O„zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


mavzu: “tarmoq iqtisodiyoti” fanining predmeti



Yüklə 357,43 Kb.
səhifə2/32
tarix29.11.2023
ölçüsü357,43 Kb.
#139353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
iqtisodiyot qurilish (3)

mavzu: “tarmoq iqtisodiyoti” fanining predmeti,

MAQSADI, MAZMUNI VA VAZIFALARI
Reja:

    1. Fannning maqsad va vazifalari.

    2. Qurilishning milliy iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati.

    3. Milliy iqtisodiyotning mustaqil tarmog‘i sifatida qurilishning shakllanishi va texnik-iqtisodiy xususiyatlari.

    4. Qurilishning tashkiliy shakllari, moddiy-texnika bazasi va uning taraqqiyot istiqbollari.

  1. Fannning maqsad va vazifalari

Fanni o‘rganishdan asosiy maqsad - talabalarda bozor iqtisodiyoti sharoitida qurilish iqtisodiyotini va islohotlarni chuqurlashtirish bilan bog‘liq holda ta’lim yo‘nalishiga mos bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.
—Tarmoq iqtisodiyoti” fanining asosiy vazifalariga:

  • qurilish tarmog‘ini milliy iqtisodiyot va jamiyat ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish yo‘nalishlarini o‘rgatish;

  • qurilish industriyasi resurs potensialini o‘rganish. Foyda, rentabellik va qurilish ishlab chiqarishining ta’sirini o‘rganish;

  • qurilish bahosini yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlar bilan aniqlashni o‘rgatish;

  • qurilish ishlari hajmini hisoblash qoidalari va uslubi hamda smeta hisoblarini avtomatlashtrish bilan tanishtirish;

  • tarmoq vazirliklari va idoralari bo‘yicha qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlar narxi bankini tashkil qilishva mavjud muammolar bilan tanishtirish;

  • iqtisodiyotni medernizatsiya qilish sharoitida qurilish mashinalari va mexanizmlaridan foydalanish qiymati, transport xarajatlari aniqlashni o‘rgatish;

  • kapital qurilishda boshqaruv va xo‘jalik munosabatlari tizimiga bozor tamiyillari hamda mexanizmlarini keng joriy etish, loyiha va qurilish ishlarini bajarishga buyurtmalar joylashtirishda tanlov savdolari (tenderlar)ni tashkil etishni o‘rgatish;

  • qurilishni boshqarishni zamonaviy tizimini va investitsion - qurilish jarayoni ishtirokchilarning o‘zaro munosabatlarini o‘rganish.

Shu bilan bir vaqtda samarali qarorlar qabul qilishni shakllantirishdir.
—Tarmoqlar iqtisodiyoti” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:

  • tarmoq va milliy iqtisodiyot rivojlanishning zamonaviy yo‘nalishlari va qonuniyatlari hamda ularni bozor munosabatiga o‘tkazish tamoyillarini; investitsiya loyihalari va ularning iqtisodiyotni modernizatsiyalash hamda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishdagi o‘mini; investitsiya loyihalarini va qurilish ishlab chiqarishini amalga oshirishdagi ishtirokchilar va ularning majburiyatlarini; qurilish va qurilish montaj ishlarini olib borish uslublarining hamda tayyor qurilish mahsuloti uchun amalga oshiriladigan to‘lovlaming o‘ziga xos tomonlarini; qurilishni tashkil etish va qurilish tashkilotlarining bir maromda ishlashida loyiha-smeta ishining ahamiyatini; qurilishda bahoni shakllantirish va pudrat hamda unga tenglashtirilgan tashkilotlarning samarali ishlashi bo‘yicha davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash mexanizmlarini; qurilish industriyasi xodimlari salohiyatini shakllantirishning xususiyatlarini bilishi kerak;

  • moddiy ishlab chiqarish sohasi sifatidagi qurilishning ixtisoslashuvi hamda uning ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarish funksiyalarini amalga oshirish; qurilishning boshqa tarmoqlar bilan aloqasini hamda ushbu aloqalarning iqtisodiyot va qurilishning ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlash; qurilishning tashkiliy tuzilmasi va boshqarish tizimini tashkil etish; investitsiyalash va qurilish sohasidagi davlatning zamonaviy siyosatini olib borish; kapital qurilish va iqtisodiyotni boshqarishning turli bosqichlarida investitsiya siyosatini amalga oshirish sohasida amal qiluvchi qonun va huquqiy hujjatlarni amalda qo‘llash; rejalashtirish va turli investitsiyaviy xolatlarni baholash hamda tahlil qilish ko ‘nikmalariga ega bo ‘lishi kerak;

  • qurilish ob’yektlarining turli variantlari va investitsiya qo‘yilmalarini baholash bilan bog‘liq masalalarni hal etish; qurilish industriyasi korxona va tashkilotlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan hamda resurslardan oqilona foydalanish; xarajatlarni kamaytirish va qurilish ishlab chiqarishining rentabelligini oshirish masalalarini hal etish; qurilish ishlab chiqarishining turli zaxiralarini izlash va ulardan foydalanish bo‘yicha vazifalarni echish; qurilishning turli xil ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va baholash malakalariga ega bo‘lishi kerak.

Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tarmoqda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga, jumladan “O‘zbek modeli” tamoyillariga mos keladigan xo‘jalik munosabatlarini joriy etish. Pudrat, loyiha ishlari va qurilish materiallarining rivojlangan bozorini shakllantirish. Samarali qarorlar qabul qilishga erishish. Ishchi kuchlaridan va boshqa resurslardan unumli foydalanish. Qurilish narx belgilash mexanizmini takomillashtirish, uning narxini to‘g‘ri va aniq shakllantirishdir.


  1. Yüklə 357,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə