O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Sezgilarning klassifikasiyasi



Yüklə 3,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/150
tarix02.06.2023
ölçüsü3,36 Mb.
#115095
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   150
O’zbekiston respublikasisog`liqni saqlash vazirligi toshkent far

Sezgilarning klassifikasiyasi

Aks ettirish xususiyatiga va 
reseptorlarning joylashgan o'rniga qarab sezgilar odatda uch guruhga 
ajratiladi: 
1. Tashqi muhitdagi narsalar va hodisalarning xususiyatlarini aks 
ettiradigan hamda tananing yuzasida reseptorlari mavjud bo'lgan 
ekstroreseptiv sezgilar

2. Tananing ichki a'zolarida va to'qimalarida joylashgan hamda 
ichki a'zolarining holatini aks ettiradigan reseptorlarga ega bo'lgan 
introseptiv sezgilar.
3. 
Reseptorlari 
mushaklarda 
va 
paylarda 
o'rnashgan 
proprioseptiv sezgilar. 
Ekstrotsеptorlarni ikki guruhga: kontakt va distant rеtsеptorlarga 
ajratish mumkin. Tеri orqali paypaslab ko`rishga asoslangan sеzgilarni 
taktil sеzgilar dеyiladi, bular ham o`z funktsiyasiga ko`ra bir nеcha xil 
bo`lishi mumkin, masalan, haroratni sеzish, silliq yoki g`adir-budirni, 
qattiq yoki yumshoqni, issiq-sovuqni sеzish va hokazo. 
Sezgilarning asosiy xususiyatlari. 
 
Adaptasiya (moslashuvchanlik
)-
sezgi organlari sezgirligining 
qo'zg'atuvchi ta'siri ostida o'zgarishiga aytiladi. Bu hodisaning uch xil 
turini ajratish mumkin: 1. Qo'zg'atuvchining uzoq 
muddat davomida ta'sir etishi jarayonida sezgining tamomila yo'qolib 
qolishiga o'xshash. Masalan, hid bilish sezgilari atrof-muhitga ёqimsiz 
hid yoyilgandan keyin ko'p o'tmay batamom yo'qolib qolishi ham 
adaptasiya hodisasi hisoblanadi. 2. Kuchli qo'zg'atuvchining ta'siri 
ostida sezgining zaiflashib qolishi. Masalan, sovuq qo'zg'atuvchi hosil 
qiladigan sezgining jadalligi qo'lni sovuq suvga solganda susayadi. 3. 
Kuchsiz qo'zg'atuvchining ta'siri ostida sezgirlikning ortishi ham 
adaptasiya deb ataladi. Ko'rish analizatoriga tadbiqan buni qorong'ulik 
adaptasiyasi deyiladi. Masalan, qorong'ulikda uzoq vaqt bo'lish ta'siri 
ostida ko'zning sezuvchanligining ortishi. 

Yüklə 3,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə