O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N



Yüklə 6,68 Mb.
səhifə20/165
tarix27.04.2023
ölçüsü6,68 Mb.
#107102
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   165
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi T

Asosiy adabiyotlar



  1. Ызбекистон Республикаси “Давлат статисатикаси ҳа=ида”ги +онуни, ноябр 2002 йил.

  2. “Ызбекистон Республикаси Давлат статистика =ымитаси фаолиятини ташкил этиш ща=ида”ги Ызбекистон Республикаси Вазирлар Мащкамасининг 8 январ 2003 йил 8 – сонли =арори.

  3. Ызбекистон Республикаси Давлат статистика =ымитаси ха=ида Низом. 8 январ 2003 йил 8 – сонли Вазирлар Мащкамасининг =арори билан тасди=ланган.

  4. “Давлат статистика щисоботини та=дим этиш тартибини бузганлик учун жавобгарлик ща=ида” Ызбекистон Республикаси вазирлир Мащкамасининг =арори.

  5. Елисеева И.И. Общая тиория статистики. – М.: Финансы и статистика, 2005, 30-78 стр.

  6. Соатов Н.М. Статистика. Дарслик. – Т.: Тиббиёт нашриёти, 2003, 36-93 б.

  7. Деев Г., Крутова Т. Метод основного массива в статистических наблюдениях. Вестник статистики, 1992, №5, 39-43 б.

  8. Петер фон дер Липпе. Экономическая статистика. Издатель. Федеральное статистическое управление Германии, Йена, 1995, 15-52 б.

  9. О.Моргенштерн. О точности экономико- статистических наблюдений. М.: статистика, 1968.

3-bob. STATISTIK KO‘RSATKICHLAR


3.1.Statistik ko‘rsatkichlarning mazmuni va ahamiyati

Oldin aytganimizdek, statistika ommaviy hodisa va jarayonlarni miqdoran son shaklida ifodalaydi. Ammo statistikada ishlatiladigan «sonlar» matematikadagi abstrakt sonlar emas. Agarda matematikadagi sonlar umuman katta kichiklikni, shakllarni belgilar orqali ifodalanishi bo‘lsa va ular butun va kasr, mavhum va haqiqiy, ratsional va irratsional va h.k. sonlardan tashkil topsa, statistikada ular ko‘rsatkichlar, aniqrog‘i statistik ko‘rsatkichlardir.


Xo‘sh, statistik ko‘rsatkichlar nima? U qanday mazmunga va tuzilishga ega? Statistik ko‘rsatkichlarning qanday turlari mavjud? Ular ommaviy hodisa va jarayonlarni bilishda va tahlil qilishda, turmushimizda, iqtisodiyotni boshqarishda qanday ahamiyatga ega? Statistik ko‘rsatkichlar tizimi deganda nima tushuniladi va u qanday tartibda tuziladi? Ushbu bob mana shu masalalarga bag‘ishlangan va qo‘yilgan savollarga javob beradi.
Ko‘rsatkich so‘zi quyidagi lug‘aviy ma’nolarga ega: 1) ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchi yozuv, ishora; 2) biror narsaning rivoji, darajasi, ishning borishi, bajarilishi va shu kabilarni bildiruvchi belgi yoki narsa.
Falsafiy jihatdan statistik ko‘rsatkich o‘rganilayotgan hodisa va jarayonning (yoki xossalarning) me’yoridir. Hodisaning sifati bilan miqdorining o‘zaro bog‘liqligi, ajralmas birligi uning me’yori deb ataladi. «Me’yor - deb izohlaydi buyuk faylasuf olim Gegel - sifat aniqligiga ega bo‘lgan miqdor..., u ma’lum miqdorki, u bilan biror muayyan narsa bog‘langan». Statistik ko‘rsatkichlar me’yor ekanligiga ishora qilib, Gegel yozgan edi: «Statistikada qo‘llanadigan sonlar faqat o‘zlarining sifat natijalari bilangina qiziqarlidir. Quruq raqamlar bilan ishlash ... oddiy qiziquvchanlik predmeti hisoblanadi, u na nazariy va na amaliy jihatdan diqqatga sazovor emas».5

Statistik ko‘rsatkich - bu ommaviy hodisa va jarayonning me’yori, ya’ni uning sifat va miqdor birligini ifodalash shakli (tavsifnomasi)

Statistik ko‘rsatkichlar deb ma’lum makon va zamon sharoitida ommaviy hodisa va jarayonlarning holatini, rivojlanishini, tuzilishini, o‘zaro bog‘lanishlarini ifodalovchi me’yorlar yuritiladi. Statistik ko‘rsatkich o‘rganilayotgan birliklar (obyektlar) to‘plami yoki guruhining xossalarini umumlashtirib tavsiflaydi. Shu jihatdan u yakkama-yakka belgilardan farq qiladi. Masalan, har bir kishining yashash umri - bu belgi. Mamlakat yoki mintaqa aholisining o‘rtacha yashash umri statistik ko‘rsatkichdir. Iqtisodiy ko‘rsatkich - bu iqtisodiy hayotda ro‘y berayotgan u yoki bu hodisa yoki jarayonning sifat-miqdoriy aniqligidir. Sifat deganda hodisaning ichki qiyofasi (aniqligi) yoki uning rivojlanish qonuni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan mohiyati tushuniladi. Sifat hodisaning turli-tuman jihatlari, xossalari, muhim belgilarining birikmasida ayon bo‘ladi.


Miqdor - hodisaning tashqi qiyofasi (aniqligi) bo‘lib, uning u yoki bu xossasining o‘lchami, soni, ro‘yobga chiqish darajasi shaklida ko‘rinadi.
Statistik ko‘rsatkich qator muhim belgilar, tarkibiy unsurlarga ega (3.1-tarh).

3.1-tarh. Statistik ko‘rsatkich tarkibiy unsurlari.

Statistik ko‘rsatkichlar tizimi - bu o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlar majmuasidir
Statistik ko‘rsatkichlar tizimi deganda ommaviy jarayonlarni va ularning belgilarini o‘zaro bog‘lanishda aks ettiruvchi bir-biri bilan bog‘langan ko‘rsatkichlar majmuasi tushuniladi. 3.2-tarhda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi umumiy shaklda tasvirlangan. Quyida (3.2-tarh) makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar keltirilgan.
Statistik ko‘rsatkichlar tizimi abadiy qotib qolgan, o‘zgarmas tushuncha emas. Ommaviy hodisa va jarayonlar rivojlanishi va ilm-fan taraqqiyoti bilan bir qatorda tizimni ham doimo takomillashtirish, eskirib qolgan ko‘rsatkichlar o‘rniga yangilarini yaratish, boshqalarini esa yangi sharoit va imkoniyatlarni hisobga olib yaxshilash kerak.


3.2-tarh. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tasniflari.




  1. Yüklə 6,68 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə