O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 301 Kb.
səhifə1/5
tarix20.05.2022
ölçüsü301 Kb.
#87485
  1   2   3   4   5
2 5460717588747129624



O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI


TЕRMIZ DAVLAT UNIVЕRSITЕTI

FIZIKA-MATЕMATIKA FAKULTЕTI

FIZIKA TA'LIM YO`NALISHI

4-KURS 402-GURUH TALABASI

XOJIYEVA MUJGONANING

LAZЕRLAR FIZIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN

K U R S I SH I

Mavzu: LAZER NURLANISHINIG XARAKTERISTIKALARI
Tеrmiz 2022- yil

MUNDARIJA


1. Kirish…………………………………………………………..3
2. Lazer va ularning turlari………………………… ……………..6
3. Lazer nurlanishinig xarakteristikalari. 8


4. Lazerlarning ishlash prinsiplari..........................14
4. Lazer nurlanishining qutblanganligi ....….17
5. Xulosalar … ... ..….…..22
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati . .….......…20

KIRISH

Spektrning optik qismida ishlatiladigan yorug‘lik manbalarining nurlanishi kogerent bo‘lmaydi, masalan, manbaning butun nurlanishi uning atomlari, molekulalari, ionlari, erkin elektronlari kabi mikroskopik elementlari chiqarayotgan va o‘zaro kogerent bo‘lmagan oqimlardan tashkil topgan bo‘ladi. Gaz razryadining yorug‘lanishi, su’niy va tabiiy manbalarning issiqlik nurlanishi, turli usulda uyg‘otilgan lyuminessensiya kogerent bo‘lmagan nurlanishga misol bo‘la oladi.


XX asrning 60 yillari boshida boshqa tipdagi yorug‘lik manbalari yaratilgan bo‘lib, ular optik kvant generatorlari (OKG) yoki lazerlar deb ataladi. Kogerent bo‘lmagan manbalardagiga qarama-qarshi ravishda kvant generatorning bir-biridan mikroskopik masofalarda bo‘lgan qismlaridan chiqayotgan elektromagnitik to‘lqinlar o‘zaro kogerent bo‘ladi. Bu jihatdan kvant generatorlari kogerent radio to‘lqinlari manbalariga o‘xshash bo‘ladi.
Nurlanishning kogerentligi optik kvant generatorlarining qariyib hamma xususiyatlarida ko‘rinadi. Nurlanishning to‘la energiyasi bundan istisno bo‘ladi, chunki bu energiya kogerent bo‘lmagan manbalardagi kabi dastavval uzatilayotgan energiyaga bog‘liq bo‘ladi. Lazerlarning nurlanishi kogerentligi bilan bog‘langan ajoyib xususiyati shundan iboratki, energiya vaqt davomida, spektrda, fazoda tarqalish yo‘nalishlari bo‘yicha konsentratsiyalanadi. Ba’zi kvant generatorlarining nurlanishi yuqori darajada monoxromatik bo‘ladi. Boshqa lazerlar davom etish vaqti 10-12 с ga teng bo‘lgan juda qisqa impulslar chiqaradi; shuning uchun bunday nurlanishning oniy quvvati juda katta bo‘lishi mumkin.
Lazerlarning yaratilishi insoniyat ilmiy-texnik taraqqiyotining o‘lkan yutuqlaridan biri desa bo‘ladi. Lazerlar yaratilishining boshlanishi 1916 yilga borib taqaladi. Usha yili buyuk fizik olim A.Eynshteyn birinchi bo‘lib, majburiy nurlanish tushunchasini kiritdi, va nazariy yo‘l bilan majburiy nurlanish uni majburlovchi nurlanishga kogerentligini (mosligini) ko‘rsatadi. 1930 yilda P.Dirak o‘zi tomonidan yaratilgan nurlanishning kvantomexanik nazariyasi asosida majburiy nurlanish va uning kogerentlik xususiyatlarini chuqurroq va aniqroq taxlil qilib, tushuntirib berdi. Lekin bu lazerning yaratilishi uchun yetarli emas edi. 1930 yildan boshlab optik spektroskopiya sohasida ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlari boshlanib ketdi. Bu izlanishlar natijasida atomlar, molekulalar, ionlarning energetik sathlari haqida ko‘plab ma’lumotlar olindi va keyinchalik turli lazerlarning yaratilishida ishlatildi. Bu ishlarga S.YE.Frish va V.A.Fabrikant kabi Rossiya olimlari ham o‘z hissalarini qo‘shishdi.
Lazer va uning turlari
Lazer so’zi inglizcha “laser” so’zidan olingan. “Laser” so’zi esa “Light Amplification by Stimulated Emission of Ratiation” iborasining bosh harflaridan olingan bo’lib, “Majburiy nurlanish tufayli yorug’likning kuchayishi” ma’nosini anglatadi. Lazer nurlanishi ultrabinasha, infraqizil va ko’zga ko’rinadiga diapazondagi elektromagnit to’lqinlardir. Bu to’lqinlar atom va molekulalarning majburiy (stimullangan) nurlanishiga asoslanib hosil qilinadi. Bunday nurlanish hosil qiluvchi qurilmani lazer yoki optik kvant generator (OKG) deyiladi.
Sovet fizigi V.A. Fabrikant 1940-1941 yillarda gaz razryadi spektrini o’rganish ishlari davomida “majburiy nurlanish hisobiga” yorug’lik intensivligini kuchaytirish mumkinligini isbotladi. 1955 yilda Sovet fiziklari A.M. Proxorov va N.G. Basov o’ta yuqori chastotali birinchi kvant generatorini yaratdi. Bu mikroto’lqin diapazonidagi optik kvant generator-mazer edi. 1958 yilga borib Proxorov va Basov bilan ayni bir vaqtda AQSH fizigi CH. Tauns ko’zga ko’rinadigan yorug’lik spektri diapazonida kvant generatori-lazer qurish mumkinligini ilmiy va amaliy isbotladilar.
Lazer qurilmalarida ishlatiladigan ishchi materiallarni lazer materiallar deyiladiyoki ularni faol (aktiv) moddalar deb ataladi. Faol muhit sifatida yoqut kristali (rubin) ishlatiladigan lazer 1960 yil yaratildi. Keyingi kashfiyotlarda neon va geliy gazlari arlashmasi qo’llaniladigan lazer (1960 y), neodim ionlari qo’shilgan silikat shisha qo’llanilgan lazer (1961y), yarimo’tkazgich birikma kalsiy-mishyakli kristallari qo’llanilgan lazer (1962 y), anorganik suyuqlikdagi neodim eritmasi selenoksixlorid va organik bo’yoq eritmalari ishlatiladigan lazerlar (1966 y) yaratildi. 1974 yilga kelib faol moddalar (lazer materiallar) soni 200 ga etgan edi. Har xil aralashmalar qo’shilgan ion kristallar eng katta lazer materiallari guruhini tashkil etadi. Tartibsiz ichki tuzilishga ega bo’lgan lazer shishalar shisha hosil qiluvchi komponentalar va faol aralashmalar sifatida olingan ionlardan iborat bo’ladi. yarimo’tkazgichli lazer materiallar birikmali kristallardan iborat bo’ladi. Ularda ishchi elementi qalinligi 0,1 mkm bo’lgan p-n o’tish bo’lib, o’lchamlari 1x1x0,2 mm li plastinka ko’rinishda tayyorlanadi (1, 2 – rasm).
Demak, faol muhitga bog’liq holda lazerlarning qattiq jismli, suyuqlikli (kimyoviy), gazli, yarimo’tkazgichli va bo’yoq moddali turlarga ajratish mumkin.



Yüklə 301 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə