O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/23
tarix17.04.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#105969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

maqsadi 
o’quv jarayonida kechadigan 
barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog’liq holda, o’z vaqtida 
aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat. 
O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish, 
baholash tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi.
Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olish, ularning 
vazifalari
. Ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri – 
nazorat va hisobga olishdir. Bu tushunchalar o’ziga xos mohiyat va 
xususiyatlarga ega. O’qituvchi nazorat va hisobga olishni to’g’ri 
tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun 
o’qituvchi o’quvchining o’quv materiallarini o’zlashtirish darajasini 
aniqlab borishi lozim. 
 
 
 
 
 
Tekshirish
– nazoratning tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy 
didaktik vazifasi o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida aks aloqani 
ta’minlash, pedagog tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish 
haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va 
nuqsonlarni o’z vaqtida aniqlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat 
o’quvchining bilim darajasi, sifati, balki uning o’quv mehnati 
hajmini ham aniqlashdan iborat. 
O’quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish quyida 
ko’rsatilgan mantiqiy ketma-ketlikda olib borilishi kerak: 
Tekshirish tizimidagi 
birinchi bo’g’in
ta’lim oluvchilarning 
bilim darajasini 
oldindan
aniqlash
hisoblanadi. Odatda, u o’quv yili 
boshida o’quvchilar tomonidan avvalgi o’quv yilida o’zlashtirilgan 
bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Bu kabi 
Tashxislash
nazorat, 
tekshirish, 
baholash, 
statistik 
ma’lumotlar 
to‘plash, 
ularni 
tahlil 
qilish, 
dinamika, 
tendensiyalarni aniqlash, voqealarning keyingi rivojini 
taxminlashni o‘z ichiga oladi. 
Nazora
t
(ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, 
ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va 
baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o‘lchash esa 
tekshirish
deb ataladi.


tekshirish, shuningdek, o’quv yilining o’rtasida yangi bo’lim 
(kurs)ni o’rganishga kirishilganda ham o’tkazilishi mumkin va 
o’rinli bo’ladi. 
Bilimlarni tekshirishning 
ikkinchi bo’g’ini h
ar bir mavzuni 
o’zlashtirish jarayonidagi 
joriy tekshirishdir
. Joriy tekshirish ta’lim 
oluvchilar tomonidan o’quv dasturida belgilangan ayrim alohida 
elementlarni o’zlashtirish darajasini tashxislash imkonini beradi. 
Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi o’rgatishdir. Bunday 
tekshirishning shakl va metodlari turlicha bo’lib, ular o’quv 
materiali mazmuni, murakkabligi, o’quvchilarning yoshi va 
tayyorgarligi, ta’lim bosqichi va maqsadlari, muayyan pedagogik 
sharoitlarga bog’liq bo’ladi. 
Takroriy 
tekshirish
bilim, 
ko’nikma 
va 
malakalarni 
tekshirishning 
uchinchi bo’g’ini
sanalib, joriy tekshirish kabi 
mavzuli bo’lishi mumkin. YAngi mavzuni o’rganish bilan birga 
o’quvchilar avval o’rganilganlarni takrorlaydilar. Takroriy tekshirish 
bilimlarni mustahkamlashga ko’maklashadi, biroq o’quv ishlari 
bosqichini tavsiflash, bilimlarni o’zlashtirish mustahkamligi 
darajasini tashxislash imkonini bermaydi. Ushbu tekshirish 
tashxisning boshqa turlari va metodlari bilan birga qo’llanilsagina 
kutilgan samarani beradi. 
Tizimning 
to’rtinchi bo’g’ini
o’quvchilarning bilim, ko’nikma 
va malakalarini yaxlit bo’lim yoki kursning alohida mavzusi 
bo’yicha 
davriy tekshirish h
isoblanadi. Mazkur tekshirishning 
maqsadi – kursning turli qismlarida o’rganilgan o’quv materialining 
strukturaviy elementlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’zlashtirish 
sifatini tashxislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi – 
tizimlashtirish va umumlashtirish. 
Tekshirishni 
tashkil 
etishda 

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə