O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   377
Moliyaviy tahlil

UO‘K: 657.622(075.8) 
KBK: 65.261 
ISBN 
© B.A.Xasanov va boshqalar, 2019 
 
 
 
© “IQTISODIYOT”, 2019 
 
 



KIRISH 
Iqtisodiyotdni liberallashtirish, globallashuv jaryonlari o‘z navbatida hisob va 
audit tizimining ham xalqaro gormonizatsiyasini va standartlashtirilishini talab 
etmoqda. Mazkur vazifani hal etish boshqaruvning muhim elementlari bo‘lgan hisob, 
iqtisodiy tahlil va auditning ham nazariy, metodologik va amaliy jihatlarini yagona 
tartiblarini belgilashni, ularni unifikatsiyalashni, muqobillikdagi tartiblarni yagona 
mezonlarga keltirishni taqozo qilmoqda.
Xalqaro kapital va kredit bozorining shakllanishi, xorijiy investitsiyalarning 
ko‘payishi, eksport-import operatsiyalarining jadallashuvi, transmilliy korxonalar 
rolining ortib borishi bilan moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro standartlarini 
belgilash, hisob ma’lumotlarini qiyosiyligini ta’minlash zaruriyati tobora ortib 
bormoqda. Axborotlarni olish va taqdim etishning eng muhim vositasi bu moliyaviy 
hisobotlardir. 
Moliyaviy hisobotlar axborot foydalanuvchilarining keng doirasi uchun: 
- investitsiyalar bilan bog‘liq xatarlar, dividendlarni to‘lash, aksiyalarni sotib 
olish, saqlash yoki sotish haqidagi; 
- kreditlar va foiz to‘lovlari haqidagi; 
- mol yetkazib beruvchilarga tegishli bo‘lgan summalarning o‘z vaqtida to‘lanishi 
haqidagi; 
- uzluksiz faoliyati to‘g‘risidagi; 
- faoliyat barqarorligi va rentabelligi to‘g‘risidagi; 
- resurslarning taqsimlanishi, faoliyatni tartibga solib turilishi, soliqqa tortish, 
milliy daromadni hamda boshqa statistik ma’lumotlarni shakllantirish to‘g‘risidagi; 
- rivojlanish, taraqqiyot va farovonlikka erishish yuzasidan erishilgan so‘nggi 
yutuqlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlaydi. 
Bunday axborotlar xo‘jalik subyekti yoki tadbirkorlik subyektining moliyaviy 
ahvoli, uning hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining 
aylanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni retrospektiv tahlil etishni va prognozlashni, 
moliyaviy natijalarni shakllantirgan asosiy omillar va ta’sirlar, subyekt faoliyat 
ko‘rsatadigan muhitdagi o‘zgarishlarga javoban qo‘llaydigan choralari, subyektning 
moliyaviy natijalarni saqlab qolish va ko‘paytirishga qaratilgan investitsion siyosati, 
dividend siyosati; uning faoliyatni moliyalashtirish manbalari va majburiyatlari 
holatini qamrab olgan kompleks moliyaviy tahlilini amalga oshirishni talab etadi. 
Moliyaviy tahlil investitsiyalar va kreditlarga doir qarorlarni qabul qilishga
subyektning bo‘lg‘usi pul oqimlariga; ularga ishonib topshirilgan resurslarga, 
majburiyatlarga; rahbar organlarning ishiga baho berishda biznes samaradorligi va 
boshqaruvning sifat menejmentiga erishishda muhim dastak vazifasini bajaradi. 
Moliyaviy tahlilning eng muhim obyektlariga: subyekt nazorat qilib turadigan 
iqtisodiy resurslari va ularning moliyaviy tuzilmasi; likvidligi; to‘lovga qobiliyati
moliyaviy ahvoli va uning kelgusidagi kutilishlari; moliyaviy natijalari va rentabelligi; 
pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari; kapital hajmi, moliyaviy va iqtisodiy 
salohiyati; iqtisodiy nochorlikka yuz tutmasligi, investitsion jozibadorlik; kreditga 
qodirlik; moliyaviy ahvoli bo‘yicha reyting baholashlar kiradi. 



Mazkur darslik moliyaviy tahlilning nazariy, metodologik va amaliy jihatdan 
xalqaro normalarga mos ravishda tuzib chiqilgan. Fan doirasida nafaqat obyekt yoki 
predmet balki, mavzular birligiga ham alohida ahamiyat qaratildi. 
Fanni o‘rganish davomida talabalar boshqaruv, moliyaviy va investitsion qarorlar 
qabul qilish uchun xo‘jalik subyektlarida resurslardan foydalanish holatini, faoliyat 
samaradorligini, moliyaviy holatini hamda ularning o‘zgarishlarini, o‘zgarishlarga 
ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, hisob-kitob qilish, baholash yo‘llarini o‘rganadilar. 
Shuningdek, xo‘jalik subyektlarining moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan 
foydalanish holatiga, ularning ishlab chiqarish‚ tijorat va moliya faoliyati 
samaradorligiga, subyektlarning iqtisodiy va moliyaviy salohiyatiga, boshqaruv 
samaradorligiga obyektiv baho berish, faoliyatning kuchli jihatlari va zaif tomonlarini 
aniqlash asosida aktivlarning bugungi va kelajakdagi qiymatini oshirishda aniq 
boshqaruv qarorlarini tayyorlash yuzasidan zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarni 
shakllantiradilar. 
Moliyaviy tahlil darsligi o‘z ichiga quyidagi mavzularni qamrab olgan: moliyaviy 
tahlil fanining nazariy asoslari; moliyaviy tahlilni tashkil etish va axborot manbalari; 
korxona operatsion faoliyatining tahlili; ishlab chiqarish va davr xarajatlari tahlili; 
buxgalteriya balansi tahlili; moliyaviy barqarorlik tahlili; kreditga layoqatlik tahlili; 
debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili; moliyaviy natijalar va rentabellik tahlili; pul 
oqimlari tahlili; xususiy kapital tarkibi va uning tahlili; korxonalar iqtisodiy nochorligi 
(bankrotligi)ni baholash va tahlil qilish; korxonalar moliyaviy holatini reyting baholash 
va tahlil qilish; moliyaviy hisobot elementlarini bashoratlash.
Har bitta mavzu keng, metodik jihatdan yangi, amaliy ma’lumotlar tahlili asosida 
atroflicha yoritib berilgan. Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari, nazorat savollari, 
adabiyotlar ro‘yxati, glossariylar bilan boyitilgan. 
Mualliflar tarkibi darslikni yozishda yaqindan amaliy yordam bergan bir guruh 
professor o‘qituvchilarga jumladan i.f.n., dots. Xakimov B. ga (moliyaviy tahlilda 
iqtisodiy matematik usullardan foydalanish), o‘q. Quvvatov G.ga (moliyaviy hisobot 
elementlarini bashoratlash) o‘z minnatdorchiliklarini bildiradi. 
Mazkur darslik talabalarning xo‘jalik subyektlari tomonidan tuziladigan 
moliyaviy hisobotlar va ularning tahlilini amalga oshirishda, faoliyat va biznes 
samaradorligini baholashda, boshqaruvning muhim qarorlarini tayyorlashda
moliyaviy holatni kompleks baholashda, reyting baholashda, moliyaviy hisobot 
elementlarini prognozlashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Darslikdan 
shuningdek‚ mustaqil ekspertlar, tahlilchilar, buxgalter va iqtisodchilar amaliy jihatdan 
keng foydalanishlari mumkin. 
Darslik yuzasidan o‘z fikr mulohazalaringizni mualliflarning quyidagi manziliga 
yo‘llashingiz mumkin va siz tomondan bildirilgan har bitta tavsiya darslikning keyingi 
nashrlarini yanada mukammal qilishda muhim manba bo‘lishiga umid bildirib 
qolamiz: 
Manzil: Toshkent moliya instituti, A.Temur ko‘chasi 60-A uy, audit va iqtisodiy 
tahlil kafedrasi, www.tfi.uz;




Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə