O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


. 2.Xizmat ko„rsatish darajalari (klasslari)



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/123
tarix14.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#117271
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

4
.
2.Xizmat ko„rsatish darajalari (klasslari).
Xizmat ko‗rsatish darajalari taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini belgilash uchun
ishlatiladi. Turistik mahsulot turli tuman xizmatlar yig‗indisidan iborat bo‗lganligi uchun 


27 
ularni turistga sotishda darajasini belgilash bilan bog‗liq muammolar kelib chiqadi. 
Turlar va xizmatlarning darajasini belgilash bo‗yicha bizning mamlakatimiz bozorlarida 
ham xalqaro bozorda ham normativ standartlar mavjud emas. Shuning uchun turoperator 
va turagentlar turni siljitish va sotishda shartli ravishda tur bo‗yicha xizmatlarni lyuks
birinchi klass, turistik klass, ekonom (iqtisod) klass qilib belgilanadi. 
“Lyuks klass”.
Ushbu klass bo‗yicha turlarni tashkil qilishda odatda eng yuqori 
darajali xizmatlar jalb qilinadi: 5 yulduzli hashamatli mehmonxonalar, birinchi klass va 
biznes aviatsiya samalyotlarida uchish, hashamatli restoranlarda ovqatlanish, alohida 
transport lyuks klass mashinalarida, alohida gid xizmatlari va h.k. Bunday turlar VIP-
xizmat ko‗rsatish turkumi (razryadi) bo‗yicha taqdim etiladi. 
Birinchi klass
(daraja) – bu ham nisbatan yuqori darajali xizmat ko‗rsatish bo‗lib, 
4-5 yulduzli mehmonxonalarda joylashtirish, biznes klass darajadagi samalyotlarda 
uchishning obro‗li restoranlarda ovqatlanishni, individual transfertni, gid xizmatlarini 
nazarda to‗tadi. 
Turistik 
klass
2-3 
yulduzli 
mehmonxonalarda 
joylashtirishni, 
doimo 
aviareyslarning iqtisod klasslarida uchishni, shved stol tipi bo‗yicha ovqatlanishni, 
guruhli transfertni nazarda to‗tuvchi eng ommalashgan xizmat ko‗rsatish turidir. 
Iqtisod klassi.
Eng arzon xizmat ko‗rsatish turidir. Odatda iqtisod klassidan 
talabalar va kam ta‘minlanganlar foydalanadi. Ushbu klass dasturlari yuqori darajada
bo‗lmagan xizmatlarni kam miqdorda taqdim etishni ko‗zda to‗tadi: 1-2 yuldzuli
mehmonxonada joylashtirish, yotoqxonalarda joylashtirish, o‗z-o‗ziga xizmat ko‗rsatish 
tamoyili bo‗yicha faoliyat yurituvchi kichik va kooperativ mehmonxonalarda 
joylashtirish, charter aviareyslarida uchish, ko‗tib olish va kuzatish jamoat transportida
amalga oshirilishi mumkin. Bir so‗z bilan aytganda hammasi tejamli va arzon. 
Ammo shuni unutmaslik lozimki, ushbu belgilashlarning barchasi shartlidir va
ko‗pincha ular milliy variantlar va farqlarga ega. Nima bo‗lganda ham turni sotib olishda
har bir xizmat darajasini va uning tarkibini aniqlashtirish lozim. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə