaniq munosabatlari bilan bog‗liq 
(masalan, mazoxist ona va sadist otaning mavjudligi). Psixotiklar uchun 
monadik ob‘ektiv munosabatlar tipikdir.

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə