|
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiMashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi
: talabalarni sitologiyada qo'lla-
niladigan tadqiqot usullari bilan tanishtirish orqali ularning ilmiy dunyoqarashini
kengaytirish, talabalarning kasbiy tayyorgarligini orttirish.
Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi
: talabalarning tadqiqot usullari
haqidagi bilimlarini, darslik ustida mustaqil ishlash, mantiqiy fikr yuritish
ko'nikmalarini rivojlantirish.
Mashg’ulot jihozlari
: turli mikroskoplarning ko'rinishi tasvirlangan slaydlar,
elektron mikroskop rasmi.
Sitologiyada qo'llaniladigan tadqiqot usullari bir necha xil bo'lib, zamonaviy
tadqiqot usullari tirik va fiksatsiyalangan (qotirilgan) tuzilmalarni o'rganishga im-
kon beradi.
Klassik tadqiqot usuli kesmalarni fiksatsiyalab bo'yagan holda tayyorlangan
preparatlar hisoblanadi. Bu preparatlarni o'rganishning asosiy usuli mikroskop osti-
da ko'rishdir. Preparatlar juda yupqa va yorug’lik o'tkazadigan bo'lishi kerak.
Preparatlar ko'pincha yorug’lik mikroskopi ostida ko'riladi. Elektron mikros-
kop eng murakkab molekulyar qismlarni o'rganishga imkon beradi.
Biologik laboratoriyalarda aksari yorug’lik mikroskopidan foydala-
niladi(2rasm). Bu mikroskopning o'ndan ortiq turlari bor. Ular elektr yoki tabiiy
yorug’lik bilan ishlaydi. Hozirgi vaqtda gistologik va sitologik preparatlarni
mikroskopda ko'rishning 15 dan ortiq usuli mavjud. Quyida ularning eng asosiylari
ustida qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Dostları ilə paylaş: |
|
|