Исследование в XXI веке Июня, 02 г 23 jamiyat va yoshlar o’rtasida muloqot va muloqot madaniyatini



Yüklə 76,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix30.12.2023
ölçüsü76,97 Kb.
#166104
növüИсследование
  1   2   3   4   5   6
Alimova Dilfuza Obidovna



Международный
научный
журнал

11
(100), 
часть
1
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
Июня
, 202
3
г 
23 
JAMIYAT VA YOSHLAR O’RTASIDA MULOQOT VA MULOQOT MADANIYATINI
RIVOJLANTIRISH 
 
Buxoro shahar kasb-hunar maktabi 
Huquq fani o’qituvchisi
Alimova Dilfuza Obidovna 
 Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi 
Sharopova Matluba Isroilovna 
Annotatsiya: 
Maqolada muloqot tushunchasi, mohiyati, hamda jamiyat va yoshlar 
o’rtasida muloqot va muloqot madaniyatini rivojlantirish asoslari to’g’risida fikr yuritiladi .
Tayanch so’zlar
:
Muloqot , til , nutq, muomala madaniyati
 
Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi vositasidir. Turli
hayvonlar va odam turmush tarzlarining ikki tarafini: tabiat bilan aloqalar va tirik jonzotlar 
bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz. Birinchi tur aloqalar odam faolligining maxsus turi 
sifatidagi faoliyat deb nomlangan. Ikkinchi tur aloqalar bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi 
tomonlar axborot almashinuvchi tirik jonzotlar ekanligi bilan belgilanadi. Tur ichidagi va 
turlararo bunday aloqalar turi muloqot deb ataladi. 
«Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq 
odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot 
almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki: muloqot – odamlar 
o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro 
ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat 
bo‘lgan 
aloqalarni 
o‘rnatish 
va 
rivojlatirishning 
murakkab, 
keng 
qamrovli 
jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir. 
Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan 
shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar 
ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar. 
Insonning nutq faoliyati inson ongining barcha qirralari bilan chambarchas 
bog‘langan. Nutq – inson psixik kamolotining, shaxs sifatida shakllanishining qudratli 
omilidir. Nutq ta’siri ostida qarashlar, e’tiqodlar, intellektual, ma’naviy va estetik hissiyotlar 
tarkib topadi, iroda va fe’l-atvor shakllanadi. Nutq yordamida barcha bilishga oid psixologik 
jarayonlar erkin va boshqariladigan tus oladi. Shunday ekan, nutq – bilishga oid psixologik 
jarayon bo‘lib, inson tomonidan talaffuz qilinayotgan va eshitib turilgan tovushlar 
uyg‘unligidan iborat, ayni vaqtda shu tovushlarga mos yozuv belgilari tizimi orqali 
ifodalangan ma’no va mazmunga ega. Muloqot jarayonida nutqni yetkazib berish vositasi –
til. 


Международный
научный
журнал

11
(100), 

Yüklə 76,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə