O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi samarqand viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi bulung`ur pedagogika kolleji



Yüklə 239,84 Kb.
səhifə32/92
tarix06.09.2023
ölçüsü239,84 Kb.
#121417
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92
ekologiya 60soat

Mashg’ulot yakuni:
Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
Kelgusi mashg’ulotga vazifa va bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi.
1. Mavzu asosida leksiya yozish.

Baholari bilan tanishadilar.


Topshiriqni yozib oladilar.




6-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik madaniyatini shakllantirish.
Reja:
1. MTTda bolalarda ekologik madaniyatini tarbiyalash-ekologik ta’limning umumiy vazifasi.
2.«Ekologik madaniyat» tushunchasining mohiyati va maktabgacha yoshdagi bolalarda shakllashining asoslari.
3.Atrof muhitni anglashning asosi sifatida ob’yektlar va tabiiy hodisalar haqida ma’lumot tizimini shakllantirish.
4.Tabiatda xulk-atvor madaniyatini tarbiyalash.
1.Maktabgacha ta’lim vazifalarini amalga oshirish borasida mahalla, jamoat, xayriya va xalqaro jamg’armalar faol qatnashadilar. Maktabgacha ta’limni amalga oshirish borasida samarali psixologik pedagogik uslublarni izlash va ularni amaliyotga tadbiq qilish zarur. Ekologik tarbiya vazifalari bu sohada faoliyat ko’rsatishga tayyor sharoitda amalga oshirilishi mumkin. Ekologik tarbiyada pedagogik jarayon oldida turgan barcha vazifalar umumlashtirilgan holda yechilishi talab qilinadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng bu diyorni obod etish, uning atrof-muhitini toza saqlash, har bir fuqaroning insoniy burchiga aylandi. Obodonchilik va orastalik, po-kizalik va tejamkorlik, xushxulqlik va xushmuomalalik har bir inson uchun, xususan,
pedagoglar va tarbiyalanuvchilar uchun ham ekologik ma‘naviy mezondir. O’quvchilar ekologik tarbiya ishlari jarayonida quyidagilarni bilishlari zarur:
- Tabiat haqida tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy omillar va ular orasidagi bog’lanish;
- Tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish va ularni muhofaza qilish;
- Atrof-muhitni ifloslanishlardan saklash;
- Tabiatni kelajak avlodlar uchun tabiiy holda qoldi-rishga intilish.
Yuqoridagi omillar asosida ekologik tarbiyalash tarbiyalanuvchi-larda tabiatni muntazam
kuzatib borishga qiziqishni uyg’ota-di, tabiatni himoya qilish uchun kurashishga, uning
go’zalligini asrab-avaylashga olib keladi. Tabiatga muhabbatni va unga ehtiyotkorlik hissini tarbiyalash shaxsda axloqiy belgilarni rivojlantirishga yordam beradi.
Ekologik tarbiya - maktabgacha tarbiyadagi yangi yo’lanish xisoblanib, bu yo’nalish bolalarni tabiat bilan tanishtirishning an’anaviy usulidan farq qiladi. Maktabgacha yoshda bolalar jonli tabiat ob’ektlarining bir-birlari bilan o’zaro munosabatlari, ularning yashash muxitiga moslashishi va hayot kechirish tarzini kuzatishlari kerak.Bu masalada pedagogik texnologiyaning asosiyvazifasi - bolalarda o’zlari bilan yonma-yon joylashgan tabiat ob’ektlariga nisbatan to’g’ri munosabatni shakllashtirishdan iborat.Faoliyatlarda: (uy sharoiti, mehnat jarayoni va turli-xil o’yinlarda) foydalanishni tashkil qiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan o’zlashtirilgan ekologik bilimlar kelgusida maktablarda olinadigan ekologik ta’lim uchun asos bo’lib xizmat qiladi. MTTda bolalarda ekologik madaniyatni tarbiyalashda qabul qilish qobiliyatlarini hisobga olish kerak, bunda bolalarni o’zlashtirishlari qulay bo’lgan bilimlar tanlab olinadi.
2. «Madaniyat» atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarda rang-barang ma‘nolarda
ifodalangan. «Madaniyat» va «Kultur» atamalari mutaxassislar fikriga ko’ra lotincha «ishlov berish», «parvarish qilish» ma‘nosini anglatgan. Keyinchalik «ma‘rifatli bo’lish», «tarbiyali», «bilimli bo’lish» mazmunida ishlatilgan. O’zbek tilida keng ishlatiladigan «Madaniyat» atamasi arabcha «madaniy»-»shaharlik» degan ma‘noni bildiradi.
Shaxsning shakllanishi jarayonida madaniyatning moddiy dunyosini ham
boyitadi. Shuningdek inson madaniyat normalariga amal qilgan holda nafaqat tabiatni va
jamiyatni, balki, shaxsiy «tabiati»ni ham o’zgartiradi. Madaniyat shaxsning ichki dunyosi
mazmuniga, «ikkinchi tabiati»ga aylanadi. Madaniyat doimo inson Bilan chambarchas bog’liq bo’ladi va usiz yashay olmaydi. Lekin voqelikning murakkab, yaxlit birligi sifatida u o’z rivojlanishi qonunlarida va borliqqa nisbatan mustaqildir.
Madaniyat doimo inson bilan chambarchas bog’liq bo’ladi va usiz yashay olmaydi. Lekin voqelikning murakkab, yaxlit birligi sifatida u o’z rivojlanishi qonunlarida va borliqqa nisbatan mustaqildir.

Yüklə 239,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya