O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


ixtiyoriydan so’nggi diqqatni



Yüklə 3,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/150
tarix02.06.2023
ölçüsü3,36 Mb.
#115095
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   150
O’zbekiston respublikasisog`liqni saqlash vazirligi toshkent far

ixtiyoriydan so’nggi diqqatni
 
alohida ko’rsatish mumkin. Bu 
tushuncha psixologiyada N.F.Dobrinin tomonidan joriy
etilgandir. 
Agar maqsadga yo’naltirilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning 
ixtiyoriy to’planganidagi kabi faqat faoliyat natijasi emas, balki uning 
mazmuni va jarayonining o’zi qiziqarli va ahamiyatli bo’lsa, bu 
ixtiyoriydan so’nggi diqqat to’g’risida mulohaza yuritishga asos beradi. 
Bu holda faoliyat kishini shu qadar qiziqtirib yuboradiki, u diqqatni 
ob’yektga qaratish uchun sezilarli irodaviy kuch-g’ayrat sarflamasa 
ham bo’laveradi. Shunday qilib, ixtiyoriydan so’nggi diqqat ixtiyoriy 
diqqatdan keyin namoyon bo’lgan holda shuning o’zidangina iborat deb 


205 
hisoblanishi mumkin emas. Bu diqqat anglanilgan holda ilgari surilgan 
maqsad bilan bog’liq bo’lganligi sababli u ixtiyorsiz diqqatdangina 
iborat qilib qo’yilishi ham mumkin emas. Masalan, yuqori sinf 
o’quvchisi imtixonga tayyorlanayotib, qiyin kitobning qisqacha 
mazmunini yozib chiqarkan, oldiniga o’zini diqqat-e’tiborli bo’lishga, 
alahsimaslikka majbur qiladi. Lekin keyinchalik u ishga shunday 
qiziqib ketadiki, oqibatda uni kitobdan chalg’itish qiyin bo’ladi. 
Dastavval irodaviy kuch-g’ayratlar madadiga tayangan diqqat 
ixtiyoriydan so’nggi diqqatga aylanadi. Ixtiyoriydan so’nggi diqqat biror 
narsaga uzoq vaqt davomida juda ham barqaror qaratilishi bilan 
belgilanadi, ko’proq yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy faoliyatni, 
barcha turdagi mehnatning yuksak unumdorligini asosli ravishda ana 
shunday diqqat turi bilan bog’liq deb hisoblaydilar. 
Diqqatni irodaviy kuch-g’ayratlar yordami bilan doimo bir 
maromda saqlab turish o’ta zo’riqishni talab qiladi va kishini juda ham 
toliqtirib qo’yadi. O’qitish jarayonida ixtiyoriydan so’nggi diqqatning 
alohida ahamiyatga ega ekanligi xuddi shu holat bilan belgilanadi. 
Dastavval u ixtiyoriy diqqat sifatida paydo bo’lishi munosabati bilan 
faoliyatning, ishga «tortish» jarayonining ilk bosqichlarini puxta tashkil 
etish shart. Ixtiyoriydan so’nggi diqqatga xos bo’lgan qiziqish 
shaxsning faolligiga bog’liqdir. Bunday faollikning shakllanishi esa 
faoliyatda ijodkorlik alomatlarining gavdalanganligiga borliq bo’ladi.
Diqqatning 
fiziologik 
mexanizmlarini 
tushunib 
yetishda 
dominanta (nasldan-naslga o’tuvchi asosiy belgi) prinsipi alohida 
ahamiyatga egadir. A.A.Uxtomskiyning fikriga ko’ra, miyada hamisha 
qo’zg’alishning ustun hukmronlik qiluvchi markazi mavjud bo’ladi. 
A.A.Uxtomskiy dominantani «yuksak darajadagi qo’zg’alish markazlari» 
konstellyasiyasi deb ta’riflaydi. Dominantaning hukmronlik qiluvchi 
sifatidagi xususiyati shundan iboratki, u qo’zg’alishning yangi hosil 
bo’ladigan markazlarini faqat tiyib qo’ya qolmaydi, balki sust 
qo’zg’alishlarni o’ziga jalb etishga va shu tufayli ularning hisobga 
yanada kuchayishiga, ular ustidan yanada ko’proq darajada ustunlik 
qilishga ham qodirdir. Dominanta qo’zg’alishning barqaror markazi 
hisoblanadi. A.A.Uxtomskiy: ««Dominanta» degan nom zamirida yuksak 
darajadagi qo’zg’alishning ko’proq yo ozroq barqaror markazi 
tushuniladi», deb yozgan edi. A.A.Uxtomskiyning dominanta 
to’g’risidagi 
tasavvurlari 
uzoq 
vaqt 
davomida 
diqqatning 
harakatlantiruvchi mexanizmini tushunish imkonini beradi. 
Yuksak darajadagi qo’zg’alish markazlarida miyaning faoliyati 
uchun yaratiladigan eng qulay shart-sharoitlar, shubhasiz, diqqatning 
yo’naltirilgan 
tarzda 
jamlanganligi 
holatida 
barcha 
bilish 
jarayonlarining yuksak samarali bo’lishini belgilab beradi. 
Diqqat turlicha sifat ko’rinishlari bilan ta’riflanadi. Diqqatning bu 
ko’rinishlarini diqqatning sifati yoki xususiyatlari deb ataladi.


206 
1. 

Yüklə 3,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə