O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/123
tarix14.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#117271
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

 
Tayanch so‘z va iboralar

turistik bozor,
 
turistik xizmat, turistik talab, turistik 
taklif, ommaviy turistik bozor, mashhur turistik bozor, individual turistik bozor, ta‘sir 
kiluvchi asosiy omillar. 
 
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: 
 
1.Turistik bozorning funksiyalari va tarkibini ayting. 
2.Turizm bozoriga ta‘sir qiluvchi asosiy omillarni sanab bering. 
3.Ommaviy turistik bozorni tushuntiring

4.Individual turistik bozorni tushuntiring. 
5.O‗zbekiston Respublikasida turizm bozorining holati va uning muammolarini tahlil 
eting. 


25 
IV.Mavzu.Turizmda xizmatlar va ularning xususiyatlari 
Reja: 
4.1.Turistik xizmatlarning xususiyatlari
4.2.Xizmat ko‗rsatish darajalari (klasslari). 
4.3.Xizmatlar paketi. 
4.4.Xizmat ko‗rsatish dasturi. 
4.5.Xizmat yetkazib beruvchilar. 
4.1.Turistik xizmatlarning xususiyatlari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlar odatdagi muhit sharoiti tashqarisida 
bo‗lib qoldilar, chunki oldin yagona tovar bo‗lib moddiy mahsulot, aniqrog‗i uning 
torgina qismi – xalq iste‘moli tovarlari hisoblanar edi. Yangi munosabatlar kapital bozori
ishchi kuchlari xizmat bozori va h.k. kabi bozorning yangi segmentlarini o‗zlashtirishni 
talab etadi.Chet elda xizmatlar sohasi iqtisodiyotning tez taraqqiy etuvchi tarmoqlaridan 
biri hisoblanadi. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotida xizmatlar 
ulushi 60 foizdan ham oshadi. O‗zbekistonda turizm bozorini o‗rganish va rivojlantirish 
uchun, avvalo turistik xizmatlarning mohiyatini aniqlash zarur. 
Xizmat termini xalqaro standartlarda berilishicha – bu ijro etuvchi va iste‘molchi 
o‗rtasidagi bevosita o‗zaro ta‘sirning natijasidir, hamda iste‘molchi ehtiyojini qondirish 
bo‗yicha ijrochining shaxsiy faoliyati natijasi hisoblanadi. Bu tushuncha o‗z tarkibiga 
qo‗yidagilarni qamrab oladi: 
1.
Xizmat iste‘molchilari va ijro etuvchilarning o‗zaro ta‘siri; 
2.
Ijrochilarning o‗zlari tamonidan xizmat ko‗rsatish jarayoni (ya‘ni, ma‘lum ishlarni 
bajarish); 
3.
«Qayta tashkil qilingan mahsulot» yoki «xizmatlar natijasi» ko‗rinishidagi ushbu 
faoliyat natijalari. 
Turistik xizmat – turistlarni mos ravishdagi ehtiyojlarini qondirish bo‗yicha turistik 
korxona faoliyati natijasi hisoblanadi. Turistik korxonaning ishi barcha sayohatlarni 
tashkil qilish bilan birga alohida xizmatlarni tashkil qilishi ham mumkin.
Boshqa istalgan xizmat turlari kabi turistik xizmatlar o‗ziga xos xususiyatlari bilan 
farqlanadi, buni shartli ravishda «uchta S » bilan belgilasak u qo‗yidagi xolatda bo‗ladi: 

Sezilmaslik.
Turistik xizmatlar moddiy mahsulot bo‗lib hisoblanmaydi. 
Ular ijtimoiy – madaniy (nomoddiy) sohalarga tegishli bo‗ladi, chunki iste‘molchini 
ijtimoiy-madaniy xizmatlarga bo‗lgan ehtiyojini jismoniy, intelletual, ma‘naviy va h.k. 
ehtiyojini qondirish bo‗yicha xizmatlarni ijro etuvchilar faoliyati aniqlaydi. Ularni harid 
vaqtida ko‗rish yoki baholash mumkin emas. Bunday xizmatlar ob‘ekti bo‗lib, shaxsan 
iste‘molchi hisoblanadi (turist); 

Servisni va iste’molchini o‘zaro bog‘liqligi
. Xizmatlar iste‘molchi va 
ijro etuvchilarning o‗zaro ta‘siri natijasidan tashkil topganligi sababli, turistik xizmatlarni 
ko‗rsatish jarayoni (ishlab chiqarish) iste‘mol bilan birga parallel ravishda yuz beradi. 
Ma‘lumki, moddiy shaklda tavarlarni ishlab chiqarish, uni sotuvidan oldin bo‗ladi, faqat 
undan keyingina iste‘mol jarayoni boshlanadi; 

Saqlanmaslik
. Turistik xizmatlarning saqlanmasligi (saqlash mumkin 
emasligi). Turistik xizmatlarning hayotiy sikli moddiy tovardan tubdan farq qiladi
xususan saqlash bosqichining mavjud bo‗lmaganligi bilan turistik xizmatlarni 


26 
saqlanmasligi bozor kon‘yukturasini yaxshilab o‗rganishni, talab va taklifni 
mo‗tonosibligini talab etadi,chunki xizmatlar talab bo‗lmaganga qadar «omborlarda» 
turib qoladigan mahsulot emas. 
Turistik xizmatlar tarkibida asosiy va qo‗shimcha xizmatlar bilan 
farqlanadi. Turistik korxonalar ko‗rsatadigan asosiy xizmatlarga qo‗yidagilar kiradi: 

Tashishni tashkil etish bo‗yicha xizmatlar

Joylashtirish; 

Turistlarni ovqatlantirish; 
Turistik korxonalar ko‗rsatadigan qo‗shimcha xizmatlarga qo‗yidagilar kiradi : 

Sayohatni (ekskursiyani) tashkil etish bo‗yicha xizmatlar; 

Turistlarni sug‗urtalash bo‗yicha xizmatlar; 

Gid (turistlarga izoh, tushuntirish beruvchi shaxs), gid-tarjimon
xizmatlari; 

Turistlarni yashab turgan joyidan uning vaqtinchalik kelib tushgan joyigacha -
mamlakatgacha va teskari (transfer) tashish bo‗yicha, hamda sayohat shartlarida ko‗zda 
to‗tilgan mamlakat hududida (vaqtinchalik kelgan joyidan) istalgan boshqa tashishlar 
bo‗yicha xizmatlar; 

Texnikani ta‘mirlash bo‗yicha xizmatlar; 

Prokat bo‗yicha xizmatlar; 

Valyuta ayirboshlash

Telefon xizmati; 

Pochta xizmati; 

Maishiy xizmat ko‗rsatish xizmatlari; 

Plyajlardan foydalanish xizmatlari va h.k. 
Bunday bo‗linish iste‘mol hususiyatlari nuqtai nazaridan olib qaraganda, ahamiyatli 
farqlar yo‗qligi sababli shartlidir. Yo‗llanmada qayd qilingan va asosiy dasturga kiritilgan 
xizmatlar asosiy hisoblanadi. Qo‗shimcha xizmatlarni yetib kelgan joyida turistni o‗zi 
mustaqil harid qiladi. Ular yo‗llanma narxiga kirmaydi. 
Ko‗pgina holatlarda turistik asosiy xizmatlarga transport xizmatlari, joylashish va 
ovqatlantirish xizmatlaridan tashkil topadi. Ammo, tanishuv (ekskursion), malakaviy ish 
turizmi, sport, diniy maqsadlarda sayohatlar tashkil etilganda qo‗shimcha xizmatlar ham 
ushbu turlarning asosini tashkil etadi. Asosiy va qo‗shimcha xizmatlar o‗rtasidagi farq, 
ularni dastlabki harid qilingan yo‗llanma paketiga kiritilgan xizmatlardan tashkil topadi. 
Turistlarga nomoddiy xizmatlardan tashqari moddiy xizmatlar yoki maxsus mahsulotlar 
taqdim etilishi mumkin, masalan shahar rejasi, metro haritasi, suvenirlar, turistik jihozlar. 
Shunday qilib O‗zbekistonda turizm bozorini o‗rganish va rivojlantirish 
jarayonida, kelgusida turizmni asl mohiyatini belgilovchi qo‗yidagi uchta jihatlarni
hisobga olishni xozirgi davr talab qilmoqda: 

dam olish va ko‗ngil ochar faoliyat sifatida; 

bevosita turizmga xizmat qiluvchi tarmoqni qamrab oluvchi biznes sifatida

turizm bozoriga yo‗naltirilgan moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish 
tarmog‗i korxonasining faoliyati sifatida. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə