111
Tuyulgan kofe
savdoga ikki turda: natural - qo„shimchasiz va
qo„shimchali turlari chiqariladi. Qo„shimchali kofe tarkibida 80% va 20%
qovurib
tuyulgan tsikoriy yoki anjir, ba‟zan ularning aralashmasi bo„ladi.
Tsikoriy yoki anjir kofening achchiq ta‟mini yumshatish, ekstraktligini oshirish,
damlamasining rangini kuchaytirish uchun qo„shiladi.
Cho‗kmasiz eriydigan kofe
kukun xolida chiqariladi; u xom kofe donidan
tayyorlanadi. Kofe doni qovurilgandan
keyin maydalanadi, issiq suv quyiladi,
hosil bo„lgan suvli ekstrakt quyuqlashtiriladi, keyin esa tuzg„itib quritiladi.
Kukunning tuzilishi
un kabi mayda donador, rangi jigar rang, kofening ta‟mi
yoqimli, hidi xushbo„y bo„ladi; namligi 4%, sovuq suvda ham, issiq
suvda ham
tamomila eriydi.
Kontsentratlangan kofe - tuyulgan
kofening quritilgan qaymoq, sut,
shakar bilan aralashmasidir. U bir stakan kofega mo„ljallab og„irligi 20, 30, 40
g
dan presslangan biriketlar shaklida tayyorlanadi. Assortimenti: lyubitelskiy
kofesi, qaymoqli kofe; plitkali natural kofe. Sifatiga ko„ra donali (qovurilgan) va
tuyulgan kofe a‟lo va 1-navlarga bo„linadi. Navlarga ajratishda xushbo„yligi,
ta‟mi, quyuqligi
va damlamasining rangi, maydaligi, shuningdek,
donining sifati
asos qilib olinadi. Xususan, a‟lo navli tuyulgan kofe tarkibida kamida 75%
Mokko, Gvatemala, Kolumbiya kofesi va 25% boshqa tur kofe donalari bo„lishi
kerak. 1-navli kofeda 100% har qanday tabiiy kofe donalari bo„lishi kerak.
Tuyulgan kofening rangi jigar rangda; a‟lo navining ta‟mi va xushbo„yligi 1-
navnikidan
ancha nafis; mayin bo„lib, begona ta‟m va hidlardan holi bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: