Termiz davlat universiteti pedagogika



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix24.01.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#99125
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


 
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA 
FAKULTETI BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT 
TARBIYAVIY ISHI YO’NALISHI
__-KURS __-GURUH TALABASI
______________________________ 
ONA TILI O’QITISH METODIKASI FANI 
“Savod o’rgatish tayyorlov davri yozuv 
darslarini tashkil etishda interfaol usullardan 
foydalanish” 
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN 
KURS ISHI 
Bajardi: _____________. 
Ilmiy rahbar: _______________. 


 
MUNDARIJA 
 
I.
Kirish………………………………………………3 
 
 
II.
Asosiy qism 
 
1. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini yozuvga o'rgatish 
metodlari ……………………………….…………….10 
2. Savod o’rgatishning tayyorlov davri yozuv darslarida 
zamonaviy usullardan 
foydalanish
………………………………………………22 
 
 
3. Ona tili darslarida o'quvchilarni savodli yozishga 
o'rgatish usullari …………………………………….31 
 
III.
Xulosa……………………………………………..38 
 
IV.
Adabiyotlar ro’yxati………………………………40 
V.
 Ilovalar…………………………………………….42 
 
 

 
 


KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng 
barcha sohalarda islohotlar amalga oshirildi. Xususan, ta’lim sohasi ham davlat 
siyosatining ustuvor ahamiyatga yo’nalishlaridan biriga aylandi. “Ta’lim 
to’g’risidagi Qonun” hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning mazmun- 
mohiyati hayotga jadal tadbiq etildi. Respublikadagi uzluksiz ta’lim tizimining 
shakli bilan mazmuni takomillashib bordi. O’quvchini mustaqil fikrlashga, 
ijodkorlikka undovchi, faolligini oshirishga xizmat qiluvchi yangi pedagogik 
texnologiyalar ta’lim jarayonidan o’rin oldi. O’quv mashg’ulotlarini qiziqarli, 
o’qituvchi va o’quvchi hamkorligiga tayanuvchi o’zaro faol munosabatlar 
asosida tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish ta’limiy va 
tarbiyaviy zaruratga aylandi. Qisqa vaqt oralig’ida ta’lim va tarbiyaning yetakchi 
maqsad hamda vazifalarini amalga oshirish, yuqori samaradorlikka erishishni 
kafolatlovchi pedagogik texnologiyani boshlang’ich ta’lim jarayoniga tadbiq 
etish vositasida o’quvchilar mustaqil fikrlash qobiliyatini, nutqini, kitob o’qish 
malakasini o’stirish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang’ich sinf 
o’quvchilarining o’z nuqtai nazariga, qarashlariga ega insoniy fazilatlar sohibi 
sifatida shakllanishi esa ularning hatti-harakatlari, o’z burchiga munosabati, 
atrofdagilar bilan muloqoti orqali yaqqol namoyon bo’ladi. Shu bois, 
o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini o’stirish, muloqot madaniyatini 
egallab borishlarida ta’lim hamda tarbiya imkoniyatlaridan foydalanish ham 
dolzarb ahamiyatga ega. Mazkur Kurs ishiida savod o’rgatish davrida pedagogik 
texnologiyadan foydalanish orqali dars samaradorligini o’stirish omillari, 
samarali metod va usullarni qo’llash texnologiyasi asosidagi darslarni 
loyihalashtirish metodikasi yoritilganligi uning dolzarbligini belgilaydi. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «Yuksak ma'naviyat – 
yengilmas kuch» kitobida ta'kidlaganidek: «O'zlikni anglash, milliy ong va 
tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali 
namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona 


tilining betakror mo’jizasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir.
1
Respublikamiz ijtimoiy va madaniy hayotida, xalq xo'jaligining barcha 
sohalarida davlat tilida aniq va pishiq ish olib borish. Fikrni og'zaki va yozma 
shaklda to'g'ri, ravshan, izchil ifodalay bilish, milliy-ma'naviy qadriyatlarni puxta 
egallash singari talablar barkamol mutaxassislar tayyorlashning muhim shartidir. 
So’nggi yillarda pedagogika faniga, ta’lim tizimiga shiddat bilan kirib 
kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi 
pedagogik-psixologik 
tushunchalar, 
interfaol 
metodlarni, 
intnegratsion 
texnologiyalarni ta’lim beruvchi tomonidan o’zlashtirilib va qo’llanib borilishi, 
ta’lim mazmunini tubdan o’zgartirib yubordi desak mubolag’a bo’lmaydi. 
O’quvchilarini fanga ijodkorlik nuqtai-nazari bilan qarashlarini tashkil qilish, 
ularda izlanuvchanlik xususiyatlarini shakllantirish va albatta, yangi pedagogik 
texnologiya usullaridan foydalangan holda darsni tashkil etish kerak bo’ladi. 
Buning uchun esa u bir necha yangicha ta’lim usullarini yaxshi bilishi kerak. Shu 
yerda birinchchi Prezidentimiz I.A. Karimovning «Biz o’g’il-qizlarimizni 
o’zlarini anglashga, mustaqil, ongli fikrlashga, ularning tafakkurida bo’shliq 
vujudga kelishigi yo’l qo’ymasligimiz lozim»
2
degan so’zlarini misol qilib 
keltirgan holda maktab o’quvchisi, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey 
talabalarining nutq boyligi, uquvliligini oshirishimiz, badiiy va ilmiy 
adabiyotlarga qiziqishini rivojlantirishimiz, ularning dunyoviy va diniy ilmlardan 
qay darajada xabardorligini aniqlashimiz kerak bo’ladi. Chunki, ko’p o’qigan va 
uqqan yoshlarni aldash, milliy g’oyamizga yot bo’lgan g’oyalar sari yetaklash 
xalqimiz dushmanlari uchun uddalab bo’lmaydigan masalaga aylanadi. 
Farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, balki 
ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, uygun rivojlangan 
insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib 
voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z


oldimmizga maqsad qilib qo’yganmiz
1

Mazkur to’plamning bosh g’oyasini quyidagi so’zlarda mujassam bo’lgan 
eng muhim o’zak fikr tashkil etadi: 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə