O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 15,19 Kb.
səhifə3/6
tarix26.05.2022
ölçüsü15,19 Kb.
#88065
1   2   3   4   5   6
Mavzu Mening oilam mening baxtim-fayllar.org

2012 yilga “Mustahkam oila yili” deb nom berilishi inson , oila va jamiyat ravnaqi yo‘lida qo‘yilgan navbatdagi qadam bo‘ldi. Oilaning tayanch nuqta ekani konstitutsiyada belgilangan: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega “. (14-bob,63-modda).Prezidentimizning 2018 yil 27 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, har yili 15 may mamlakatimizda Xalqaro oila kuni sifatida nishonlanadi.Oila bo‘g‘iniga alohida bir kun ajratilishining asosiy sabablaridan biri BMT ta’rificha “Bir oila – butun insoniyat oilalarining birligidir”, u jamiyatning kichik bo‘g‘ini, vatan ichra vatandir. Jamiyat a’zosining tom ma’nodagi yetuk shaxs, komil inson bo‘lib yetishishi uzluksiz oila bilan bog‘liq. Chunki oila jamiyat asosi va hayot davomchisi bo‘lgan farzandlar kamol topadigan tarbiya maskani hisoblanadi. Shuningdek, bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan jamiyatning o‘zagi bo‘lmish mehr-muhabbat, hurmat, sadoqat, insoniylik, dahldorlik manbai ham oiladir. Qachon oilalar salohiyatli bo‘lsa, bunday oilalardan tashkil topgan jamiyat ham salohiyatli bo‘ladi.

Shuning uchun dinimiz ham oilaga iymon, muhabbat, ta’lim-tarbiya va baxtli hayot sari yo‘llovchi maskan sifatida qarashni vojib qilgan. Oila - jamiyatning asosiy bo‘lagi, kichik vatan, ilk tarbiya o‘chog‘i, yurt boyligi va tayanchi, mehr-muhabbat ramzi. O‘z oilasini mustahkamlash, farzandlarini vatanparvar, davlat va jamiyat uchun sidqidildan xizmat etuvchi shaxs sifatida tarbiyalash har bir fuqaroning burchidir. Oila kelajak avlodni voyaga yetkazadigan eng go‘zal maskan bo‘lgani sababli jamiyatdagi ma’naviy-mafkuraviy muhitning sog‘lomligida muhim o‘rin egallaydi. Shaxsning kelajagi oiladagi muhitga, oila boshliqlari bo‘lmish ota-onaning o‘z burch va mas’uliyatlariga qanday munosabatda bo‘lishiga bog‘liq. Oilada tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash uchun uning har bir a’zosi, o‘z mas’uliyatini to‘liq his qilishi va bajarishi lozim bo‘ladi.


Yüklə 15,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə