Termiz davlat universiteti pedagogika


«Biz o’tgan davrda amalga oshirgan



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix24.01.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#99125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
«Biz o’tgan davrda amalga oshirgan 
ishlarimizga baho berar ekanmiz, «Kecha kim edigu bugun kim bo’ldik?» 
degan savol asosida ularning mohiyati va ahamiyatini o’zimizga chuqur 
tasavvur etamiz. Ayni vaqtda «Ertaga kim bo’lishimiz, qanday yangi 
marralarni egallashimiz kerak?» degan savol ustida o’ylashimiz, nafaqat 
o’ylashimiz, balki amaliy ishlarimiz bilan bunga javob berishimiz lozim».
3
 
Ana shunday yondashuv asosida mamlakatimizning mustaqillik yillarida 
bosib o’tgan tarixiy yo’li teran tahlil qilinib, bu hayotiy savollarga chuqur va 
haqqoniy javoblar berilgani kitobning qimmatini yanada oshiradi. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatli ko’p 
jihatdan ta’lim-tarbiya tuzulishini hozirgi davr talabiga ko’tarish har tomonlama 
barkamol shahsni shakllantirishga bog’liq. Chunki, jamiyat taraqqiyotining 
asosiy uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi bilan bir qatorda shu jamiyatda 
yashayotgan fuqarolrning intelektual va ma’naviy samaradorligini ham belgilab 
beradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda har bir Davlatning istiqbolimizning ta’lim 
tuzulishini qay darajada ekanligi bilan belgilanadi. 
Yurtimiz mustaqillikka erishgan ilk yillardayoq mamlakatimizda ta’lim 
tuzulishini rivojlantirish bo’yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Ya’ni 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida (1997-yili 29-avgust) qabul 
qilingan, hamda bugungi kunda amaliyotga keng ko’lamda tadbiq etilayotgan 
“Ta’lim to’g’risidagi”qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul 
qilinishi fikrimizning yorqin dalilidir. Ushbu muhim hujjatlar asosida ta’lim 
tuzilishida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun 
hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning muhim pog’onasi hisoblanadigan 
umumiy o’rta ta’lim maktablarida yuksak islohotlarni amalga oshirish ularda 


bunyodkorlikni yanada avj oldirish maqsadida birinchi Prezidentimiz 
I. A. Karimovning 2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat 
umummilliy dasturi to’g’risidagi farmoni, qator hukumat qaroralarining qabul 
qilinishi ta’lim sohasida tub burilish yasashga asos bo’ldi. Mazkur dasturda 
ko’zda tutilgan masalalardan biri-ta’lim standartlari va o’quv dasturlarini 
takomillashtirish zamirida avvalo umumiy o’rta ta’lim maktablarida ta’lim 
samaradorligini oshirish, o’quvchilar bilimini har tomonlama yuksalishiga 
e’tibor berish mazmuni o’z aksini topgan. 
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni 
sog’lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o’rin egallashi tabiiydir. 
Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning 
mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelgan o’g’il-
qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana. Ulug’ ajdodimiz nima 
deb yozganlar: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo’lishi, 
baxtli bo’lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo’lishi yoki zaif bo’lib xorlikka 
tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o’zgalarga tobe va qul, asir 
bo’lishi ularning o’z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog’liq”. 
Bugungi tez o’zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi- 
yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko’rilmagan 
turli xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G’arazli kuchlar soda, g’or bolalarni 
o’z ota-onasiga, o’z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin 
bo’lmoqda. 
Bunday keskin va taxlikali sharoitda ota-onalar, ustoz-murabbiylar, 
jamoatchilik, mahalla-ko’y bu masalada xushyorlik va ogohlikni yanada 
oshirishimiz kerak. Bolalalrimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni 
o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. 
Bizning navqiron avlodimiz manfaatlarini ta’minlash borasidagi 
faoliyatimiz yaqinda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida” gi 
qonun asosida 



qat’iy davom ettiriladi.
4
Maktabda ona tilini chuqur o'rganish zaruriyati ona tilining jamiyatdagi 
bajaradigan asosiy vazifalaridan kelib chiqadi. Til jamiyat a'zolarining bir-biri 
bilan o'zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Odamlar o'rtasidagi 
o'zaro munosabat til orqali amalga oshadi. Kishilar o'z his-tuyg'ulari, 
kechinma va holatlarini taassurot va tasavvurlarini til vositasida ifodalaydilar. 
Bugungi kunda respublikamiz korxonalarida mehnat qilayotgan ayollar 
va o’smirlar mehnatini muhofaza qilishga katta ahamiyat berilmoqda. 
Xususan, ularni og’ir va sog’liq uchun zararli ishlardan ozod qilish, 
qisqartirilgan ish kuni huquqi qonun bilan belgilab qo’yilishi, homiladorlik 
ta’tili, bola tarbiyasiga beriladigan ta’tilning uch yilgacha uzaytirilishi va 
boshqa imtiyozlar bunga misol bo’la oladi. 
Inson mehnati va bu mehnat jarayonida uning xavfsizligini ta’minlash 
har bir jamiyatning ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lmog’i lozim. Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan “Inson huquqlari Umumjahon 
deklaratsiyasi”da hayot, erkinlik, mehnat va shaxsiy daxlsizlik masalalariga 
alohida e’tibor qaratilgan.
5
Umumiy ta'lim tizimida ona tili asosiy va markaziy o'ringa ega. 
Ayniqsa, umumiy o'rta ta'limning asosi, poydevori bo'lgan boshlang'ich 
sinflarda ona tili yetakchi mavqeda turadi. Yosh avlodda fikrlash va fikrni 
to'g'ri ifodalay olish ko'nikmasini hosil qilish va rivoj toptirish, ularga ona 
tilining qonun-qoidalarini singdirish, bu qonun-qoidalarni amalda qo'llay 
bilishni o'rgatish, ularni savodxonlik bilan to'g'ri va chiroyli yozish, to'g'ri 
talaffuz, ifodali nutq. O'z his- tuyg'ularini so'z vositasi bilan yuzaga chiqara 
olish malakalariga ega qilish, bular orqali amaliy faoliyatga tayyorlash 
boshlang'ich sinflarda boshlanadi. 
Bola 1-sinfga kelganida taxminan 1300, 1400 atrofida so‘z boyligiga ega 
bo‘ladi. Maktab ta'limi, o‘qituvchilarning pedagogik mahorati bilan unga har 
kuni 5-6 ta yangi so‘z o‘rgatiladi va bu so‘zlar uning lug‘atidan joy olishi 
hamda mustahkamlanishi kuzatib boriladi. 



Shu bilan birga o’quvchilar ushbu so’zlarning yozilishi bilan ham tanishib 
boradilar. O’quvchilar ona tili qoidalari bilan birgalikda to’g’ri va chiroyli 
yozishga o’rganib borishlari lozim bunga erishish uchun esa doimiy ravishda 
o’quvchilarni savodli yozish malakalarni rivojlantirib borishimiz lozim. 
Bugungi kunda ayrim joylarda panolarda, viveskalarda, jamoat joyidagi 
e’lonlarda ayrim orfografik va imlo qoidalari buzilgan holatdagi yozuvlarni 
uchratishimiz mumkin. Afsuski bunday kamchiliklar tez-tez ko’zga chalinib 
turibdi. Albatta bularning barchasiga yoshlikdanoq savodli yozish ko’nikma 
va malakalarini shaklllantirishga yaxshi e’tibor qaratilmasligi deb olishimiz 
mumkin. Shuning uchun ham o’quvchilarni ilk maktab yoshidanoq savodli 
yozishga o’rgatib borish bugungi kunda ham dolzarb va ahamiyatli 
muammolardan biri bo’lib qoladi. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə