Suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish va suvni iqtisod qilish bo‘yicha alohida davlat dasturini amalga oshirish



Yüklə 2,67 Mb.
tarix07.06.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#115828
MOHLAROY

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI IJTIMOIY~IQTISDIYOT FAKULTETI TURIZM YO’NALISHI 1~BOSQICH TALABASI ORIFJONOVA MOHLAROYNING TARAQQIYOT STRATEGIYASIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI

Suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish va suvni iqtisod qilish bo‘yicha alohida davlat dasturini amalga oshirish

REJA


1.Suv resurslaridan samarali foydalanish hisobiga kamida 7 milliard kub metr suvni iqtisod qilish.
2.Suv xo‘jaligi obyektlarida elektr energiyasi iste’molini kamaytirish.
3.Suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida boshqarish.

REJA


Davlatimiz va hukumatimiz tomonidan suv tanqisligini yumshatish, suv resurslaridan samarali foydalanish va sohani takomillashtirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Bunga Prezidentimizning 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi” va uni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi yorqin misoldir.
Taraqqiyot strategiyasida suv resurslaridan samarali foydalanish hisobiga kamida 7 mlrd. kub metr suvni iqtisod qilish koʻzda tutilgan. Buning uchun suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish hisobiga suv resurslaridan samarali foydalanish boʻyicha dastur ishlab chiqiladi. 2022-yilda suv tejovchi texnologiyalarni 260 ming gektarda joriy etish hisobiga 534 mln. kub metr suvni iqtisod qilishga erishiladi.
Soʻnggi yillarda irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilayotgani eʼtiborga molik. Joriy yilda 427,1 km kanal, 131,9 km lotok, 13,2 km quvur va 886,0 km kollektor-drenaj tarmoqlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi. Buning hisobiga 335,1 ming gektarning suv taʼminoti va 125,4 ming gektarning meliorativ holatini yaxshilashga erishilib, 543 mln. kub metr suv iqtisod qilinadi. 6610 ta obyektga raqamli texnologiyalarni joriy qilish hisobiga 155 mln. kub metr suv iqtisod qilinishining oʻzi ham muhim ahamiyatga ega.
Suv xoʻjaligi obyektlarida elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish asosiy vazifa sifatida qoʻyildi. Bu bejiz emas. Chunki barcha sohalar qatorida suv xoʻjaligida tejamkor texnologiyalarni joriy etishga katta eʼtibor qaratilyapti. Ortiqcha va behuda harajatlar iqtisodiy holatga salbiy taʼsir etishi barchaga maʼlum. Shunday kelib chiqib, Investitsiya loyihalari doirasida 27 ta nasos stansiyasini modernizatsiya, 263 km kanal va 787 ta gidrotexnik inshootlarini rekonstruksiya qilish rejalashtirildi. Tizimdagi nasos stansiyalarida xizmat muddatini oʻtab boʻlgan 181 ta nasos va 354 ta elektro dvigatel almashtiriladi.
Suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida boshqarish borasidagi ishlar yangi bosqichga chiqmoqda. Xususan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida nasos stansiyalari hamda irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini xususiy sheriklar boshqaruviga berish boʻyicha 52 ta loyiha amalga oshiriladi. Bundan maqsad sarflanayotgan elektr energiyasi va ekspluatatsiya xarajatlarini 10-15 foizga kamaytirishdir. Shu bilan birga, bugungi kunda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha viloyatlarda koʻplab loyihalar amalga oshirilyapti. Uni tadbiq etgan fermerlar, klasterlarga subsidiyalar berilyapti. Asosiysi, buning evaziga hosildorlik ham ortmoqda.
Respublikamizda yangi va foydalanishdan chiqqan yer maydonlarini oʻzlashtirish orqali qoʻshimcha qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish hajmini koʻpaytirish boʻyicha saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda 2022-yilda respublika va mahalliy byudjet hamda tashabbuskorlarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari natijasida 129 ming gektar yangi va foydalanishdan chiqqan yer maydonlari oʻzlashtiriladi va qoʻshimcha 1,5 mln. tonna qoʻshimcha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga erishiladi.
Insoniyat yigirma birinchi asrda juda ko‘p muammolar bilan yuzma-yuz boʻlmoqda, ana shunday global muammolardan biri – suv muammosidir. Ona sayyoramiz aholisi soni yildan-yilga oshib borar ekan, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, qurg‘oqchilik va yerlarning choʻllanishining oldini olish singari og‘riqli muammolar jahon hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqda. Har qadamda yangilanishlar, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishlar bo‘layotgan bizning hozirgi zamonimizda raqamli texnologiyalarining o‘rni beqiyosdir. Ayniqsa suv xo‘jaligi tizimida ulkan o‘zgarishlar yuz bermoqda. So‘nggi yillarda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, global iqlim o‘zgarishi, aholi sonining va iqtisodiyot tarmoqlarining o‘sishi, ularning suvga bo‘lgan talabi yil sayin oshib borishi tufayli suv resurslarining taqchilligi yildan-yilga kuchayib bormoqda, va shu bilan bir qatorda aytib o‘tish joizki, joriy yilda respublikamizda foydalanilgan o‘rtacha yillik suv miqdori 51-53 mlrd kub metrni, jumladan, 97,2 foizi daryo va soylardan, 1,9 foizi kollektor tarmoqlaridan, 0,9 foizi esa yer ostidan foydalanib, ajratilgan suv olish limitiga nisbatan 20 foizga qisqargan. Bu kabi muommolarni bartaraf etish uchun Prezidentimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 – 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasilarni ishlab chiqilgan[1]. Ushbu konsepsiyada. Bulardan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining elektr energiyasi iste’molini bosqichma-bosqich kamaytirish hamda suv xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, autsorsing va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish hisobidan tejaladigan mablag‘lar suv inshootlarini modernizatsiya qilish, suv xo‘jaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish va xodimlarning oylik ish haqini bosqichma-bosqich oshirishga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
espublika hududi o‘ziga xos tuproq va iqlim sharoitiga ega bo‘lib, tabiiy drenajning yetishmasligi, yer osti suvlari minerallashuvi darajasining yuqoriligi natijasida bir qator hududlar “birlamchi sho‘rlangan”. Shu bilan birga, suv resurslaridan oqilona foydalanmaslik va boshqa antropogen omillarning salbiy ta’siri natijasida ayrim hududlarda yerlarning “ikkilamchi sho‘rlanishi” kuzatilib, 45,7 foiz sug‘oriladigan yer maydoni turli darajada sho‘rlangan. Global iqlim o‘zgarishi natijasida Markaziy Osiyoda so‘nggi 50-60 yil davomida muzliklar maydoni taxminan 30 foizga qisqargan. Taxminlarga ko‘ra, harorat 20S ga ortganda muzliklar hajmi 50 foizga, 40S ga isiganda esa 78 foizga kamayadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050 yilgacha Sirdaryo havzasida suv resursi 5 foizga, Amudaryo havzasida 15 foizgacha kamayishi kutilmoqda
O‘zbekistonda 2015-yilgacha bo‘lgan davrda suvning umumiy taqchilligi 3 mlrd kub metrdan ortiqni tashkil qilgan bo‘lsa, 2030-yilga borib 7 mlrd kub metrni, 2050 yilga borib esa 15 mlrd kub metrni tashkil qilishi mumkin. Shu kabi muommolarni xal qilish uchun biz albatta suvdan oqilona foydalanishimiz zarur va bu hayotimiz uchun muhim. Shuning uchun zamonaviy texnalogiyalarni mamlakatimizda keng joriy qilish va chet el texnologiyalarini o‘zimizda qo‘llashimiz kerak, bunga misol qilib Germaniyaning “Zim Plant Technolgy” kompaniyasi ishlab chiqqan texnologiyani ko‘rishimiz mumkin . Ushbu texnalogiyadagi datchiklar yordamida qishloq xo‘jaligida suvni tejashimiz mumkin.
Qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan suvning ko‘p qismi ishlatilmay yerga tushadi, yoki bug‘lanadi. Shuning uchun Germaniyaning “ZIM Plant Technology” kompaniyasi barglarga yopishtirilgan va o‘simliklarga qancha suv kerakligini aniqlaydigan sensorlarni ishlab chiqdi. Odamlardagi qon bosimi o‘lchagichiga o‘xshab, sensorlar barglarning ichki hujayra bosimini o‘lchaydi va ma’lumotlarni serverga uzatadi. Hujayralardagi bosim qanchalik yuqori bo‘lishiga qarab, o‘simliklar kerakli miqdorda suv bilan ta’minlanadi. Har bir o‘simlik o‘ziga xos sensorga muhtoj emas. 20 gektar maydon uchun fermerlarga atigi oltita datchik kerak. Shunday qilib, ularni optimal sug‘orish mumkin. 
Shu kabi tejomkor texnalogiyalardan hamkorlikda bizning xam zaminimizda qo‘llasak albatta o‘z natijasini beradi. Bunday texnalogiyalar juda ko‘p misol qilishimiz mumkin, va tadbiq qilishimiz natijasida Zamonaviy suv tejovchi sug‘orish texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish yo‘nalishida qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish 175 ming gektardan 2025-yilgacha 1 million gektarga, 2030-yilga kelib 2 million gektargacha, shu jumladan, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi 77,4 mingdan 2025-yilgacha 300 ming gektargacha va 2030-yilga kelib 600 ming gektargacha yetkazilishini amalga oshirishimiz mumkin. “Smart Water” (“Aqlli suv”) axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalar asosida suv o‘lchash tizimi joriy etilgan suv xo‘jaligi obyektlari soni 61 tadan 2020-yilda 151 tagacha, 2024-yilda 18576 tagacha (100 foiz) ko‘paytirish ko‘zda tutilgan
Xulosa qilib aytganda, azaldan ota-bobolarimiz suvni har tomchisini muqaddas ne’mat bilib, uning har tomchisidan samarali va tejamli foydalanishgan. Chunki suv resurslarning miqdori va sifati jamiyatning barqaror ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini muhim ommilaridan biri hisoblangan. Shuning uchun Suvni asrab avaylash kerak Suv bu hayot, uni asrab avaylab kelajak avlotga yetkazaylik.
Prezidentning Farmoni bilan tasdiqlangan suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida joriy yilda 5 ta, 2025-yilgacha 25 ta va 2030-yilgacha esa 50 ta loyihalarni amalga oshirish vazifasi belgilangan.
Ayni paytda vazirlik tomonidan 2020-2021-yillar davomida DXSH qoidalari va tartib-taomillari asosida amalga oshirish yuzasidan 24 ta loyiha shakllantirilgan. Shundan 10 tasi klaster tizimida faoliyat yuritib kelayotgan xoʻjaliklar bilan amalga oshiriladi. Ulardan 5 tasi yakunlangan boʻlsa, qolgani kelgusi yilda yakuniga yetkaziladi. Shuningdek, 2021-yilda 9 ta loyihani boshqa yuridik shaxslar bilan va 1 ta loyihani xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirish rejalashtirilgan.
DXSH boʻyicha dastlabki loyihalar allaqachon samarasini bera boshladi. Xususan, 2020-yil iyun oyida Sirdaryo meliorativ ekspeditsiyasi bilan “Sirdaryo meliorativ qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida imzolangan qiymati 9 mlrd. soʻmlik DXSH bitimi boʻyicha ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun 1,5 mlrd. soʻmlik vositalar keltirilgan. 
Beton zavodi, beton qurilish materiallari ishlab chiqarish hamda texnikalarni taʼmirlashni yoʻlga qoʻyish natijasida 50 ta ish oʻrni yaratish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, 27-oktyabr kuni Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli “Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini “TCT AGRO CLASTER” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga DXSH asosida boshqaruvga berish” loyihasi boʻyicha bitim imzolandi, ushbu loyiha boʻyicha barcha tashkiliy tadbirlar amalga oshirildi.
Bir qator loyihalar yuzasidan ishlar davom ettirilmoqda. Misol uchun, Samarqand viloyati Narpay tumani irrigatsiya va melioratsiya obyektlari hamda nasos stansiyalarini, Toshkent viloyati nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tarkibidagi «Xondayliq», «Soyliq-1”, «Soyliq-2” nasos stansiyalarini DXSH asosida boshqaruvga berish boʻyicha loyiha hujjatlari ishlab chiqilyapti.
Fargʻona viloyati Yozyovon tumani «Tolquduqqum» nasos stansiyasini DXSH asosida boshqaruvga berish loyihasi boʻyicha konsepsiya tasdiqlangan va texnik-iqtisodiy hisob-kitob ishlab chiqilgan hamda moliyaviy xulosa olish uchun Moliya vazirligiga taqdim qilingan.
Respublikamiz suv xoʻjaligi sohasida davlat-xususiy sheriklikni joriy etish yuzasidan xorijiy davlatlarning yetakchi kompaniyalari bilan ham hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda. Bunga Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan Yangi Zelandiyaning “Sustainable Energy Services International” kompaniyasi oʻrtasida nasos stansiyalarini boshqarishda davlat-xususiy sheriklikni joriy etish toʻgʻrisida anglashuv memorandumi imzolanganligini aytib oʻtish mumkin. Mazkur memorandum doirasida suv xoʻjaligi tizimida bir nechta nasos stansiyalarini davlat-xususiy sheriklik qoidalari asosida boshqarish bilan bogʻliq aniq vazifalar belgilab olingan

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə