O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 3,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/150
tarix02.06.2023
ölçüsü3,36 Mb.
#115095
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   150
O’zbekiston respublikasisog`liqni saqlash vazirligi toshkent far

oralik mahsulotlarini 
tasavvur 
qilish imkonini beradi.
Hayol tafakkur bilan mahkam bog’langandir. Hayol ham tafakkur 
singari kelajakni oldindan ko’rish imkoniyatini beradi. Hayol tafakkur 
singari muammoli vaziyatda, ya’ni masala yechishning yangi usullarini 
qidirib topishda yuzaga keladi. Tafakkur singari, hayol shaxsning 
extiyojlariga asoslanadi. Extiyojlarni qondirishning real jarayonidan 
oldin extiyojlarni qondirishning soxta, hayoliy jarayoni sodir bo’ladi, 
ya’ni bu extiyojlarning qondirilishi mumkin bo’lgan vaziyatni jonli, 
yorqin tasavvur qilish mumkin. Hayol jarayonlarida amalga 
oshiriladigan voqelikni oldindan aks ettirish yorqin 
tasavvurlar 
tarzida 
va 
konkret-obraz 
shaklida sodir bo’ladi. Shuning bilan bir paytda 
tafakkur jarayonlarida oldindan aks ettirish olamni umumlashtirib, 
vositali tarzda bilish imkonini beruvchi 
tushunchalar 
bilan ishlashda 
sodir bo’ladi. 


223 
Hayolning qimmati shunday iboratki, u hatto tafakkur uchun 
kerak bo’lgan to’la va zarur bilimlar bo’lmagan joyda ham biror qarorga 
kelish hamda muammoli vaziyatdan chiqish imkonini beradi. 
Fantaziya tafakkurning qandaydir bosqichlaridan 
«sakrab o’tish» 
va 
har holda so’nggi natijani tasavvur qilish imkonini beradi. Ammo 
muammoni yechish yo’lining kuchsiz tomoni ham xuddi mana 
shundadir. Masala yechishning fantaziya tomonidan belgilangan yo’li 
ko’pincha yetarli darajada aniq va qat’iy bo’lmaydi. Biroq muhitda 
yetarli bo’lmagan ma’lumotlar bilan yashash va harakat qilish zarurati 
kishida hayol apparatining paydo bo’lishiga olib keldi. Vaholanki, 
atrofimizni o’rab olgan olamda o’rganilmagan sohalar hamisha qolar 
ekan, bu hayol apparati hamma vaqt foydali bo’ladi. 
Hayol o’zining faolligi bilan xarakterlanadi. Shuning bilan birga 
hayol apparati faqat atrofdagi olamni o’zgartirishga qaratilgan shaxs 
ijodiy faoliyatining sharti sifatida foydalanilishi mumkin va 
foydalaniladi. Ayrim hollarda odam o’ziga hal qilib bo’lmaydigandek 
ko’rinadigan masalalardan, turmushning og’ir sharoitlaridan, o’z 
xatolarining ta’kibidan va shu kabilardan yashirinish uchun real 
tasavvurlardan uzoq bo’lgan fantastika olamiga vaqtincha kirib ketadi. 
Bu yerda fantaziya hayotda gavdalanmaydigan obrazlarni yaratadi
amalga oshmaydigan va ko’pincha amalga oshirib bo’lmaydigan ish-
harakat programmalarini belgilaydi. Hayolning bunday formasi 

Yüklə 3,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə