O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi samarqand viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi bulung`ur pedagogika kolleji



Yüklə 239,84 Kb.
səhifə28/92
tarix06.09.2023
ölçüsü239,84 Kb.
#121417
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   92
ekologiya 60soat

Yangi o’quv material bayoni:
6. Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy holatlarni yozdiradi;
7. Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharhlash bilan Mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi (2-ilova).
Yangi o’quv materialini mustahkamlash:
8. Mustahkamlash uchun savollar beradi (3-ilova).
1.Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ularning dunyoqarashlarini qanday shakllantirishmiz mumkin?
2.Dunyoqarash deganda nimani tushunasiz?
3.Bola bog’chaga kelayotganda, ketayotganda nimalarni ko’radi, eshitadi?
4.Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachining oldiga qanday vazifalar qo’yiladi?


Savol- javob asosida uy vazifalarini tekshirish.


Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.


Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar.
Guruh ish natijalarini o’zaro baholaydilar.

3-bosqich
Yakuniy
(10 daqiqa)

Mashg’ulot yakuni:
Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi. Uyga vazifani berilishi:
Kelgusi mashg’ulotga vazifa va bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi.

Baholari bilan tanishadilar.




5-Mavzu: Tabiat bilan tanishtirishda bolalarni dunyo qarashini shakllantirishda tarbiyachining majburiyati.
Reja:
1.Insonni tabiatdagi o’rni.
2.Bolalarni dunyoqarashlarini shakllantirish.
3. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachining o’rni.
4. Tarbiyachi bilim doirasining kengligi va oldiga qo’yilgan talablar.



          1. Insonni tabiatdagi o’rni. Inson o 'zining kelib chiqishi moddiy va ma 'naviy talablariga binoan jonli va jonsiz tabiat bilan uzviy bog’liqdir. Insonning biosferada tutgan o 'rni 2 tomonlama bo 'ladi. Ya'ni bu biologik ob’yekt bo'lib, muhitning fizik omillarga qaramdir, chunki bizni o 'rab turgan atrof muhitdan, borliqdan nafas oladi, oziqlanadi va modda almashinishi natijasida tabiatni bizga bo’lgan foydasini va mehribonchiligini ko'radi. Lekin insonlar jonzotlardan ajralib turishi natijasida o'ziga xos xususiyatlarini har doim namoyon qilib boradilar. Ular o'z faoliyatlari bilan tabiatga ta 'sir etib, ya'ni madaniy muhitni yaratadilar va uni mehnatlari, ma'naviy tajribalari asosida avloddan avlodga o'tkazib boradilar.

Inson o'simlik va hayvonlarni parvarish qilish natijasida, ularni kerakli va yangi zod, navlarini yaratadilar, ko 'paytiradilar. Bolalar esa mana shu yaratilgan yangi zod va navlarni ko 'rishlari natijasida ularga nisbatan tabiatga bo'lgan qiziqishlari ortadi. Dunyodagi bo'layotgan o'zgarishlarga boshqacha ko'z bilan qarashni boshlaydilar. Shuning uchun ko'pchilik madaniy o'simliklar va uy hayvonlarini odamlar parvarish qilganliklari sababli yovvoyi hayvonlarga nisbatan yaxshi rivojlanadi, ko 'payadi, chiroyli bo'ladi va sifatli hosil beradi.
2. Bolalar bog’chaga kelayotganlarida, bog’chadan ketayotganlarida ko’chada turli xil jarayonlarni ko’radilar va guvoh bo’ladilar. Masalan: O’sib turgan daraxtlarni, gullarni, mevalarni; yurib ketayotgan odamlarni, mashinalarni, bog’chaga borayotgan bolalarni, maktabga borayotgan bolalarni, ishga ketayotgan ota-onalarni, ko’cha supurayotgan xodimlarni, transport haydovchi xodimlarni, uchib yurgan qushlarni, ko’chada yurgan mushuk va kuchuklarni ko’rishlari mumkin.
Kelajak avlodni barkamol kishilar qilib tarbiyalash shu kunning dolzarb masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi.Bu borada bolalarni tabiat bilan tanishtirish muhim ro’l o’ynaydi. Tarbiyachi bolalarni tabiat bilan tanishtirishda Davlat tomonidan chiqarilgan “Tayanch dastur”lariga tayangan holda, bolalarga beriladigan bilimlarni yosh xususiyatlarini hisobga olib rejalashtirishlari zarur.Dasturlarda tarbiyachi har bir faslda olib boriladigan tabiat haqidagi bilimlarini to’g’ri rejalashtirishi, guruhda tabiat burchagini, yer maydonchalarini tashkil eta olish, undagi o'simliklarni o'stirish, hayvonlarni boqish, parvarishlay olish mahoratlari talab etiladi.
Tarbiyachi o'simliklarni, hayvonlami to'g'ri parvarishlashni va o'zi bolalarga o'rgata olishni talab etiladi. Tarbiyachining talabchanligi hamda kerakli bilimlarga ega bo'lishi, bolalarda qiziquvchanliklarini hamda mehnat ko'nikmalarini rivojlantiradi.
Bolalarni bilimlarini oshirish, qiziquvchanliklarini o'stirish natijasida tarbiyachining o'z sohasiga bo'lgan qiziqishini yanada orttiradi va tabiatda bo'layotgan voqea hodisalardan yanada ko’proq bilimga ega bo 'lishga harakat qiladi.
Tarbiyachi bolalarga asosiy bilimlarni mashg'ulotlarda chuquroq berishi, o’stirishi, ko'paytirishi, rivojlantirishi kerak bo’ladi. Bolalar qiziquvchan xalq bo’lganligi sababli mashg’ulot vaqtida ham turli savollar beraveradilar, mana shu savollarga tarbiyachi javob berishi uchun dunyodagi voqea hodisalardan ham habardor bo’lib turishi kerak bo’ladi.
3. Maktabgacha tarbiya yoshidagi va oiladagi bolalarning tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachining oldiga juda katta vazifalar hamda talablar qo yiladi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachining eng asosiy vazifasi bu-bilim doirasining kengligi va har tomonlama hamma sohalar bilan bog’lay olishidadir. Tarbiyachi bolalarga bilim berishda o'zining bilim doirasini kengaytirishi va har bir sohadan xabardor bo'lishi kerakdir. Tabiatda bo'layotgan voqea va hodisalarni bolalarga tushunarli, aniq, ravon, yoshiga mos holda yetkazish kerak va bu har bir tarbiyachidan talab etiladi. Eng asosiysi tarbiyachi yashab turgan joyining shart sharoitlarini, undagi bo'layotgan o'zgarishlarni, o'simliklarni, hayvonlarni va ularni qayerda uchratishimiz mumkinligi haqida bilim hamda tushunchalar berib borishi kerak. Shunga asoslangan holda tarbiyachi o'simliklarni o’stirish, hayvonlarni parvarishlash, hamda ular bilan extiyotkorlik munosabatida bo’lish malakalarini tarbiyalab boradilar
4. Tarbiyachi bilim doirasining kengligi va oldiga qo’yilgan talablar. MTTda bolalarga tabiat haqida bilim berishda tarbiyachining o’rni juda kattadir. Bunda tarbiyachining bilim doirasining kengligi inobatga olinadi. Tarbiyachining bilimi barcha dunyoviy ma’lumotlarga ega bo’lishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun tarbiyachilardan yuksak mahoratlar talab etiladi. Tabiat bilan tanishtirish mashg'ulotlarini o'tkazishda, sayr va ekskursiyalarni tashkil etishda tarbiyachining oldiga quyidagi talablar qo’yiladi:
1. Tabiat haqida to’liq tushunchaga ega bo’lish.
2. O 'simliklar, hayvonlar, hashorotlar, qushlar, baliqlar haqida umumiy ma 'lumotga ega bo’lish.
3. O’simlik, hayvonlar, hasharotlar, qushlar va baliqlarni parvarish qilish, oziqlantira olishni bilishlari lozim.
4. Bolalar yoshiga mos jonzotlarni tanlay bilish.
5. Jonzotlar bilan ehtiyotkorlik munosabatda bo'lishni bilishlari va bolalarga to’g’ri o’rgata olishlari lozim.
TASDIQLAYMAN”
O‘quv va tarbiyaviy ishlari
bo'yicha direktor o‘rinbosari
________ _____________________

Yüklə 239,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə