O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Sh. ShOdmonov, E. G‘. Nabiev, U. V. G‘afurov iqtisodiyot nazariyaSI


Kapitalning xalqaro harakati - bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat qilishi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə357/383
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#82285
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   383
Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘lla-fayllar.org

Kapitalning xalqaro harakati - bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat qilishi. U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi:

- xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yo‘li bilan harakati ko‘pincha mustaqil shakl sifatida ajratiladi;

- pul va tovar shaklida. Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar, patentlar, nou-xau hamda tovar kreditlari shaklida bo‘lishi mumkin;

- qisqa va uzoq muddatli kreditlar shaklida;

- ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o‘z ifodasini ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chib o‘tishida topadi.

Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya. Emigratsiyamamlakatlardan doimiy yashash joyiga chiqib ketishni, immigratsiya – mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishni bildiradi. Xalqaro migratsiya shuningdek repatriatsiya ya’ni fuqarolarni ilgari chiqib ketgan mamlakatlariga qaytarilishi jarayonini ham o‘z ichiga oladi.

Xalqaro migrantlar beshta asosiy toifaga ajratiladi:


  1. immigrantlar va noimmigrantlar;


  2. shartnoma bo‘yicha ishlashga kelgan migrantlar;


  3. nolegal, yashirin immigrantlar;


  4. boshpana so‘rovchi shaxslar;


  5. qochoqlar.





Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   383




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə