O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

novatorlik funksiyasi
har qanday tijorat tashkilotini turizm 
bozorining o‗zgaruvchi sharoitlardan kelib chiqib, turmahsulotni yangi xillarini, 
modifikatsiyalarini ishlab chiqish, yaratishda tinimsiz izlanishlar olib borish, turistlarni 
maksimal ehtiyoji talablarini qondirish, agent tarmog‗ida ko‗pqirrali o‗zgarishlarga moyil 
savdo-sodiq ishlarini tashkil etishda ko‗zda tashlanadi. 



Yangi turmahsulot bozor segmentini ehtiyojlarini ifodalabgina qolmasdan, o‗z 
modifikatsiyasidan kelib chiqqan holda uning sifatigina turoperatorga kelajakda shiddatli 
bozor raqobatida o‗z mavqeini saqlab qolishda asosiy tanyanch nuqta hisoblanadi. Har 
qanday sharoitda operatorni mijoz uchun kurash ham eniga va bo‗yiga kengayib borish 
manfaati bilan muofiqlashadigan (bir turistik yo‗nalishda sayohat xiliga ko‗ra) turizm 
to‗plamni maydonga chiqaradi. 
Yirik pul mablag‗i aylanmalari, muhim ahamiyatga molik ishchilar soniga ega 
bo‗lish, turoperatorlarni 
byudjetni shakllantiruvchi funksiyalarini
bajarilishi uchun 
nomutanosiblikni yuzaga keltiradi. Bu asosan kam rivojlangan davlatlarda, iqtisodiy 
tizimlari kam samaraga ega mamlakatlarda, beqaror bank tizimi hukm surayotgan bir 
vaqtda kuchli investitsiya imkoniyatidan mahrum mintaqalarga xos xususiyatdir. Bir 
muhim nuqtai-nazarni diqqat e‘tibordan qochirmaslik zarur, ya‘ni turoperatorlar 
aviyakompaniyalar, transport tashkilotlari, mehmonxona industriyasi korxonalari
ekskursiya firmalari, umumiy ovqatlanish korxonalari, ko‗ngilochar xizmatlarni 
ko‗rsatuvchi tashkilotlarni ish bilan ta‘minlaydi, kelib-ketuvchi turistlar hisobidan foyda 
olishga imkoniyat yaratadi. Hozirgi kunda ko‗pgina mintaqalarni va hatto dunyo 
davlatlarini turizm sohasini iqtisodiy tizim bilan chambarchas bog‗liq ravishda ish 
yuritiyapti desak mubolag‗a bo‗lmaydi albatta. 
Turoperatorni 
integratsiyalovchi funksiyasi
bevosita yoki bilvosita mamlakat 
tashqi siyosati, uning yo‗nalishi, ustivorligini jahon miqiyosida tashqi siyosatda 
belgilayapti desak xato qilmaymiz. Nafaqat tashqi iqtisodiy aloqalar shaklini o‗zida 
mujassamlashtirish balki xalqaro turizm madaniy, ijtimoiy, ilmiy almashuvlar vositasi 
hamdirki, o‗z navbatida bunday holat diplomatik aloqalardan ham kuchliroq quvvatga 
egadir. Bir tomondan resipiyent mamlakat barqaror sayyohlar oqimi degani bu valyuta 
tushumi, ish o‗rinlari, aholi bandligini o‗sishi, iqtisodiy infratuzilmani rivojlanishidan 
mahrum bo‗lib qolishdan hech bir manfaat topmaydi. Ikkinchi tomondan donor mamlakat 
o‗z fuqorolarini chetga chiqishiga to‗sqinlik qilmaydi, bu degani tadbirkorlikni barqaror 
rivojlanishi, yangi ish o‗rinlarini yaratish, barqaror soliq to‗lovlari, mamlakat uchun 
iqtisodiy faollikni yiriklashishidir. Pirovardida qarabsizki ikki mamlakat sayyohlik 
ayirboshlov faoliyatiga qo‗l urgan, ikki tomon ham iqtisodiy hamkorlik rishtalarini hozir 
etishganlar.
Yuqorida ta‘kid etilgan funksiyalaridan tashqari yana bittasi postindustrial 
iqtisodiy tizimiga oid davlatlar tavsifiga mansublikni ifoda etuvchi 
operator lobbilik 
funksiyasidir
. Funksiyani bunday nomlanishiga ko‗proq siyosiy termin izohlarini ishtiroki 
sabab bo‗lgan. Turoperatorlar haqiqatdan ham iqtisodiyotni hohlagan go‗shasida faoliyat 
yurituvchi korxonalarga o‗z ta‘sirini o‗tkazish imkoniyatiga ega bo‗ldilar. Ushbu 
korxonalarni ishlab chiqarish yo‗nalishi bo‗yicha turoperator lobbisi ta‘minotchi – 
korxona ya‘ni turistik xizmatlarni taklif etuvchilardir. 
Turoperatorlarning qarorlari va irodasi nafaqat aviyakompaniyalarni faoliyatida, 
balki aviyaquruvchi konsernlar va kelajakdagi fraxt xizmatini ko‗rsatuvchi kuchlar uchun 
ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Analogik vaziyatga avtotransportlar va temir yo‗l 
korxonalari faoliyati taaluqlidir. Haqiqatni aytish kerakkki turoperator lobbilari faqat 
postindustrial iqtisodiyotga xos, yuqori daromadli turist potensialini mujassamlashtirgan, 
yuqori darajadagi raqobatni taqozo etuvchi tizimga xos va mosdir. 
Shunday qilib, turoperator zamonaviy dunyoda ko‗pgina infra va suptuzilmali 
turistik industriya korxonalariga potinsial mijozlar taklif etishda kafolat ramziga aylandi, 
bu o‗z navbatida uni haqiqiy kuch salohiyatini qulga kiritishga olib keldiki, oxir oqibatda 


10 
u funksiyalangan tobe korxonalargagina o‗z ta‘sirini o‗tkazib qolmasdan, boshqa 
sohalarda ham o‗z ustivorlik tomonlarini namoyon eta boshladi. 
Mamlakat va mintaqalarda turistlarning tutgan o‗rni, iqtisodiy tizimga ta‘sirini 
keng tus ola boshlaganidan tuooperatorlar xususida dunyo davlatlari o‗rtasida o‗zaro 
rioya etiladigan tartiblar ishlab chiqilgan. Birinchi o‗rinda turopereytingga oid faoliyat 
uchun ruxsatnoma, davlat organini aniqlash ruxsatnoma vakolatlari talab etiladi. Talab 
etiladigan ruxsatnomani (litsenziya) davlat qonunchiligiga muofiq va mahalliy 
sharoitlardan kelib chiqib uch guruhga bo‗lish mumkin: 
- mustaqil faoliyat yurituvchi huquqini beruvchi turoperator ruxsatnomasini 
(litsenziyani) yuridik shaxs sifatida qonuniy shakllanganligini tasdiqlovchi hujjatlar 
taqdimoti, eng avvolo yuridik shaxslarni ta‘sischilari haqida ma‘lumot, uning tashkiliy-
huquqiy shakli, ustav kapitalini o‗lchami, ishtirokchi firmasining mulki to‗g‗risida 
ma‘lumot; 
- turizm sohasida tajribaga ega bo‗lgan ishchilar guruhining, shtatlarning 
mavjudligi yoki ma‘lumoti muofiq keladigan, ya‘ni kelajakda sifatli turoperator 
xizmatlari ko‗rsata olish mumkinligi isbotlovchi holatlarni talab etilishi; 
- kelajakda turoperatorlik faoliyati istiqbollari uchun shartnomalar (yuk 
tashuvchilar, boshqa turoperatorlar bilan shartnoma munosabatlari) mavjudligi. 
Turoperator tavakkalchilik darajasini hisobga olib operator ishi bilan bog‗liq yuk 
tashuvchilar, konsullik xizmatlari, fors-mojor holatlari va turistlar xuquqlarini buzilishi 
ehtimollari, ularga ma‘naviy zarar yetkazishlarni hisobga olib jahon turoperator reytingi 
tomonidan turoperatorlar uchun moliyaviy kafolatlar ishlab chiqilgan. Bu pul 
ko‗rinishida banka depozit sifatida qo‗yiladi, u albatta ma‘lum summa qiymati 
ifodalaydi. Bu chora turizm bozorida kichik va o‗rta darajali turoperatorlarni faoliyatini 
qisqarish va cheklanishga olib keldikim, bu o‗z o‗rnida yirik turoperatorlarga raqobatda 
yengillik hosil qiladi. Moliyaviy kafolat naqdligi turoperator uchun kutilmagan 
muammolarni bartaraf etishda imkoniyat yaratadi, turistlar huquqlarini himoyasini 
kafolatlaydi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə