O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 3,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/150
tarix02.06.2023
ölçüsü3,36 Mb.
#115095
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   150
O’zbekiston respublikasisog`liqni saqlash vazirligi toshkent far

G`azablanish
- odatda affеkt tarzida kеchadigan va sub'еkt uchun 
g`oyat muhim ehtiyojni qondirish borasida jiddiy to`siq paydo bo`lgani 
oqibatida kеlib chiqadigan, ifodalanishiga ko`ra salbiy hissiy holat . 
Iztirob chеkishdan farqi g`azablanish stеnik tarzda, ko`rinishda 
bo`ladi. (Kuch g`ayratni oshirib yuboradi). 
Nafratlanish
- Ob'еktiv holatga sub'еktning mafkuraviy, ma'naviy, 
estеtik printsiplari va yo`l-yo`riqlariga kеskin zid kеlib qolishi oqibatida 
ro`y bеradigan salbiy hissiy holatdir.Nafratlanish tajovuzkorlik xulq-
atvoriga sabab bo`lishi mumkin. 
Jirkanish
-shaxslararo munosabatlarda ro`y bеradigan va 
sub'еktning hayotiy nuqtai nazari, qarashlari va xulq-atvoriga 
nomutanosibligi oqibatida hosil bo`ladigan salbiy hissiy holatdir. 
Qo`rquv
-sub'еkt o`zining xotirjam hayot kеchirishiga ziyon еtishi 
mumkinligi haqida, unga rеal tarzda tahdid solayotgan yoki tahdid 
solishi mumkin bo`lgan xavf-xatar haqidagi xabarni olishi bilan paydo 
bo`ladigan salbiy hissiy holatdir. qo`rquv hissiyoti stеnik tusda ham, 
astеnik tusda ham bo`lishi mumkin, yoxud hissiy zo`riqishlar tarzida, 
yoxud ruhan astoydil tushkunlikka bеrilgan va xavotirlangan tarzda, 
yoxud affеktiv holatga tushgan tarzda (dahshatli qo`rquv hissiyotning 
eng so`nggi turidir) kеchishi mumkin. 
Uyalish
- o`zining niyat maqsadlari, hatti-harakatlari va tashqi 
qiyofasi faqat tеvarak -atrofidagilar tomonidan kutilganiga mos 
kеlmaganligini emas, balki o`ziga loyiq xulq-atvor va tashqi qiyofa 
haqidagi shaxsiy tasavvurlarga ham mos kеlmayotganligini anglab 
еtishida ifodalangan salbiy holatdir. 
His-tuyg'ular
-kishi shaxsining ancha yorqin ko'rinishlaridan biri 
bo'lib, u bilish jarayonlari va xulq-atvor hamda faoliyatni irodaviy 
boshqarish bilan birgalikda namoyon bo'ladi. Shaxs o'zi bilib olayotgan 
va bajarayotgan narsaga uning barqaror munosabati his-tuyg'ularning 
mazmunini tashkil etadi. Shaxsni ta'riflash degani ko'p jihatdan 
muayyan konkret kishi umuman nimani sevadi, nimani yomon ko'radi, 
nimadan nafratlanadi, nima bilan faxrlanadi, nimadan xursand 
bo'ladi, nega uyaladi, nimaga havas qiladi va hokazolar degan ma'noni 
anglatadi. Individning barqaror his-tuyg'ulari predmeti, ularning 
jadalligi, kechinmalarning xususiyati va hissiyotlari, affektlar, kuchli 
hayajonlanish holatlari va kayfiyatlari shaklida tez-tez namoyon 
bo'lishi kuzatuvchi ko'z o'ngida kishining hissiy dunyosini, uning his-
tuyg'ularini va shu asnoda uning individualligini namoyon etadi. 
Aynan shuning uchun ham hissiy jarayonlarni tahlil qilish vaqtida 
o'tkinchi holatlarni o'rganishdan kishi shaxsini belgilaydigan barqaror 
his-tuyg'ularga o'tish lozim. 
Odamlar tevarak-atrofdagi narsalar va hodisalarni bilib oladilar 
hamda o'zlarining shaxsiy ehtiyojlarini va ular mansub bo'lgan jamiyat 
ehtiyojlarini qondirish jarayonida uni qayta o'zgartirishga qaratilgan 


236 
faoliyatda ularga nisbatan his-tuyg'uni boshdan kechiradilar. 
Kishining faoliyati-xususiy vazifalar ham etilayotgan boshqa bir 
amaldan kelib chiqadigan bitta va birgalikda bog'langan sistemadir. 
Harakatlar istalgan, kishi qilayotganiga o'xshash maqsad kabi 
tafakkur etiladigan yoki ifodalanadigan natijani olishga qaratilgan 
bo'ladi. Bu reja ish jarayonida bir qator tafakkur va tasavvurlar tarzida 
kengayadi hamda kuchi, tezligi, ko'lami, muvofiqligi, aniqligi bo'yicha 
belgilangan harakatlar yordamida amalga oshiriladi, hayotga tadbiq 
etiladi. Alohida harakatlarni tashkil etadigan harakatlarni bajarish va 
nimani, qanday va qay tarzda qilish kerakligini ko'rsatadigan fikriy 
operasiyalar amalga oshirilayotgan paytda predmetga ham, qurollarga 
ham, mehnat jarayonining o'ziga ham diqqat jamlanadi, kuchaytiriladi. 
Shu bilan birga harakat jarayonida u yoki bu his-tuyg'ular boshdan 
kechiriladi: to'sqinlik va qiyinchilikdan qoniqmaslik va tashvish tortish 
hamda sezilayotgan kamchiliklarni muvaffaqiyatli bartaraf etishdan 
qanoat hosil qilish, mehnat ko'tarinkiligi va charchaganligi, 
shuningdek mehnatning o'zidan quvonch tuyg'usi. 

Yüklə 3,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə