O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   167
Eksperimental davr
. XX asrning birinchi o‘n yilligida shaxsni 
o‘rganish bilan professional psixologlar shug`ullana boshlashdi. Ular 
avvallari bilish jarayonlari va shaxs holatlariga alohida e`tibor berishgan edi. 
Bu sohadagi tadqiqotlarda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishila boshlandi.
Biroq du davrda psixologiya fanining inqirozi yuz berdi. Bunga inson 
tabiatini o‘rganishga atomistik qarashlarning kirib kelishi sabab bo‘ldi. 
Mazkur yondashuv inson psixolgiyasini jarayon va holatlarga bo‘lishni talab 
qilardi. Unga ko‘ra inson alohida psixik funktsiyalarning yig`indisi bo‘lib, 
ulardan shaxsni yig`ish va ijtimoiy xulq-atvorining kompleks shakllarini 
tushunish qiyin bo‘ladi.
Shaxsni eksperimental o‘rganish Rossiyada A.F.Lazurskiy, angliyada 
G.Ayzenk va R.Kettellar tomonidan boshlab berilgan.
XX sr boshlaridayoq Olimlar mavjud tadqiqotlarga eksperiment tusini 
berib, ishonchli ma`lumotlar olish, farazlarni aniq tekshirish, ular asosida 
tajribada tekshirilgan nazariyalarni yaratish uchun natijalarni tahlil qilishning 
matematik-statistik usullarini joriy etishdi. Eksperimental davrning eng 
muhim vazifasi normal shaxsni baholashning ishonchli va validlikka ega test 
metodlarini ishlab chiqishdan iboratligi tan olindi. XX asrning 30-yillari 
oxirida 
shaxs 
psixologiyasida 
tadqiqot 
yo‘nalishlarining 
faol 
differentsiatsiyasi boshlandi. Natijada XX asrning ikkinchi yarmida shaxs 
psixologiyasida o‘rganiladigan ko‘plab yondashuv va nazariyalar vujudga 
keldi. 
Ana shu nazariyalarni umulashtirgan holda quyidagi yo‗nalishlarni tahlil 
qilish mmkin.


58
Shaxsning xulqiga ta‘sir ko‗rsatvchi omillarga qarab uchta yondashuvni 
ajratish mumkin: 
psixodinamik sotsiodinamik va
interaksionistik.
Psixodinamik nazariya shaxsning xulqini uning psixologik yoki ichki 
xarakteristikasi bilan bo-lab tshntiradi. S
otsiodinamik nazariyaga ko‗ra esa 
shaxs xulqining asosiy determinanti tashqi mhitdir. Ular shaxsning ichik 
xususiyatlariga kata ahamiyat bermaydilar. Interaksionistik nazariya 
tarafdorlari inson faoliyatini va xulini boshqarida ichki va tashqi omillarning 
roli o‗zaro bog‗liq ekanligini qayd etadilar. 
Keyingi yondoshuvlarni shaxsni o‗rganish va haqda ma‘lumotlar 
to‗plash usullariga nisbatan ikkiga ajratish mumkin:
eksperimental va 
noeksperimental yondoshuv.
E
ksperimental nazariya tarafdorlari shaxs 
haqida ma‟lumot to„plash uchun albatta ma‟lum bir yo„l orqali tadqiqot 
o„tkazish, uning natijalarini tahlil qilish va umumlashtirnish shart deb 
hisoblaydi. Neoksperimental nazariya vakillari esa shaxsni hayotiy vaziyatlar 
jarayonida kuzatib, u haqdagi fikrlari va hayotiy tajribalaiga tayangan holda 
xulosalar yasash mumkinligiga ishonch bildiradilar va tajribalarga murojaat 
etish shart emas deb hisoblaydilar.


Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə