O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Muhokama- biror narsa, hodisa haqida biror nimani  tasdiqlash yoki inkor qilish demakdir. Xulosa chiqarish-



Yüklə 3,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/150
tarix02.06.2023
ölçüsü3,36 Mb.
#115095
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   150
O’zbekiston respublikasisog`liqni saqlash vazirligi toshkent far

Muhokama-
biror narsa, hodisa haqida biror nimani 
tasdiqlash yoki inkor qilish demakdir.
Xulosa chiqarish-
tafakkurning tarixan tarkib topgan 
mantiqiy shaklidir. Tafakkurning shu mantiqiy shakli vositasi 
bilan bir yoki bir necha ma’lum hukmlardan yangi hukm-
xulosa chiqariladi. 
Fikriy qobiliyatlar haqida gapirganda ko’pincha bu 
tushuncha ostida (aql) ko’zda tutiladi. Aql olingan bilimlarni, 


229 
tajribani va ularni yanada boyitishga va aqliy faoliyatda 
foydalanishga bo’lgan qobiliyatni o’z ichiga oladi. Kishining 
aqliy fazilatlari uning hajmi bilan belgilanadi. Tafakkur 
aqlning faol funksiyasi bo’lib, mantiq qonunlari asosida 
takomillashib boradi. Tafakkur amaldagi aqldir. Tafakkurning 
jarayonidagi tushunish boshqa bir kishining og’zaki va yozma 
nutqini idrok qilish va uqib olish jarayonida sodir bo’ladi. 
Nutqni tinglayotganimizda yoki biror yozma matnni 
o’qiyotganimizda, odatda biz o’zimiz eshitayotgan yoki 
o’qiyotgan so’z birikmalarini to’g’ri idrok qilishga intilamiz. 
Bolalar amaliy va ko’rgazmali-hissiy tajribalari asosida 
ularning maktab yoshidagi davrlarida shakladgi 
mavhum 
tafakkur, ya’ni mavhum tushunchalar shaklidagi tafakkur 
rivojlanadi. Tafakkur bu yerda faqat amaliy harakatlar tarzida 
va ko’rgazmali obraz shaklida emas, balki avval mavhum 
tushunchalar va muhokamalar shaklida namoyon bo’ladi. 
Maktab o’quvchilarining turli fanlar-matematika, fizika, 
tarix asoslarini o’zlashtirishlari davomida tushunchalarni 
egallashlari ularning aqliy taraqqiyotlari uchun katta 
ahamiyatga egadir. Matematika, geografiya, fizika, biologiya va 
boshqa ko’plab tushunchalarnimaktab ta’limi davomida 
tarkib toptirish va o’zlashtirish juda ko’p tadqiqotlarning 
predmetini tashkil etadi. Bu ishlarda tushunchalarning 
xususan qaysi belgilari, qanday izchillikda, qanday 
sharoitlarda o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi batafsil 
qarab chiqiladi. Maktab ta’limining oxiriga kelib, bolalarda 
ma’lum darajada tushunchalar sistemasi tarkib topadi.
Har xil odamlarda tafakkurning individual xususiyatlari 
eng avvalo ularda fikrlash faoliyatining har xil va o’zaro bir-
birini to’ldiruvchi turlari hamda shakllari turlicha nisbatda 
tarkib topgani uchun yuzaga keladi. Tafakkurning individual 
xususiyatlariga bilish faoliyatiining mustaqillik, epchillik, 
fikrning tezligi kabi boshqa sifatlari kiradi. 
Tafakkurning mustaqilligi dastavval yangi masala, yangi 
muammoni ko’ra bilish va qo’ya bilishda, undan so’ng esa 
ularni o’z kuchi bilan yecha bilishda namoyon bo’ladi. 
Tafakkurning ijodiy xarakteri mana shunday mustaqillikda 
yorqin ifodalanadi. 


230 
Tafakkurning 
o’zgaruvchanligi 
shundan 
iboratki, 
masalani yechishning boshda belgilangan yo’li (plani) chiqib 
asta-sekin yuzaga chiqadigan va avvaldan hisobga olib 
bo’lmagan muammo shartlarini qanoatlantirmasa, ana shu 
yo’lni o’zgartira olishdan iboratdir. 
Fikrning tezligi xususan shunday hollarda kerak 
bo’ladiki, ba’zan (masalan, jang paytida, avariya paytida) 
kishidan biror qarorni juda qisqa muddat ichida qabul qilish 
talab qilinadi. Fikrning tezligi maktab o’quvchilariga ham 
kerakdir. 
Tafakkurning yuqorida ko’rsatilgan barcha va juda ko’p 
sifatlari uning asosiy sifati yoki belgisi bilan chambarchas 
bog’liqdir. Har qanday tafakkurning eng muhim belgisi, uning 
ayrim individual xususiyatlardan qat’iy nazar muhim 
tomonlarini ajratib, mustaqil ravishda tobora yangi 
umumlashtirishlarga kela bilishdan iboratdir. Kishi 
o’ylayotgan paytda, bu o’yning hatto juda yorqin, qiziq, yangi 
va favqulodda bo’lishiga qaramay, biror narsa yoki hodisalarni 
sharxlash bilan cheklanmaydi. Tafakkur mazkur hodisaning 
mohiyatiga chuqur kirgan va tashqi jihatdan bir-biridan farq 
qilishidan qat’iy nazar, ozmi yoki ko’pmi bir xil hodislarni 
barchasining umumiy taraqqiyot qonunini kashf etgan holda 
zarur ravishda oldinga qarab boradi.
Nutk. 

Yüklə 3,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə