O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov


 . 2 . Un, uning a s s o rtime nti va s ifa t k o ‗rs a tk ic hla ri



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

2 . 2 . Un, uning a s s o rtime nti va s ifa t k o ‗rs a tk ic hla ri
Un tortish sanoati korxonalarining geografik notekis joy-lashining 
yo„qotilishi, ularning yangi, ilg„or texnika bilan jihozlanishi, texnologik 
jarayonlarning avtomatlashtirilishi, uning qat‟iy assortimenti belgilanganligi
unga standart tasdiqlanganligi, un tortish texnologik chizmalarining har xilligi 
cheklanganligi hozirgi zamon un tortish sanoatining katta yutuqlaridir. Un, 
asosan, bug„doy va javdardan, ba‟zan arpa, makkajo„xori, suli, no„xat, soya va 
ba‟zi boshqa ekinlardan tortiladi. Oldin turli aralashmalardan tozalangan don 
tortiladi. Un asosan, ikki usul bilan: dag„al yoki oddiy va mayin yoki navlab 
tortish usuli bilan olinadi. Dag„al tortilganda don valts yoki tegirmon toshida bir 
yo„la un qilinadi. Bunday usul bilan, asosan, javdar uni olinadi.


50 
Bug„doy uni (kepakli undan tashqari), odatda, mayin tortish usuli bilan 
olinadi. Mayin tortish usulining mohiyati shundan iboratki, unda bug„doy doni 
begona aralashmalardan tozalangandan keyin yorma qilib yanchiladi, yorma 
yirik-maydaligiga qarab navlarga ajratilgach, yana alohida-alohida tortiladi. Un 
necha nav qilib tortilishiga qarab, mayin tortish bir xil navli, ikki xil navli va uch 
xil navli bo„lishi mumkin.
Un tur va navlarga bo„linadi. Uning turi un olingan don ekini bilan 
belgilanadi. Nima maqsadga mo„ljallanganligiga qarab, uning turlari (nonbop, 
makaronbop va boshqalarga) sifatiga qarab, tovar navlariga bo„linadi.
Javdar uni. 
Javdar unining jaydari, qobig„i shilingan va elangan navlari 
chiqariladi. Jaydari un olish uchun javdar doni jaydar mashinasidan o„tkazilib, 
begona aralashmalardan, popuk va murtagidan tozalanadi, keyin tortiladi. Dagal 
tortilgan, kul rang - oq rangli va anchagina kepakli un hosil bo„ladi. Jaydari 
unning kul miqdori 2% bo„ladi. Qobig„i shilingan un
,
jaydari undan farqli 
o„laroq (dom po„st shilish mashinasidan o„tkaziladi), kepak va murtagi ikki 
barobar kam bo„ladi, chunki tortish vaqtida u butun don og„irligining 9%i 
miqdorida elanadi. Un nisbatan mayda va bir tekis och kul rang zarrachalardan 
iborat bo„ladi. Kul 'miqdori 1,5% dan ortmaydi.
Elangan un - 
mayin tortilgan va elangan kul rangsimon oq rangli un 
bo„lib, u asosan, donning o„zak qismidan olinadi. Elangan unda kepak 1,2% dan 
oshmaydi, kuli ko„pi 'bilan 0,75% bo„ladi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə