O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73

neyrodinamik mexanizmlarining fosh etilishi har qanday bo`lajak 
hodisalarning tahlil shshshiga maqsadli omillar oldindan bilishga asos bo`ladi. 
Ko`rish   analizatori   o`zaro   bir-biri   bilan   alohida  bo`lgan 
■puvchan periferik qismdan, po`stlokosti va bosh miya yarim sharla- 
rini ko`rish markazlaridan iboratdir. Eshitish analizatori havo 
inlarining tebranishini kabul kiladi, ularning mexanik ener- 
ini nerv hujayrasining ko`zg`alishigaaylantiradi. 
Shunday kilib, sezgilarning neyrofiziologik asosi juda murakkab bo`lganligi 
tufayli uni o`rganish birtalay qiyinchiliklarni vujudga keltirar ekan. 
Psixologiya fanida uchta katta guruh (turkum)ga ajratilgan sezgilar 
(eksteroretseptiv, proprioretseptiv, interoretseptiv) o`z navbatida quyidagi turlarga 
bo`linadi: 
 1.Ko`rish sezgilari. 
 2.Eshitish sezgilari. 
 3.Hid bilish sezgilari. Eksterotseptiv 
 4.Ta’m bilish sezgilari 
 5.Teri sezgilari. 
    6.Muskul-harakat (kinestetik). 
    7.Statik sezgilar. Propriotseptiv 
          8.Organik sezgilar. Interotseptiv 
Inson tomonidan rang va yorug`likni sezish ko`rish sezgilari tarkibiga 
kirib, seziladigan ranglar esa xromatik va axromatik  turlarga bo`linadi. 
Psixofiziologik qonuniyatga binoan yorug`lik nurlari uchburchak shisha 
prizma orqali o`tib singanda hosil bo`ladigan ranglar xromatik ranglar deb atalib
ular kamalak ranglar hisoblanadi va tarkibiga qizil, zarg`aldoq, sariq, yashil, 
havorang, ko`k, binafsha tuslari-ii kamrab oladi. Biroq mazkur ranglarning turlari, 
ko`rinishlari tabiatda xilma-xil va nihoyatda ko`pdir. Odatda oq rang, qora rang, 
kul rang va ularning turlicha ko`rinishlari axromatik ranglar deb nomlanadi. 
Ko`rish sezgilarining organi-ko`z hisoblanib, u ko`z soqkasi va  undan chiqib 
keladigan ko`ruv nervlaridan tashkil topgandir. Ko`ch soqqasini tashqi tomirlari va 
to`r pardalari o`rab turadi. Tashqi pardaning tiniq bo`lmagan oq qismi sklera yoki 
qotgan, kattiq parda deb nomlanadi, uning old tomoniga joylashgan bir muncha 
qavariq qismi tiniq muguz parda bo`lib, uning oldingi qismi rangdor parda deb 
ataladi. Mazkur pardaning rangiga binoan, uning tovlanishiga qarab, odamlarda 
ko`z ko`k, qora, sariq jilo beradi va ularni biz ko`k ko`z, qo`y ko`z, qora ko`z va 
hokazo deb ataymiz. Rangdor pardaning o`rta qismida yumaloq teshik mavjud 
bo`lib, biz uni qorachig` deb ataymiz. Xuddi shu teshik orqali ko`z ichiga 
yorug`lik nurlari kiradi. Kelayotgan, tushayotgan, ajrayotgan yorug`likning ozligi 
yoki ko`pligiga qarab, qorachig` kengayishi yoki torayishi jarayonlari hukm 
suradi.  Ko`zlarning uchinchi pardasi to`r parda deb nomlanib, u ko`z 
soqqasining deyarli butun ichki yuzasini qoplaydi. Qorachig` bilan rangdor 
pardaning orqasida ikki tomoni kavariq, tiniq jism ko`z gavhari joylashgan 
bo`ladi, yorug`lik nurlari unda to`planib, so`ng sinadi va to`r pardaga narsa yoki 
jismning aksi, surati tushadi. Xalqa shakldagi kipriksimon muskulning uzayishi 
 
70


yoki qisqarishi tufayli gavhar yo yassilanadi yoki qavariq holiga keladi (jism 
ko`zdan uzoqlashtirilganda gavhar yassilanadi, ko`zga yaqinlashtirilganda esa u 
shar shakliga kiradi). Ko`z gavharining mazkur hosiyati tufayli xoh uzoqda, xoh 
yaqinda bo`lmasin, narsalarning aksi gavhardan o`tib, so`ng to`r pardasiga 
tushaveradi. 
Ko`z soqqasining gavqar bilan to`r parda o`rtasidagi butun ichki yuza 
shishasimon jismi deb nomlanuvchi maxsus tiniq suyuqliq bilan qoplangan 
bo`ladi. To`r parda rang va yorug`likni sezish uchun muhim ahamiyatga ega 
bo`lib, unda ko`ruv nervining tarmoqlari joylashgandir. Ushbu tarmoqlarning 
chekkada uchlarida tayoqchalar va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv 
hujayralari mavjuddir. Inson ko`zining to`r pardasi 130 millionga yaqin tayoqcha 
va 7 millionga yaqin kolbacha bor deb taxmin kilinadi. Kolbachalar yordami 
bilan xromatik (kunduzgi) ranglar ko`riladi, xolos. Tayoqchalar yorug`likni 
yaxshi sezuvchan bo`lib, xira va qorong`i paytlarda o`z funktsiyasini bajaradi
axromatik ranglarni aks ettiradi. 
To`r pardaning eng sezgir joyi - sarik dog`ning asosan kolbachalar bilan 
to`lgan markaziy chuqurchasi hisoblanib, unga qaysi narsaning aksi tushsa, 
xuddi shuni hammadan ravshanroq ko`ramiz. Ob’ektga tik qarash natijasida ko`z 
muskullari unga qaratiladi va aks ettiriluvchining surati sariq dog`ga tushadi, 
bunday tarzdagi ko`rish to`g`ridan ko`rish deyiladi. Agarda narsalarning surati 
sariq dog`dan tashqarida, ya’ni to`r pardaning bir joyida rang va yorug`likni 
sezadigan tayoqchalar va kolbachalar mavjud emas, bu ko`ruv nervining ko`z 
soqqasidan chiqish joyi bo`lib, u yorug`likdan ta’sirlanmaganligi  uchun ko`r 
dog` deb ataladi.      
Odam ko`zi ranglarni taxminan 380 millimikrondan 780 millimikrongacha 
uzunlikdagi to`lqinlarning ta’sirida sezadi: I) 780-610 qizil rang; 2) 610-590 
zarg`aldoq; 3) 590-575 sariq; 4) 560-510 yashil; 5) 480-470 havo rang; 6) 470-
450 ko`k rang; 7) 450-380 binafsha rang seziladi. 
a) Ko`rish sezgilarining xossalari: 
1.
 
Rangning toni (150 ga yaqin tuslari). 
2.
 
Ochiqlik (qora bilan oq rangda 200 gacha tus ajratiladi). 
3.
 
Rangning ravshanligi (600 ga yaqin). 
4.
 
Rangning quyuqligi (tongning yaqqolligi). 
5.
 
Ranglarning    aralashib    ketishi    (turli    uzunliklardagi 
yorug`lik nuri) 
b) 
Ko`rish sezgisi jarayoni: 
Uch rangli sezish nazariyasi: 
1. 
1756 yilda M. V. Lomonosov asosiy qoidalarini bayon qilib bergan; 
2.
 
100 yildan keyin nemis fizigi G. Gelьmgolьts uni to`la isbotlab bergan. 
3.
 
Ushbu nazariyaga binoan, to`r pardaning kolbachalarida uchta asosiy 
element mavjuddir, ulardan birining qo`zg`alishi qizil rang sezgisini, ikkinchi 
birining ko`zg`alishi yashil rang sezgisi va uchinchi birining ko`zg`alishi 
 
71


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə