O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 15,19 Kb.
səhifə6/6
tarix26.05.2022
ölçüsü15,19 Kb.
#88065
1   2   3   4   5   6
Mavzu Mening oilam mening baxtim-fayllar.org

Mening oilam

Oila deganda meni ko'z oldimga ota-onam, opa-ukam keladi. Bizning oilamiz dunyodagi eng baxtli oila deb bilaman, chunki meni ota-onam bor. Mening oilam 5 kishidan iborat.Biz oilamiz bilan ko’p vaqtimizni birga o’tqazamiz.Kechki ovqatdan so’ng hammamiz bir dasturxon atrofida bugungi kunimiz qanday o’tgani haqida suhbatlashib o’tiramiz.Oyim va adamdan kerakli maslahatlarni so’raymiz. Ular bizga xatolarimizni tushuntirib berishadi.Biz oilamizda 3 ta farzand bo’lsak ham hecham zerikmaymiz.Ukam sho’x bo’lganligi sababli u bilan ko’p tortishib turamiz.Lekin opam, ukam va men bir-birimizga doimo mehribonmiz.

Ona…

Dunyodagi eng go’zal ayol mening onam deydi barcha farzand. Onalarga ta’rif berishga so’z ojizlik qiladi.Ularni bir so’z bilan ta’riflay olmaymiz. Onam. Onajonim men uchun faqatgina ona emaslar ular birinchi ustozim. Kichikligimda qo’limdan tutib qadam tashlashni o’rgatgan insonim. Qo’limga qalam tutqizib o’z ilmining koshonasiga olib kirgan onajonim. Yiqilsam turgizib hayotga o’rgatgan mehribonim. Menga o’z dinimni Robbimni tanitgan beg’ubor ayol. Onam mening faxrim, quvonchim, iymonim.Men katta bo’lsam onamga o’xshashni xohlayman. Chunki onam men uchun mukammal inson.

OTA...

Ota- bu oilamiz boshi va yo’l ko’rsatuvchimizdir. Ro’zg’orning og’ir yukini ko’tarib oila boqadigan inson. Otamiz shu ishni qilar ekanlar aslo nolimasdan o’z vazifalaridan mamnunlik bilan bajaradilar. Chunki ular bizni o’z farzandlarini va oilalarini yaxshi ko’radilar. Oilada otaning o’rni katta bo’ladi. Ularni hurmat qilishimiz va doim itoat qilishimiz lozimdir. Ular bizga yaxshi yomonni to’g’ri noto’g’rini ajratib beradilar va to’g’ri yo’lga boshlaydilar. Otamizga ishonishimiz va har ishdaa suyanishimiz lozim.

Otamiz oilaning og’ir yukini hamda barcha harxashalarimizni ko’taradilar.Shuning uchun ularga doimo tabbasum bilan murojat qilmoq kerak toki farzandining tabbasumidan charchoqlari chiqsin. Ba’zan qattiqo’llik qilib tergasalar aslo xafa bo’lmasligimiz, arazlamasligimiz lozim. Bu ularni ko’nglini og’ritadi chunki ular bizni urishishmaydi, faqatgina to’g’ri yo’l ko’rsatishadi.

XULOSA



Darhaqiqat, ota-onamiz bizdagi bebaho boylik hisoblanadi. Ular to shu kungacha bo‘lgan muddat mobaynida bizni ardoqladi, asradi, e'zozladi, kiyintirdi, ozuqlantirdi, sevdi, sevishga o‘rgatdi, bilim berdi, yo‘l ko‘rsatdi, har bir ishimizda qo‘llab keldi, kelmoqda, bilmaganlarimizni o‘rgatdi va hali hanuz yo‘limizni mayog‘dek yoritib kelmoqda. Eng qizig‘i, bularning barchasi beminnat! Ularga bizning baxtli va sog‘lom yurishimiz kifoya.
http://fayllar.org
Yüklə 15,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə