Barmoqdan qon olish



Yüklə 30,41 Kb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü30,41 Kb.
#152252
  1   2   3   4   5
BARMOQDAN QON OLISH


BARMOQDAN QON OLISH
Nega umumiy tahlil uchun qon nomsiz barmoqdan olinadi?
Klinik qon tekshiruvi umumiy salomatlik holatini baholash, yallig‘lanish, bakterial, virusli va zamburug‘ infeksiyalarini aniqlash, shuningdek, eng ko‘p tarqalgan kasalliklarni tashxislash va oldini olish uchun zarur: anemiya, gematopoetik tizimning onkologik kasalliklari va hokazo. Bundan tashqari, bu shoshilinch kasalxonaga yotqizishni talab qilishi mumkin bo‘lgan jiddiy holatni tezda aniqlash imkonini beradi.
Umumiy tahlil uchun qon ko‘pincha nomsiz barmoqdan olinadi, chunki uning terisi yupqaroq bo‘lib, boshqa barmoqlarga qaraganda kamroq shikastlanadi. Ammo barmoqdan qon olish tomirdan ko‘ra kamroq og‘riqli ekanligi haqidagi gap-so‘zlar shunchaki to‘qib chiqarilgan. Qon olish uchun terida kesma qiladigan pichoqlar-skarifikatorlar kattalar va bolalar uchun bir xil.
Ushbu tahlilning yana qanday muqobili bor?
Kichik yoshdagi bolalarga ham venadan qon olingani yaxshiroq va bolaga zarar bermaslik uchun hamshiralar odatdagidan kichikroq, ingichka bo‘lgan maxsus “kapalak” ignalaridan foydalanadilar.
Qolaversa, barmoqdan olingan qon testining natijasida ma’lumot to‘liq chiqmasligi mumkin. Venoz qon arterial yoki kapillyar qonga qaraganda ishonchli biomaterial hisoblanadi:

  • qon olinayotganda barmoq tez-tez siqiladi, bu nafaqat qonning sinov naychasiga kirishiga, balki plazma va qon hujayralarining nisbatini o‘zgartiradigan to‘qima suyuqligiga ham ta’sir qiladi. Bu holda to‘liq tahlil chiqmasligi ehtimoli yuqori bo‘ladi;

  • ko‘pincha kapillyar qon namunalarida mikroklotlar hosil bo‘ladi, ba’zi hujayralar bir-biriga yopishadi, boshqalari esa yo‘q qilinadi. To‘liq qon tahlilining vazifasi uchta asosiy komponentning ko‘rsatkichlarini baholashdir: qizil qon tanachalari, oq qon hujayralari va trombotsitlar. Agar qon hujayralari shikastlangan bo‘lsa, test natijasi ishonchli bo‘lmaydi;

  • barmoqdan olingan qon miqdori vena tomiridan ko‘ra ancha kam bo‘ladi. Qayta tahlil qilishingiz kerak bo‘lsa, laboratoriyada biomaterial yetarli bo‘lmaydi. Venoz qonni topshirganingizda uning miqdori yetarli bo‘ladi.

Umumiy tahlil qilish uchun bir necha sabablarga ko‘ra nomsiz barmoqdan qon olinadi:

  • to‘rtinchi barmoq qo‘l bajaradigan ishlarda boshqalariga qaraganda kamroq ishtirok etadi, kamroq harakatlanadi, shuning uchun jarohatdan keyin yara tezda shifo topadi va infeksiya xavfi minimal bo‘ladi;

  • bu barmoqning terisi yupqaroq, shu bois kamroq og‘riqli;

  • barmoq uchlari qon tomirlari bilan yaxshi ta’minlangan, bu zarur bo‘lgan kapillyar qon hajmini tezda olish imkonini beradi;

  • nomsiz barmoq to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘l va umuman qo‘lning fastsiyali membranalari bilan bog‘lanmagan, masalan, ko‘rsatkich barmoq yoki jimjiloq bilan o‘zaro ta’sirlashmaydi. Shunga ko‘ra, infeksiya tarqalish xavfi kamroq hisoblanadi.

Qayd etish kerakki, umumiy tahlil uchun qon barmoqdan yoki tomirdan olinadi — bu bir necha omillarga bog‘liq. Ammo tahlil uchun tomirdan qon olish afzalroq sanaladi, chunki bu aniqroq natija beradi. Odatda, kichik yoshdagi bolalar barmoq kesilganda va barmoqqa bosilganda juda ko‘p yig‘laydilar, bu ham natijaning to‘g‘ri bo‘lmasligiga olib kelishi mumkin.
Nomsiz barmoqning terisi bosh, ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarning terisiga nisbatan yupqaroq va asab tolalari hamda og‘riq retseptorlari kamroq bo‘ladi. Jimjiloq barmoq bilan bilan uzviy bog‘langan, shuning uchun jimjiloq barmoqqa shikast yetganida infeksiya tushishi oqibatida zararlanish bilak bo‘g‘imiga qadar davom etishi mumkin. Shu sababli qon, asosan, nomsiz barmoqdan olinadi.

Yüklə 30,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə